Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

         Emulsiyalar. 
Emulsiyalarning  fizik,  kimyoviy  va  mikrobiologik  turg‘unligi  muammolari 
bu  dori  turi  texnologiyasida  asosiy  hisoblanadi.  Emulsiyalar  turg‘unligi  emulgatorlarning 
tabiatiga,  dispers  muhitga  va  moyli  fazaga,  moy,  suv  va  emulgator  nisbatiga,  tayyorlash 
texnologiyasiga, uni ishlatish usuliga, emulgatorlarni (YUFM,YUMB va boshq.) bog‘liq bo‘ladi. 
Qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib, emulsiyalar tarkibidan dori moddasi tez va to‘liq  ajralish 
qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  yoki  ta’siri  uzaytirilgan  bo‘lishi  lozim.  Yuqoridagi  bu  omillar 
emulsiyalar  tarkibini  va  texnologiyasini  ishlab  chiqishda  hisobga  olinishi  zarur.  Bunda 
YUFMlarning  va  erituvchilarning  dorilarning  biosamaradorligiga  ta’siri  bo‘lishi  mumkinligini 
unutmaslik  lozim.  Masalan,  propilenkglikol,  polietilenoksid  (PEO),  dimetilsulfoksid,  glitserin 
membrananing  struktura  holatiga  va  ichki  to‘qima  suviga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Glyukokortikoidli 
retseptorlar  eritmaning  ionli  kuchiga,  kalsiy  va  magniy  ionlari  konsentratsiyasiga,  xelat 
moddalarga,  glitseringa  sezgir  bo‘lishadi.  Ya’ni  yordamchi  moddalarni  qo‘shish  so‘rilishni  va 
terapevtik ta’sirni kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin. 
           Emulsiyalarni 
YUFMlarning 
alohida 
guruhlari 
bilan 
turg‘unligi  oshirilganda 
emulsiyalarning  dispersligi,  turg‘unligi,  solishtirma  elektr  o‘tkazuvchanligi  m/s  va  s/m 
emulgatorlarini  gidrofil-lipofil  balansiga  bog‘liq  ekanligi  aniqlangan.  Gidrofil-lipofil  balansli 
emulgatorlar nomenklaturasi juda kam. Shunga qaramasdan emulsiyalar tarkibini kritik gidrofil-
lipofil balansi asosida aniqlash eng asosiy va ko‘p qo‘llaniladigan usullar qatoriga kiradi. 
           Emulsiyalarning  muayyan  tarkibini  ishlab  chiqishda  triangulyar  diagramma  usuli  ham 
qo‘llaniladi.  Ammo,  bu  uslub  ko‘p  qirrali  izlanishlar  natijalari  bo‘lib,  ko‘p  axborot  bersa  ham, 
uni bajarish qiyinligi bu usulni qo‘llashni chegaralab qo‘yadi.  
           Emulsiyalar  tarkibini  tanlashning  eng  istiqbolli  usullaridan  biri  inversiya  fazasining 
haroratini  aniqlash  asosidagi  usul  hisoblanadi.  Fazalar  hajm,  haroratga  bog‘liq  bo‘lib,  Bankroft 
qonuniga  bo‘ysunadi.  Qattiq  emulgatorlar  bilan  stabilizatsiya  qilingan  emulsiyalarda  inversiya 
fazasi muomilasi zarrachalarning namlanishining ikki faza oralig‘idagi nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.  
           Ba’zi  bir  adabiyotlarda  emulsiyalarning  turg‘unligi  unga  ikki  xil  m/s  va  s/m 
emulgatorlarini  qo‘shish  hisobiga  oshirish  mumkinligi  keltirilgan.  Bunda  emulgatorlar  orqali 


52 
 
tartibli  uchinchi  faza  yuzaga  keladi.  Bu  fazalar  elektron  mikroskopiya  va  strukturaviy  rengten 
tahlillari  bilan  o‘rganilgan.  Moddalarning  suyuqkristallik  (mezomorf)  holati  deb,  suyuqlik  va 
qattiqlik  xossalari  orasidagi  struktura  holati  tushiniladi.  Bunda  krisstallarda  molekulalar  tartibli 
joylashgan bo‘ladi. Suyuq kristallarda esa, molekulalarga mo‘ljal tartibli bo‘ladi, ammo ularning 
joylashishida korrelyasiya bo‘lmaydi. Bunda molekulalar o‘zaro aralashib ketishi mumkin, lekin 
mezofazalarda turli yo‘nalishlardagi fizik xossalarni tavsiflovchi anizotropiya saqlanadi.
 
            Liotrop  suyuq  kristallar  ikki  yoki  undan  ko‘p  komponentli  sistemalar  bo‘ladi.  Ular 
YUFM  larning  difil molekulalarini suvda  yoki boshqa  polyar  erituvchilarda erigan  eritmalarida 
hosil bo‘ladi. Ular o‘z navbatida suv bilan aralashadi. Suyuq kristallar turli holatda (mezofazada) 
uchrashi  mumkin.  YUFMlar  turidan  va  qo‘shilgan  suv  miqdoridan  kelib  chiqib  liotrop  fazalar 
turli strukturalar hosil qilishi mumkin. 
            Sferik mitsellalardan farqli o‘laroq suyuq  liotrop kristallar ko‘proq YUFM molekulasini 
zich  qadoqlash  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi  va  ko‘proq  anizotropiya  holati  kuzatiladi.  Natijada  bu 
holatlar sfera ko‘rinishisiz shaklga ega bo‘ladi va o‘zaro bo‘shliq orqali to‘r hosil qiladi. 
            Shunday  qilib,  emulsiya  texnologiyasini  ishlab  chiqishda  quyidagi  masalalarni  yechish 
talab  etiladi:  muayyan  tarkib  tanlash,  tayyorlash  texnologiyasi  jarayonini  aniqlash,  muayyan 
dispergirlash usulini qo‘llash va kerakli dastgohlar bilan ta’minlash. 
           Muayyan  tarkib  tanlash
  bilan  texnologiyani  soddalashtirish  mumkin  bo‘ladi.  Masalan, 
kritik  gidrofil-lipofil  balansi  saqlanganda  o‘zi  emulgirlash  xossasiga  ega  bo‘ladi  va  natijada 
gomogenizatorlarni qo‘llash kerak bo‘lmay qoladi. 
 
Texnologik  jarayonni  to‘g‘ri  tanlashga
  harorat  rejimi,  emulgatorlarni  asosga  kiritish  va  ularni 
birlamchi  lokalizatsiya  qilish,  emulsiyalarni  qaytmas  fazalarda  olish  va  boshqalar  kiradi.  Bir 
qator  hollarda  bu  emulsiyalarning  xossalariga  ta’sir  ko‘rsatishi  mumkin,  ammo    emulgirlashda 
energetik sarfni kamaytirib dispergirlash effektini oshiradi 

Dispergirlash usulini va dastgohlarni tanlash 
, shuningdek uni qo‘llash ko‘pgina adabiyotlarda 
keltirilgan.  

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish