Mádeniyat hám kórkem-óner mákemelerin shólkemlestiriw hám basqariw páninen seminar temalari



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana14.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#362628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
2 5235690774502314516



MÁDENIYAT HÁM KÓRKEM-ÓNER MÁKEMELERIN SHÓLKEMLESTIRIW HÁM 

BASQARIW PÁNINEN SEMINAR TEMALARI 

1.Mavzu: NNTda kadrlar ishini yuritishni tashkil etishdagi umumiylik va o’ziga xos 

xususiyatlari.  

Reja: 

1.

 



NNTda kadrlar ishini yuritishni tashkil etishdagi umumiylik va uziga xos xususiyatlari. 

2.

 



Kadrlar ishini yuritish. 

3.

 



Ichki mehnat tartibi qoidalari. 

Tayanch so’z va iboralar: nodavlat-notijorat, kadr, tashkilot, mehnat tartibi, 

intizom, jazo, xujjat, qonun, normativ hujjat.

 

Kadrlar bo’yicha ish  yuritish  - bu xujjatlashtirish va kadrlarga oid  xujjatlar bilan ishlashni 



tashkil etishni ta'minlaydigan faoliyat xisoblanadi. An'anaga ko’ra kadrlar buyicha ish yuritishga 

xodimlarni boshqarish, xodimlar xarakati va xodimlarni xisobga olish, ish vaqtini xisobga olish 

va  xodimlar  bilan  xisob-kitob  kilish  bilan  bog’lik  xujjatlarni  ishlab  chiqish  va  yuritish, 

shuningdek,  tashkilotning  joriy  faoliyatida  xujjatlarni  saqlash  va  ulardan  foydalanish  hamda 

xujjatlarni arxiv saqloviga topshirish kiradi. 

Ayrim  tashkilotlarda  kadrlar  bo’yicha  ish  yuritishga  xodimlarni  izlash,  tanlash  va 

moslashtirish  bilan  bog’lik,  xujjatlarni  yuritish  (nomzodlarning  rezyumelari  hamda  suhbat 

o’tkazish, testdan o’tkazish natijalari ma'lumotlar bazasi, yangi ishga qabul qilingan xodimlarning 

bajargan ishlari to’grisidagi xisobotlar vakazo), xodimlar malakasini oshirish ishini yuritish xam 

kiradi. 


NNT xodim va ish beruvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish, kadrlarga oid 

xujjatlarni  yuritish  bo’yicha  qonun  xujjatlarining  umumiy  talablariga  bo’ysunadi.  Notijorat 

tashkilotlari xam huddi tijorat tashkilotlari singari ish beruvchi xisoblanadi, shuning uchun ularga 

mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlari  – O’zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi, boshqa 

me'yoriy-huquqiy xujjatlarning qoidalari to’liq xajmda tatbiq etiladi. 

Binobarin notijorat tashkilotida kadrlar bo’yicha ish yuritish tijorat tashkilotlarinikidan biroz 

farq  qiladi.  Bu  farq  qonun  xujjatlari  talablaridan  kelib  chiqib  emas,  balki  NNT  faoliyati  va 

moliyalashtirilishining xususiyatlaridan kelib chiqadi, zero ular kadrlarni xisobga olish va mexnat 

munosabatlarini  rasmiylashtirishda  quyidagi  bir  kator  murakkabliklar  va  o’ziga  xosliklarni 

tug’diradi: 




1.

 

Doimiy  moliyalashtirish  manbalarining  mavjud  emasligi  va  ish  xaqining  muntazam 



to’lanmasligi. NNTlarning bir qismi to’lik maosh bilan shtatdagi xodimlarga ega bo’lishni uziga 

lozim topmaydi. 

2.

 

NNT faoliyati aksariyat xollarda bir nechta manbalardan moliyalashtiriladi. Xodimlarning 



ish xaqi ham bunda bir qancha qismdan shakllanadi. Tegishli tarzda, tashkilot har bir loyiha va 

dasturlar bo’yicha ish vaqtining alohida xisobini yuritishi zarur. 

3.

 

Ko’plab  NNTlar  "bir  grantdan  -  keyingi  grantgacha"  qoidasi  bo’yicha  ish  yuritadi. 



Moliyalashtirish manbasi vujudga kelgan paytda (odatda u bir yilgacha muddatda bo’ladi) ular 

loyihani amalga oshiruvchilarni o’rindoshlik asosida yoki fuqarolik-xuquqiy tusdagi shartnomalar 

bo’yicha jalb etadilar. Shu bois tijorat tashkilotlaridan farqli ravishda NNT o’rindoshlar uchun 

muddatli shartnomalar, pudrat, topshiriq va boshqa shartnomalarni nisbatan ko’proq foydalanadi. 

4.

 

Ayrim  NNTlar grantlar  va ijtimoiy buyurtmalar  mablag’lari xisobiga faoliyat  yuritishlari 



sababli, xodimlar rahbar buyrug’iga binoan bir loyihadan boshqasiga tez-tez o’tkazilib turiladi, 

bir  vaqtning  o’zida  bir  necha  lavozim  vazifalarini  bajaradilar.  Ularning  bu  xatti-xarakatlarini 

grantlar va buyurtmalarning muddatlari xamda ularning maqsadli xususiyati takozo etadi. 

5.

 



Mablag’  tanqisligi  yuzaga  kelgan  paytlarda  NNT  raxbarlari  xodimlari  oldidagi

  o’z 

majburiyatlarini  bajara  olmaydigan  xolatga  xam  duch  keladilar.  Ayniqsa,  bu  holat  loyihaning 

byudjetida  nazarda  tutilmagan  bo’lsa,  xodimlarning  dam  olish  va  bayram  kunlaridagi  mexnati 

uchun ikki baravar xaq to’lashga qurbi yetmaydi. 

6.

 

NNTda  xaq  to’lanmaydigan,  ixtiyoriylik  asosida  bajariladigan  (volontyorlik)  ishlarning 



muayyan  xajmi  bo’lishi  mumkin.  Bunday  ishlar  shtatdagi  xodimlarga  xos  bo’lgan  muayyan 

vazifalar va javobgarlik doirasida xam belgilanishi mumkin. 

7.

 

NNTning  ayrim  tashkiliy-xuquqiy  shakllarida  (masalan,  jamoat  fondlarida)  rahbar, 



xodimlar va taftish organlari a'zolariga to’lovlar to’lash bilan bog’lik muayyan qonuniy cheklovlar 

mavjud. Shuningdek, ayrim xollarda shtat jadvali loyihasi yuqori rahbar organ bilan kelishiladi, u 

tasdiqlanadigan  yillik  byudjet  parametrlariga  muvofiq  kelishi  va  NNTning  barcha  xarajatlari 

summasining  muayyan  foizidan  oshmasligi  kerak.  (Masalan,  O’zbekiston  Respublikasining 

"Jamoat  fondlari  to’g’risida"gi  qonuni  24-moddasining  uchinchi  qismiga  muvofiq,  xar  yilgi 

ma'muriy  xarajatlarning  jami  summasi,  shuningdek  fondning  vasiylik  kengashi  xamda  taftish 

komissiyasi  a'zolariga  xaq  to’lash  xamda  ularning  o’z  vazifalarini  bajarish  bilan  bog’lik 

xarajatlarini  kompensatsiya  qilish  fond  barcha  xarajatlari  summasining  yigirma  foizidan 

oshmasligi kerak). 

Ana  shu  xususiyatlar  va  murakkabliklar  ba'zida  mexnat  to’g’risidagi  qonun  xujjatlarining 

buzilishiga  olib  keladi.  NNTning  xar  bir  rahbari  uning  tashkiloti  mehnat  inspeksiyasining 



tekshiruviga  "nishon"  bo’lib  kolishi  mumkinligini  nazardan  qochirmasligi  kerak.Bu  o’rinda 

aksariyat xollarda sud ish beruvchining emas, xodimning tarafini oladi. 

Notijorat  tashkilotining  har  bir  rahbari  Mehnat  Kodeksining  quyidagi  me'yorini  esdan 

chiqarmasligi kerak: "ishga qabul qilish xuquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki 

uning ijozati bilan xodimga xaqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo’lsa, ishga qabul qilish tegishli 

ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’iy nazar, ish boshlangan kundan 

e'tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb xisoblanadi" (Mexnat Kodeksining 82- moddasining 

oltinchi qismi). Ya'ni, xatto agar sizning tashkilotingizda xujjat aylanishi yuritilmasa va biror-bir 

ish haqi bo’lmasa, lekin faollar yoki a'zolar qandaydir faoliyatni yuritib turishgan bo’lsa, u xolda 

mexnat to’g’risidagi qonun xujjatlarining barcha me'yorlari kuchga kiradi. 

Shunday qilib, kadrlar bo’yicha ish yuritish nima uchun kerak? 

Shuning uchun kerakki: 

birinchidan, bu O’zbekiston Respublikasi qonun xujatlarining talabi

ikkinchidan, kadrlarga oid xujjatlarni to’g’ri yuritish ayanchli xatolarga yo’l qo’ymaslik va 

pirovardida mehnat buyicha inspeksiya tomonidan qo’llaniladigan jarimalar va mexnat nizolari 

xolatida  yoki  mehnat  to’g’risidagi  qonun  xujjatlarini  qo’pol  tarzda  buzganlik  dalillarining 

aniqlanishida sud chiqimlarini to’lashni chetlab o’tishga imkon beradi; 

uchinchidan, kadrlarga oid xujjatlar faqatgina tekshiruvchi organlar uchun kerak emas, balki 

kadrlarga oid ko’pgina xujjatlar xodimlar bilan munosabatlarni tartibga solishga yordam beradi, 

bunda mexnat shartnomasining barcha taraflari nimalarni bilish va amalga oshirish kerakligini 

yaxshi  anglaydilar.  Agar  NNTda  ichki  tartib-  intizom  qoidalari  ishlasa,  u  xolda  xech  qachon 

xodimda u soat nechada ishga kelishi keragu tushlik vaqtining uzunligi qancha ekanligi xaqida 

savollar yuzaga qalqib chiqmaydi. Bu xujjatlarni xodim ishga qabul qilinayotganda o’qib chiqadi 

va agar u mehnat shartnomasini imzolasa, demak bu shartlarga rozi bo’ladi va ularni bajarishi 

kerak. 

Kadrlar  hisobini  yuritish  majburiyati  eng  avvalo  korxonaning  bevosita  rahbari  zimmasida 

bo’ladi.Zarurat bo’lganda ichki mehnat tartibi qoidalari bilan yoki maxsus buyruq bilan mazkur 

majburiyatlar tashkilotdan istalgan lavozim egasiga yuklanishi mumkin.   

Kadrlar  bo’yicha  mas'ul  sifatida  rahbardan  boshqa  biror  xodimni  tayinlashdan  ma'no 

bormi?Bu faqat NNTning o’zi, uning tarkibi, faoliyat xajmlariga bog’lik. Shuni hisobga olish 

lozimki,  faol  tarzdagi  faoliyat  va  loyihalarning  katta  miqdori  bo’lganda  xujjatlarning  xajmi 

salmoqli bo’ladi, mablag’larning alohida xisobini ta'minlash uchun esa undagi tartibga rioya etish 

va barcha zarur narsalarni o’z vaqtida rasmiylashtirish lozim. 

Kadrlar  hisobini  yuritish  uchun  mas'ul  xodim  zimmasiga  qanday  funksiyalarni  yuklanishi 

mumkin? 



1.

 

Xujjatlar,  shuningdek  mehnat  va  fuqarolik-xuquqiy  shartnomalar,  bajarilgan  ishlar 



dalolatnomalari, tashkilot bo’yicha buyruqlarni (xizmat safariga yuborish, ta'tillar, qo’shimcha 

to’lovlar va boshqalarga buyruqlarni) tuzish.   

2.

 

Mehnat daftarchalarini to’ldirish va yuritish. 



3.

 

Tashkilot xodimlari va volontyorlari (ko’ngillilari) ish vaqtini xisobga olish. 



4.

 

Xodimlarning  shaxsiy  varaqalarini  to’ldirish  va  yuritish  (T-  2}  shaklidagi  shaxsiy 



varaqalar,  ma'lumotnoma-ob'ektivkalar,  ishga  qabul  qilishda  talab  etiladigan  xujjatlarning  

nusxalari, rag’batlantirish, intizomiy choralar ko’llash to’g’risidagi buyruqdar nusxalari va x.k.). 

5.

 

Ro’yhatdan o’tkazish, saqlash, berish va mehnat daftarchalariga yozuvlar qayd etish. 



Kadrlar bo’yicha ish yuritish uchun javobgar xodim zimmasiga buyruq, ishonchnoma va yoki 

lavozim  yo’riqnomasi  bilan  uning  mexnat  vazifasi  bilan  bog’lik  boshqa  majburiyatlar  xam 

yuklatilishi mumkin. 

Agar  tegishli  buyruq  yoki  ishonchnoma  mavjud  bo’lmasa,  kadrlar  xisobini  yuritish  uchun 

javobgar bo’lgan xodim tomonidan tuzilgan barcha xujjatlar tashkilot raxbarining imzosi bilan 

tasdiqlanadi (Mexnat daftarchasidagi yozuvlardan tashqari). 




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish