Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

 
 
17- Ma'ruza 
Surtmalardan dori moddasini ajralib chiqishini aniqlash 
Reja: 
1.
 
Yumshoq dorilar haqida tushuncha 
2.
 
Rektal jori shakllaridan dori moddasini ajralib chiqishini aniqlash usuli 
3.
 
Shilliq qavatlar va teriga qo‘yiladigan va yumshoq dori shakllari
 
 
Asosiy matn 
Yumshoq  dori  turlari,  xususan  rektal  dori  shakllari  alohida  va  sistemali  ta’sir  ko‘rsatishi 
mumkinligi  biofarmatsevtik  nuqtai  nazardan  ahamiyatli  hisoblanadi.  Rektal  yo‘l  bilan 
suppozitoriylardan  tashqari  surtmalar,  klizmalar,  turli  tamponlar,  ko‘piklar,  kapsulalar  va 
boshqalar  organizmga  yuboriladi.  To‘g‘ri  ichak  shillig‘i  muhitining  pH  ko‘rsatkichi  7,6-7,9  ga 
teng. Shamollash davrida esa bu ko‘rsatkich 6,3-6,6 ga teng bo‘ladi. Shu sababli dori vositasi bu 
yerga  tushganida  muhitni  o‘zgartirib  yuborishi  mumkinligini  unutmaslik  lozim  bo‘ladi. 
Yuqoridagi  hollarda  dori  vositasining  to‘g‘ri  taqsimlanishi  va  so‘rilishini  boshqarish  uchun 
kerakli choralar ko‘rilishi talab etiladi. Rektal dori preparatlari tarkibiga kirgan YUFMlar ichak 
shilliq suyuqligi bilan o‘zaro ta’sirga uchrab yuza tarangligini pasaytiradi va bu bilan ichakdagi 
to‘qimalar o‘tkazuvchanligini oshiradi. 
 
  
Rektal  dori  preparatlarining  absorbsiyasi  asosan  to‘g‘ri  ichakning  yuqorigi  qismi 
hisoblanadi va bu o‘z navbatida dori moddasining qon oqimiga tushishini va bir qismi  jigardan 


53 
 
o‘tishini bildiradi. Rektal dori preparatining absorbsiyasi natijasida birinchi fazada jigarga atigi 
20%  tushadi.  Peroral  dori  preparatlari  esa  bu  fazada  100%  jigarga  kelib  tushadi.  Rektal  dori 
turlari  tarkibiga  emulgatorlarning  qo‘shilishi  bilan  absorbsiyalanuvchi  vositalar  miqdori  45% 
gacha ortishi mumkin. 
         Barcha  dori  preparatlari  kabi  rektal  dori  preparatlarida  ham  absorbsiya  jarayoniga  dori 
moddasining  eruvchanligi,  uning  molekulasining  o‘lchami,  zarrachalar  o‘lchami,  dori 
vositalarining  asos  bilan  o‘zaro  ta’siri  kabilar  ta’sir  ko‘rsatadi.  Agarda  asos  suvda  erimasa 
undagi dori vositasi diffuziya orqali absorbsiyaga uchraydi. Agarda asos suvda erisa, absorbsiya 
erish tezligiga bog‘liq bo‘ladi. 
        Rektal  dori  preparatlarini  biologik  samaradorligini  asoslash  qiyin  bo‘lishiga  qaramasdan, 
asosga  qarab  shularni  aytish  mumkin:  agar  dori  vositasi  suvda  qancha  yaxshi  erisa  uning 
so‘rilishi shuncha tez bo‘ladi.
 
Rektal dorilar so‘rilishida rektal suyuqlik konsentratsiyasi alohida 
ahamiyat  kasb  etadi.  Konsentratsiya  qancha  yuqori  bo‘lsa  membrana  orqali  dori  vositasining 
o‘tishi shuncha tez bo‘ladi.  
        Suppozitoriylar  muayyan tarkibini tanlashda asos miqdori va tabiati, yordamchi moddalar 
va  dori  vositasi  xususiyatlari,  texnologik  jarayon  kabilar  ahamiyatli  hisoblanadi.  Asosning 
strukturaviy  –  mexanik  xossalarini  yaxshilash  maqsadida  asosga  alyuminiy  stearat,  magniy 
stearat va boshqa moyli kislotalarning tuzlari qo‘shiladi. 
Yumshoq dori turlaridan linimentlar, surtmalar, kremlar,gellar va pastalar inson organizmi 
yuzasiga qo‘yiladigan dori turlariga kiradi. Ma’lumki ular asos va yordamchi moddalardan 
tashkil topgan bo‘ladi. 
-  yumshoq asos-tashuvchilar (vazelin, lanolin) 
-  suyuqlanish harorati va yopishqoqlikni oshiruvchilar 
-  gidrofob erituvchilar 
-  emulgatorlar 
-  gel hosil qiluvchilar 
-  antimikrob xususiyatli konservantlar 
-  antioksidantlar 
-  solyubilizatorlar 
-  muzlatuvchilar 
-  pH muhitni  normallashtiruvchilar 
Liniment,  surtma  va  kremlarda  eruvchan  dori  moddasining  asosiy  omillardan  biri  uning 
dissotsiatsiya  ko‘rsatkichi  hisoblanadi.  Esdan  chiqarmaslik  kerakki,  biomembranalardan  faqat 
dissotsiyalanmagan molekulagina o‘ta oladi. Dorivor moddaning diffuziya koeffitsienti muhit va 
uning  molekulasining  kattaligiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Surtmalarda  dori  vositaning    absorbsiyasi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularda erigan moddaning konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi.  
Yumshoq  dori  turlarida  dori  vositalarining  ajralib  chiqish  tezligi  va  biologik 
samaradorligiga  solyubilizatsiya  usuli  va  asosning  yopishqoqligi  ta’sir  ko‘rsatadi.  Dori 
vositasining surtmalardan so‘rilishiga ular tarkibidagi faollashtiruvchilarning ta’siri katta bo‘ladi. 
Surtmalarni tayyorlash texnologiyasi ham biologik samaradorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish