15-MAVZU. ELEKTRON TIJORAT TIZIMIDA
HUJJATLARNI RASMIYLASHTIRISH
1. Elektron tijoratda kelishuv xujjatlari
2. Naqd va elektron pul o‘tkazish texnologiyasi
Tayanch so’zlar:
Zamonaviy
iqtisodiy
rivojlanish
jarayonidaaxborot
kommunikatsiya
texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi, xaridor va
iste’molchilar o‘rtasidagi huquqiy-moliyaviy munosabatlarni yuqori darajaga
ko‘tarish, uning tezkorligi hamda xavfsizlik ko‘rsatkichini oshirish, bunda elektron
tijorat va elektron to‘lov tizimi rivojlanishiga erishish muhim masaladir. Elektron
hukumat tizimi rivojlanayotgan bir davrda iqtisodiyotni rivojlantirishningeng muhim
omillaridan biri - pul aylanishini to'g'ri va aniqtashkil qilishdan iborat, chunki bozor
iqtisodiyoti
tovar-pul
munosabatlarining
holati
va
taraqqiyoti
bilan
chambarchasbog’liqdir.Korxona va tashkilotlar o'zlarining xo'jalik faoliyatlari
jarayonida doimo bir-birlari bilan aloqada bo'ladilar. Ular o'rtasida tovar ayirboshlash
jarayoni pul va pullik hisob-kitoblaryordamida amalga oshiriladi. Tovar
ayirboshlashning o'zi esa pul aylanishining moddiy asosi bo'lib hisoblanadi. Uning
asosida esa boshqa pullik munosabatlar vujudga keladi (soliq organlari,pensiya fondi,
bank muassasalari va boshqalar). Axborot tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab
chiqarish korxonalari yuksalishini ta’minladi, balki xizmat ko‘rsatish borasida ham
katta yutuqlarga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda aholiga xizmat ko‘rsatish (servis,
kommunal) sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ularni sifatini yaxshilash ham
Elektron hukumatning muhim vazifalaridan biridir. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi
ham zaruriy resurslarni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Bu sohada ham elektron
pullar orqali to‘lovlarni amalga oshirilishi, bir tomondan, aholiga qulayliklar beradi,
140
ikkinchi tomondan, aholi va boshqa talabgorlar ehtiyojlarini aniqlash ishlarini
avtomatlashtirish imkoniyatini beradi. Hozirda axborot texnologiyalari sohasi
subyektlari tomonidan elektron to‘lovlar va elektron tijoratni amalga oshirishni
avtomatlashtirish imkonini beruvchi xilma-xil texnologik yechimlar taklif etilmoqda.
Xususan, Internet tarmog‘ida plastik kartalar bilan to‘lovlarni amalga oshirishni
imkon beruvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilib, joriy etildi. Internet tarmog‘ining
«uz» domenida internet-do‘konlar mavjud bo‘lib, foydalanuvchilariga masofadan
turib, muayyan vaqt rejimida ehtiyoj tovarlarini xarid qilish va xizmatlardan
foydalanishlari uchun xizmat tashkil etilganligi keng aholi qatlamlariga bu
yo‘nalishdagi imkoniyatlardan darak beradi. Bugungi kunda bank-moliya sektorida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o‘sib boruvchi global
tendensiyasi, bank plastik kartalari miqdorining o‘sishi hamda elektron to‘lovlar va
elektron tijoratning rivojlanib borishi barobarida mamlakatimizda elektron to‘lovlar
va elektron tijorat sohasida loyihalarni amalga oshirilishi 54 faollashmoqda.
Mamlakatimiz bank va moliya muassasalari Internet global tarmog‘i va mobil aloqa
vositalari orqali o‘z mijozlariga masofadan turib, elektron to‘lovlar, «SMS-banking»,
«Mobil-banking» kabi interaktiv bank xizmatlarni ko‘rsatmoqdalar. Elektron tijorat
va elektron to’lovlarning rivojlanishi aholiga,xizmat ko’rsatish hamda savdo sotiq
sohasiga bir qator qulay imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bu tizimning rivojlanishi
ta’sirida kelgusida ulkan yutuqlarga erishiladi.Masalan, biror aholiga maishiy xizmat
ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi firmamisolida buni ko’rib chiqamiz: quyida
hozirgi kunda hisob-kitob jarayonlarininguch usuli: -naqd pul orqali; -terminal orqali;
-shartnoma asosidagi ko’rinishlari keltirilgan.Hisob kitobning naqd ko’rinishi orqali
bajarilgan qismida pul mablag’lari inkassa tashkiloti orqali, ya’ni ma’lum hisob-
kitoblar bajarilgandan keyin maishiy xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi
firmaning asosiy hisob raqamiga borib tushadi.
1-rasm. Maishiy xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi
141
firma hisob-kitob jarayoni.
Terminal orqali hisob-kitoblardan tushgan pul mablag’lari avval maishiy
xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi firmaning terminal schyotiga va
undan kerakli hisobkitoblar bajarilgandan keyingina asosiy hisob raqamiga borib
tushadi.Shartnoma orqali bajarilgan xizmatlar xizmat ko’rsatuvchi va mijoz
o’rtasidagi kelishuv asosida tuzilgan shartnoma asosida mijozning hisob raqamidan
xizmat ko’rsatuvchining hisob raqamiga borib tushadi.
Mamlakatimizda elektron to’lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish
bo’yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va
qonun-osti hujjatlari bank va to’lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni
rivojlantirishga qaratilgan
Kelgusidagi elektron pul bilan muomala qilish tizimi pul muomalasining eng
ommabop va qulayusuliga aylanishi.Quyida keltirilganchizmada elektron to’lov
avtomatlashgan tizimining ko’rinishi ifodalangan:
2-rasm. Elektron to’lov avtomatlashgan tizimi.
Ushbu sxemada maishiy xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi
firmaning bankdagi hisob raqamiga xizmat ko’rsatilgan mijozlarning hisob
raqamidan kelib tushadi.Bankdagi hisob raqamga kelib tushayotgan pul birinchi
to'g'ridan to'g'ri soliqlardan tozalanmagan hisob raqamga borib tushadi va soliq
undirilishi uchun INN ga yuboriladi, belgilangan soliq undirilgach tozalangan pul
shaxsiy vrachlik punkitining soliqlardan tozalangan hisob raqamiga tushadi.Bunda
soliq undirilishi avtomat tarzda har bir xizmat ko’rsatilgan mijoz schotidan keladigan
pul mablag’idan yechib olinadi. Shunda soliq idorasi vakillarining vaqti ham tejaladi.
Shundan so’ng soliqlardan tozalangan hisob raqamidagi puldan yana bemalol zarur
bo’lgan har xil turdagi maxsulotlar, firma faoliyati uchun zarur bo’lgan asbob
uskunalar, ish haqi, kommunal to’lovlar va boshqalar uchun sarflanishi mumkin
142
bo’laveradi.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |