Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi biofarmatsiya


Uslubiy  ta’minot  va  mashg‘ulot  jihozlanishi



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/519
Sana14.01.2022
Hajmi4,04 Mb.
#362516
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   519
Bog'liq
biofarmatsiya

      Uslubiy  ta’minot  va  mashg‘ulot  jihozlanishi:
  mavzuga  oid  tarqatma  materiallar,  uslubiy 
qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya. 
Asosiy matn 
Adabiyotlarda  keltirilgan  ma’lumotlarga  ko‘ra,  birorta  ham  farmatsevtik  omil  dori 
preparatining  biosamaradorligiga  yordamchi  moddalar  ko‘rsatgan  ta’siri  kabi  ta’sir  ko‘rsatmas 
ekan. 
• кучли томонлари 
S – (strength
)
 
• заиф, кучсиз томонлари 
W – (weakness
)
 
• имкониятлари
  
O – (opportunity)
 
• тўсиқлар  
T – (threat) 
 


103 
 
Yordamchi moddalar - bu dori preparatlari tarkibiga qo‘shish uchun mo‘ljallangan, tabiiy, 
sintetik  va  yarim  sintetik  tabiatli  moddalar  bo‘lib,  ular  dori  modasining  fizik-kimyoviy  hamda 
farmakologik ta’siridan kelib chiqqan holda dori shakllarini tarkibiga kiritiladi. Dori shakllarini 
tayyorlashda  ular  turli  funksiyalarni  bajarishi  mumkin:  erituvchi,  solyubilizator,  stabilizator, 
asos, PAV, quyultiruvchi, emulgator, konservat, korrigent, bo‘yovchi va boshqalar.  
Quyidagi moddalar yordamchi moddalarga kiradi: kraxmal, glyukoza, tozalangan suv, etil 
spirti, vazelin, kakao moyi, talk, bentonitlar, aerosillar, parafin, bug‘doy uni, polietilen oksidlari, 
sellyulozani  turli  hosilalari.  Farmatsiyani  ko‘p  asrli  tarixida  yordamchi  moddalar  farmokologik 
va  kimyoviy  jihatdan  shakl  beruvchi  indifferent  modda  sifatida  ko‘rsatilgan.  Ularni  dorivor 
moddaga  ishlatish,  tashish  va  saqlash  uchun  qulay  ma’lum  shakl  berish  maqsadida  qo‘shilgan. 
Dori  preparatlarni  ishlab  chiqarishda  oson  topiladigan  va  arzon  moddalar  ishlatilgan.  Bunda 
yordamchi  moddani  tabiatiga  va  sonini  dorivor  moddani  biologik  faolligiga  ta’siri  hisobga 
olinmagan.  Shu  bilan  birga  hech  qaysi  kuch  farmokologik  faktor  dorivor  preparat  xususiyatiga 
yordamchi modda kabi shuningdek sezilarli va murakkab ta’sir etmaydi. Biofarmatsiya birinchi 
bo‘lib yordamchi moddalarni ishlatilishini ilmiy asoslab berdi. Yordamchi moddalarni o‘rganish 
shu  darajada  ahamiyatli  edi-ki,  bir  qator  olimlar  biofarmatsiyani  yordamchi  moddani  dorivor 
moddani  terapivtik  effektiga  ta’sirini  o‘rganuvchi  fan  sifatida  tanishtirdilar.  Biofarmatsevtik 
tadqiqodlarga asosan, yordamchi moddalar texnologik jihatdan ishlatiluvchi indifferent emasligi 
ko‘rsatilgan. Ular ma’lum fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lib, substansiya tabiatiga bog‘liq 
holda,  turli  sabablar  ta’sirida  kompleks  hosil  bo‘lishi  va  adsordsiya,  molekulyar  reaksiyalar  va 
boshqalar  dorivor  modda  ta’sir  etish  xarakterini  kuchaytirish,  susaytirishi  mumkin,  natijada 
dorivor  preparatni  so‘rilishini  to‘liqligi  va  tezligi  keskin  o‘zgarishiga  olib  kelishi  mumkin. 
Dorivor  va  yordamchi  moddalarni  o‘zaro  ta’siri  ularni  tayyorlashda  va  shuningdek  saqlash 
jarayonida  sodir  bo‘lishi  mumkin.  Demak  yordamchi  moddalarni  bilogik  kirishuvchanligiga 
ta’sir etish mexanizmi turlicha bo‘lishi mumkin. Biologik faollikni o‘zgarishining asosiy sababi - 
“dorivor  modda  -  yordamchi  modda”  sistemasida  ingredentlar  orsidagi  kimyoviy  ta’sir 
natijasida,  polimerlar  kompleksi,  VMS  makromalekulalari,  xomosorbsillar  va  boshqalar  hosil 
bo‘lishi mumkin. Hosil bo‘lgan birikmalar mustahkam yoki yengil uziluvchi yuqori yuza faolligi 
bilan  xarakterlanuvchi  yoki  balanslangan  sistema  energiyasi  bilan,  dorivor  moddani  asosiy 
farmokologik reaksiyasini tezlatishi yoki susatirishi mumkin. 
Yordamchi  moddalar  dori  vositalarining  farmokolik  faoliyatini  nafaqat  pasaytira  oladi, 
balki  yana  katta  darajada  parchalanish  va  biokirishish  bilan  xarakterlanuvchi  bog‘lanishlarni 
yaratadi  (masalan,  prednizolon  bilan  polivinilpirrolidon,  salitsilamid  bilan  polivinilpirrolidon, 
salitsil  kislotali  sorbit,  mochevina  bilan  norsulfazol).  Saponinlar  oshqozon-ichak  traktida 
glyukozani  so‘rilish  jarayonini  kuchaytiradi.  Natriy  lauril  sulfat  penetsillin,  grizeofulvin  va 
boshqalarni so‘rilishini tezlashtiradi. 
Shuningdek,  tanlangan  rezorbsiya  dori  moddalarining  biologik  aktivligini  o‘zgarishi 
sababchisi hisoblanadi. 
Dori  moddalarining  biologik  membranalardan  so‘rilish  jarayonini  murakkab  retseptor 
mexanizmi,  ya’ni  diffuziya  qonuniga  asoslangan  Fik  qonuniga  to‘g‘ri  keluvchi  rezorbsiya  deb 
qabul qilish lozim. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   519




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish