Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


 BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI VA RISKLARNI



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/203
Sana14.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#363640
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   203
Bog'liq
fayl 1714 20210831

7 BOB. AXBOROT XAVFSIZLIGI SIYOSATI VA RISKLARNI 
BOSHQARISH 
7.1. Tizimlarning umumiy arxitekturasi 
Boshqa sohalarda bo’lgani kabi kiberxavfsizlik sohasida ham tizim va tizim 
arxitekturasi tushunchasi tez-tez ishlatilib, bunda matn konteksti bir – biridan farq 
qiladi.  Shu  sababli,  ushbu  bo’limda  tizim  arxitekturasi  tushunchasi  bilan  tanishib 
chiqiladi. 
Tizim  arxitekturasi  yoki  tizimlarning  arxitekturasi  – 
bu  tizimning  tuzilishi, 
o’ziga xos xususiyatlari va boshqa qarashlarini belgilaydigan konseptual model. 
Tizimlar  arxitekturasi
  -  bu  murakkab  tizimlarni  tavsiflash  va  loyihalashda 
konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir. 
Arxitektura 
-  bu  tizimning  tuzilishi  va  hatti-harakatlari  to’g’risida  fikr 
yuritishni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tizimning rasmiy tavsifi. 
Tizim  arxitekturasi  butun  tizimni  amalga  oshirishda  birgalikda  ishlaydigan 
tizim  tarkibiy  qismlaridan  va  ishlab  chiqilgan  qismtizimlardan  iborat  bo’lishi 
mumkin.  Tizim  arxitekturasini  tavsiflash  uchun  olib  borilgan  harakatlar 
arxitekturani tavsiflash tillari 
deb nomlanadi. 
Turli  tashkilotlar  tizim  arxitekturasini  turli  yo’llar  bilan  aniqlashi  mumkin, 
xususan: 
-
 
tizimning  fundamental  tashkil  etilish,  uning  tarkibiy  qismlari,  ularning  bir-
biriga  va  muhitga  bo’lgan  munosabati,  uning  dizayni  va  evolyusiyasini 
boshqaruvchi tamoillar; 
-
 
tizimning  tavsifi,  shu  jumladan,  apparat  va  dasturiy  komponentlarning 
funksional imkoniyatlari xaritasi, dasturiy ta’minot arxitekturasining apparat 
arxitektura xaritasi va insonning ushbu komponentlar bilan o’zaro aloqasi; 
-
 
funksional  arxitektura  talablari  va  bazaviy  talablarni  qondirish  uchun 
mo’ljallangan istemolchi mahsuloti yoki hayotiy sikl uchun dizayn yechimini 
ta’minlaydigan fizik elementlarning ajratilgan joylashuvi; 


225 
 
-
 
arxitektura eng muhim, keng tarqalgan, yuqori darajadagi, strategik ixtirolar, 
qarorlar va ularning umumiy asoslari (ya’ni, muhim elementlari va ularning 
o’zaro aloqalari)  va ular bilan bog’liq xususiyatlardan iborat; 
-
 
kompyuter  tizimining  dizayni  va  tarkibining  tavsifi  bo’lib,  agar  u 
hujjatlashtirilgan  bo’lsa,  unda  joriy  apparat,  dasturiy  ta’minot  va  tarmoq 
imkoniyatlarining  batafsil  ro’yxatidan  iborat  ma’lumotlar  bo’lishi  mumkin. 
Uzoq  muddatli  rejalar  va  kelajakdagi  xaridlarning  ustuvorligi,  shuningdek, 
eski uskuna va dasturiy ta’minotni yangilash va/ yoki almashtirish rejasining 
tavsifi; 
-
 
tizimning  rasmiy  tavsifi  yoki  uning  amalga  oshirilishini  boshqarish  uchun 
komponentlar darajasida tizimning batafsil rejasi; 
-
 
mahsulot  va  ularning  hayotiy  jarayonlari  uchun  mo’ljallangan  dizayn 
memorchiligining kompozisiyasi; 
-
 
komponentlarning tuzulishi, ularning o’zaro bog’liqligi va vaqt o’tishi bilan 
ularning dizayni va evolyusiyasini boshqaruvchi prinsiplar va ko’rsatmalar. 
Tizim arxitekturasini mavjud (yoki kelajakdagi) tizimning tasvirlar to’plami 
sifatida  o’ylash  mumkin.  Ushbu  tasvirlar  dastlab  umumiy,  yuqori  darajadagi 
funksional  tashkilotni  tavsiflaydi  va  shundan  so’ng  batafsil  va  aniq  tavsilotlarga 
o’tiladi.  
Tizim arxitekturasi tizimdan tashkil topgan elementlarning axborot tarkibini, 
ushbu  elementlar  o’rtasidagi  munosabatlar  va  ushbu  munosabatlarni  tartibga 
soluvchi qoidalarni yetkazadi.  
Tizim arxitekturalarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar: 
-
 
qurilma arxitekturasi; 
-
 
dasturiy ta’minot arxitekturasi; 
-
 
korxona arxitekturasi; 
-
 
hamkor  tizimlar  arxitekturasi  (Internet,  aqlli  transport  tizimlari  va  havo 
hujumidan mudofaa tizimlari kabi); 
-
 
ishlab chiqarish tizimlari arxitekturasi; 
-
 
strategik tizimlar arxitekturasi. 


226 
 
Tizimlar arxitekturasi quyidagi 9 ta fundamental prinsipga asoslanadi: 
1.
 
Haqiqat  obyektlari  tizim  sifatida  modellashtiriladi
  (ya’ni,  funksiyani 
bajaradigan va uning perimetri kirish, chiqish va ichki holat  bilan belgilangan quti). 
Masalan, mobil telefon - bu ovoz va tugmalar orqali kiritish hamda ovoz va displey 
orqali  chiqarish  tizimi  hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  u  yoqilgan  va  o’chirilgan 
bo’lishi  mumkin.  Umuman  olganda,  telefon  qo’ng’iroqlarini  amalga  oshirishga 
imkoniyat beradi (80-rasm). 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish