Yumshoq dori shakllaridan dori moddasining ajralib chiqishi
Yumshoq dori shakllaridan dori moddasining ajralib chiqishini baholashda asosdan
(masalan, surtmalarda) dori vositasini ajralib chiqish qobiliyati asosida aniqlanadi. Bugungi
kunda asoslardan dori vositasining ajralib chiqish tezligini o‘rganadigan bir qator usullar ishlab
chiqib amaliyotga taqdim etilgan. Bu usullarning hammasini quyidagi guruhlarga bo‘lish
mumkin:
- fizik-kimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlarga asoslangan, in vitro tajribalari;
- tirik va ajratib olingan organizmlarda olib boriladigan biologik usul
in vivo tajribalari;
Ammo biologik usulda doim ham aniqlash sharoitlari mavjud emas, shuning uchun
taqqosiy tajribalarda in vitro tajribalaridan foydalaniladi. Olingan natijalarni taqqoslash uchun
tajribalarda doimiy haroratni ushlab turish, bir xil tajriba muhitini, dori moddasining bir xil
konsentratsiyasini, bir xil sharoitda tayyorlangan namunalardan foydalanish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |