Aralash turdagi surtma
ikki xil tipda bo‘lishi mumkin. Bu suspenzion-emulsion va
emulsion-suspenzion. Agar surtma suspenzion-emulsion tipda kelsa unda birinchi bo‘lib
suspenzion surtma tayyorlab olinadi, so‘ng emulsion surtma yoki aksincha agar emulsion-
suspenzion tipda bo‘lsa unda birini bo‘lib emulsion surtma, so‘ng suspenzion surtma
tayyorlanadi. Bunda kombinirlangan dispers sistema hosil bo‘ladi.
Bundan tashqari, agar qattiq faza gidrofil xossaga ega bo‘lsa, unda birinchi bo‘lib uni
suvda yoki suvli suyuqlikda ho‘llab olish kerak. Bunda suvli suspenziya hosil bo‘ladi, ushbu
suvli suspenziyani surtma asosiga qo‘shib aralashtirganda, aralash turdagi surtma hosil bo‘ladi.
Aynan shunday usul bilan tayyorlangan surmaning terapevtik samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, to‘g‘ri tanlangan texnologiya surmaning terapevtik
samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
129
Do'stlaringiz bilan baham: |