tarkibi va ularning ish tartibi YOCHQBT bo‘yicha darsdan tashqari ishlarning asosiy tadbirlari
muddati va o‘tkazish tartibi aniqlanadi.Vatanparvarlik va darsdan tashqari ishlarni tashkil
qilishda,YOCHQBT bo‘yicha o‘quv moddiy bazani takomillashtirishda,ta’lim muassasasining
yillik rejasi uchun takliflar belgilanayotgan pallada harbiy rahbar, CHQBTO‘ butun pedagogik
jamoaning,«Vatanparvar» qo‘mitasi hamda otaliq tashkilotlar va talabalarni ishtirok etishlarini
unutmasliklari kerak.Guruh va seksiyalar sardorini tayinlash to‘g‘risidagi direktor buyrug‘ida
guruhlarning
tartib
raqami,guruh
va
seksiya
sardorlarning
ismi
shariflari,harbiy
rahbar,CHQBTO‘ tomonidan saf hisobi talablarini sanab o‘tilishi va har bir ta’lim olayotgan
uchun safdagi va harbiy xonadagi joylari,shuningdek har bir talabaga harbiy muomila qoidalari
va belgilangan kiyim-bosh shakliga rioya qilish qoidalarini bajarish majburiyatlari belgilanadi.
Bundan tashqari,intizomni saqlash,o‘quv-modda bazani yaxshilanib borishini qo‘llab-
quvvatlash,shuningdek boshqa ishlar bo‘yicha ham guruh va seksiyalar sardorlarining vazifalari
aniqlanadi.Direktorning
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va sifatli o‘tkazishni
ta’minlashdagi o‘rni beqiyosdir.Ma’lumki,direktor dars rejasini (reja-konspekt) tasdiqlashi shart
Ta’kidlash joizki,direktorlar harbiy rahbarlarga har bir mashg‘ulotni o‘tkazishga tayorgarlik
ko‘rishida amaliy yordam ko‘rsatadi.Biroq shunday direktorlar ham borki harbiy rahbarga
yordam ko‘rsatishdan chetda turishdan tashqari YOCHQBTning mazmun va mohiyati xaqida
to‘laroq tushunchaga ham ega emaslar.
Odatda direktor va harbiy rahbar,CHQBTO‘ mashg‘ulot rejasida quyidagilar
ko‘rsatilishini yodda tutishi kerak:
1.
Dasturning qaysi bo‘limi bo‘yicha qaysi sinf talabalari (kurs) bilan mashg‘ulot
olib borilishini.
2.
Mavzuni nomi, mashg‘ulotning tartib raqami va mazmuni.
3.
Mashg‘ulotning o‘quv-tarbiyaviy maqsadi, unga ajratiladigan vaqti.
4.
Uslubi va mashg‘ulot joyi.
5.
Moddiy ta’minoti.
6.
Qo‘llanma va ko‘rsatmalar.
7.
Harbiy rahbar CHQBTO‘ning mashg‘ulotlarni olib borishida beriladigan
buyruqlar va ta’lim oluvchilarning harakati bayon etilishi (taktik tayyorgarlik bo‘yicha-kirish va
vaziyat). Uy vazifasi.
Ta’lim muassasasi direktoriga mashg‘ulot rejasini oldindan ko‘rib chiqish va harbiy
rahbar,CHQBTO‘ga amaliy yordam ko‘rsatish uchun (mashg‘ulotga 7 dan kam bo‘lmagan
vaqtda) birma-bir ko‘rsatib chiqish tavsiya etiladi.
Direktor va harbiy rahbar,CHQBTO‘ alohida e’tiborni otish o‘quv mashqlarini
o‘tkazishga qaratishi kerak.Kichik kalibrli miltiqdan tayyorlov mashqlarini bajarishga faqat
harbiy rahbar, CHQBTO‘ baholashiga ko‘ra quroldan otishga tayyor talabalarga ruxsat
berish tavsiya etiladi. Qolgan
talabalarning katta qismi, tajribalar ko‘rsatishicha, tayyorgarlik
darajasiga qarab otish o‘quv mashqlarini o‘qishdan tashqari vaqtlarda bajarishlari
kerak.YOshlarni vatanparvarlik tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan har bir kishi bu borada
chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikning ahamyatini chuqur anglab etmog‘i lozim.
E’tibor bilan qaralsa xaqiqatdan ham YOCHQBT fani bo‘yicha ma’suliyatli, g‘ayratli yaxshi
mutaxasis o‘qituvchisiga va mukammal O‘MB ega bo‘lgan ta’lim muassasalarida
vatanparvarlik tarbiyasi ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va buning natijalari ta’lim
muassasasida o‘rnatilgan tartib intizomda, tuman ,shahar, viloyat va respublika miqyosida
o‘tkazilayotgan tadbirlarda, ayniqsa muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tashida
yaqqol
ko‘zga tashlanib kelmoqda. Ayniqsa butun bir pedagogik jamoaning kuchi vatanparlik
tarbiyasi ishlariga mohirona yo‘naltirilishi, xar bir ma’sul xodimning ish jarayonida yangi
- yangi taklif va g‘oyalarni shakllanib borishiga sharoit yaratadi .Bu esa ta’lim – tarbiyani
yanada yuksalishida, pedagogik jamoaning bir-birlari bilan yanada jipslashib
har qanday
masalaning echimini ijobiy hal qilishida juda katta ahamiyatga ega.