yo‘l-yo‘riqlarni,shuningdek xaqiqiy harbiy xizmatni o‘tashda egallagan bilim va malakalarni
qanday
foydalanish
kerakligi
yuzasidan
maslahat
va
tavsiyalarni
o‘zlashtirishadi.Ma’lumki,harbiy rahbar, CHQBTO‘lari odatda, nazariy mashg‘ulotlarni didaktik
materiallar va ta’lim texnik vositalari yordamida hikoya shaklida bayon etadi.
Amaliy
mashg‘ulotlarda talabalar mashq bajarish, me’yorlar va harakat usullarini
bajarilish texnikasini o‘rganishlari va mustahkamlashlari, shuningdek, qurilmalar, jihozlangan
maydonchalar, mashg‘ulotlar joyi va qurol, asboblar, muhandislik qurol vositalari, shaxsiy
himoya vositalari, sport snaryadlari va anjomlaridan foydalangan holda o‘q otish va boshqa
masalalarni hal qilishni o‘rganishlari lozim.
Amaliy mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil qilish va o‘tkazishda rahbarning darsga
munosabati va shug‘ullanayotganlarga ta’sir o‘tkaza olishi, shaxsiy namunasi muhim ahamyatga
ega.Ijobiy
shaxsiy
namuna,harbiy
rahbar,CHQBTO‘
ning
yuksak
amaliy
tayyorgarligida,mashg‘ulotni yaxshi olib bora bilishida,ta’lim olayotganlarga mashq usullarini
aniq va chiroyli ko‘rsata bilishida,qisqa va lo‘nda tushuntira olish bilan birga ularni qiziqtira
olishida ifodalanadi. Mashg‘ulot rahbari dars vaqtidan tejamkorlik bilan foydalanib, uning
optimal zichligiga amal qilishni, har bir mashg‘ulot uchun zarur mashq, usul va harakatlarni
to‘g‘ri tanlay bilishni, ularning intensiv bajarilishini ya’ni dars jarayonida yuklamani to‘g‘ri
taqsimlay ola bilishni uddalashi lozim.
SHu maqsadda mashg‘ulot rahbari talabada zaruriy sifatlarni shakllantirishga aytarlik
xizmat qilmaydigan, o‘rganishda esa uzoq vaqtni talab qiladigan, mashq, usul, harakatlarni
qo‘llashdan qochishi kerak. Tajribali mashg‘ulot rahbari ta’limni murakkab bo‘lmagan
mashqlarni o‘qitish elementlar bo‘yicha emas, balki butunligicha olib boradi va imkon bo‘lishi
bilan (bundan mashqlarni keyinchalik bajarilish texnikasining takomillashuvi haqida unutmagan
holda) barcha hollarda batafsil tushuntirishlar va takroriy ko‘rsatib berishlarga ortiqcha bir
daqiqani sarflamasdan ta’limni kuch-g‘ayrat bilan, tezlik bilan olib borishga darhol o‘tadi.
Amaliy mashg‘ulot o‘tkazishda mashg‘ulot rahbari talabalar qurol, jangovar texnika,
o‘q-dori bilan ishlaganida havfsizlik chora tadbirlariga rioya etishga, ularga yordam berishga va
ehtiyot choralarini amalga oshirishga, jarohat va baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlarini
ko‘rishga majbur. Mashg‘ulot rahbari ongli, vijdonan darsiga yondoshmog‘i kerak. Aniq va
ishonchli buyruqlar, ta’lim olayotganlarga do‘stona va tengqurdek munosabatda bo‘lish darsning
qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Mashg‘ulot rahbariga ta’lim oluvchilarga nisbatan qattiq
qo‘llik, jahldorlik,qo‘pol muomalada bo‘lish,ularni doimiy tanqid qilish tavsiya etilmaydi.
Mashg‘ulot rahbari nafaqat talabalarga ko‘nikmalar shakllanishiga g‘amxo‘rlik qilishi, balki
harbiy qasamyod va umumharbiy nizomlar talablari asosida ularni tarbiyalamog‘i, yuksak
intizomli va ma’suliyatli bo‘lishlariga erishmog‘i lozim. Mashg‘ulot davomida mashg‘ulot
rahbari saf nizomlari talablarini buzilishiga zarracha ham yo‘l qo‘ymasligi,shu qatorda alohida
e’tiborni amaliy xarakatlarni to‘g‘ri bajarilishida mashq va me’yorlarni bor kuchni sarflamasdan
bajarish kabi turli holatlarni bartaraf etishga qaratishi kerak. Darsda yuqori tashkilotchilikni
saqlab turishga mashg‘ulot rahbarining o‘zini tutishi katta ahamiyatga ega. Uning saranjom-
sarishtali tashqi qiyofasi, qaddining rostligi, ixchamliligi, talabalarga nisbatan o‘ta talabchanligi
ko‘p hollarda mashg‘ulotni muvaffaqiyatli o‘tilishiga zamin yaratadi. Intizomni mustahkamlash
va ta’lim oluvchilarni o‘quv mashg‘ulotiga qiziqtirish maqsadida mashg‘ulot rahbarining
intiluvchan, harakatchan va har tomonlama rivojlangan talabalarni boshqalarga namuna qilish
orqali rag‘batlantirishi, yomon o‘qiydiganlarga esa ta’zir berishi va ularda o‘z harbiy va jismoniy
jihatdan tayyorgarliklariga ma’suliyat hissini oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Darxaqiqat
Do'stlaringiz bilan baham: