Ro`yxatga olindi: №


 Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va bartaraf qilish



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/215
Sana14.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#360012
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   215
Bog'liq
Ro`yxatga olindi ¹

7.4. Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va bartaraf qilish
Kompaniyada vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va
bartaraf etish uchun kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor
shaxslari   va   xodimlari   kompaniyaning   manfaatlariga   mos   keladigan   sudga
murojaat qilishgacha bo‘lgan qonuniy va asoslangan echim qidiradi.
Kompaniya   Boshqaruvi   raisi   aksiyadorlar   va   boshqalar   tomonidan
boshqaruv va nazorat organlari, korporativ kotib va barcha tarkibiy bo‘linmalarga
kelib   tushadigan   yozma   va   og‘zaki   talabnoma,   xat   va   arizalarning   hisobini
yuritilishi hamda o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlashi lozim.
Korporativ qarama-qarshiliklarning hisobini yuritish vazifasi kompaniyaning
aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi mutaxassisiga yuklatiladi.
Bu   mutaxassis   korporativ   qarama-qarshilikka   oldindan   baho   berib,   masalaning
mohiyatidan   kelib   chiqib   unga   oydinlik   kirituvchi   hujjatlarni   tayyorlaydi   va
kompaniya kuzatuv kengashi roziligi bilan ushbu masalani echish vakolati mavjud
tarkibiy tuzilmaga taqdim etadi.
Kompaniyaning   korporativ   mutaxassisi   tez-tez   takrorlanib   turuvchi
masalalarni   tahlil   qiladi,   tahlil   natijalari   bo‘yicha   qarama-qarshilikka   kirishgan
barcha taraflarga qo‘shimcha axborot berish, yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul
qiladi va/yoki kompaniya kuzatuv kengashi raisiga bu kabi manfaatlar qarama-
qarshiligining   kelib   chiqishiga   sabab   bo‘layotgan   ichki   tartib   va   qoidalarni
o‘zgartirish, qarama-qarshilikni kelib chiqishini bartaraf qiluvchi boshqa takliflarni
beradi.
Taraflar   yoki   boshqa   manbalardan   qarama-qarshilik   holati   bo‘yicha
axborotga ega bo‘lgan xodim zudlik bilan bu to‘g‘rida mansab lavozimi bo‘yicha
o‘zidan   yuqori   xodimni   ogohlantirishi   shart.   Agar   qarama-qarshilikni   tarkibiy
tuzilma miqyosida echish imkoniyati bo‘lmasa tarkibiy tuzilma rahbari bir ish kuni
ichida   kompaniya   Boshqaruvi   raisi,   yoki   uning   o‘rinbosarini   qarama-qarshilik,
uning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan omillar hamda uni bartaraf qilish uchun
ko‘rilgan   choralar  to‘g‘risida   ogohlantirishi   shart.   Kompaniya  Boshqaruvi   raisi,
yoki   uning   o‘rinbosari   manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilish   usulini
belgilaydi   va   mas’ul   shaxs   belgilaydi.   Zarur   hollarda   esa   qarama-qarshilikni
bartaraf qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
Manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilish   uchun   belgilangan   mas’ul
xodim, yoki komissiya qarama-qarshilikni  bartaraf qilishning barcha choralarini


ko‘radi. Agar uni bartaraf qilish imkoniyati bo‘lmasa, kompaniya Boshqaruvi raisi
ushbu masalani Boshqaruv yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi va kompaniya kuzatuv
kengashiga to‘liq axborot taqdim qiladi.
Boshqaruv   tomonidan   manfaatlar   qarama-qarshiligi   bo‘yicha   taqdim
qilingan   axborot   kompaniya   kuzatuv   kengashi   tomonidan   manfaatlar   qarama-
qarshiligining   kompaniya   faoliyatidagi   ta’siri,   uning   hajmi   va   boshqa   shu   kabi
ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib uning navbatdagi yig‘ilishi muxokamasiga kiritadi,
yoki ushbu masalani zudlik bilan hal qilish maqsadida navbatdan tashqari yig‘ilish
chaqirishi mumkin.
Kompaniya   Boshqaruvi   raisi,   yoki   uning   o‘rinbosari   manfaatlariga   ta’sir
qiluvchi yoki ta’sir qilgan har qanday manfaatlar qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi
axborot   3   ish   kuni   muddatda   kompaniya   kuzatuv   kengashi   muhokamasiga
kiritilishi va uning bartaraf qilish uchun qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlash va
nazorat qilish uchun aniq shaxslar belgilanishi lozim.
Vujudga   kelgan   manfaatlar   qarama-qarshiligini   boshqarish   va   bartaraf
qilishda kompaniyaning qabul qilingan ichki hujjatlariga o‘zgartirish kiritish, yoki
yangi   tartib   qabul   qilinishi   lozim   bo‘lsa   kompaniya   kuzatuv   kengashi,   yoki
Boshqaruvi   o‘z   vakolat   doiralaridan   kelib   chiqib   tegishli   qaror   qabul   qilishlari
lozim.
Kompaniyaning   boshqaruv   organlari   vujudga   keladigan   har   qanday
manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilish   uchun   quyidagilarni   amalga
oshirishlari lozim:
-vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini imkon qadar tez aniqlashi
va uning vujudga kelish sabablarini o‘rganishi;
-kompaniyaning   boshqaruv   organlari   vakolatlari   va   javobgarligini   aniq
chegaralashlari;
-manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilish   bo‘yicha   mas’ul   xodimni
belgilashi, lozim hollarda esa komissiya tuzishlari;
-imkon   qadar   tezkorlik   bilan   manfaatlar   qarama-qarshiligi   bo‘yicha
kompaniyaning   manfaatlaridan   kelib   chiqib,   uning   qarashlarini   aniqlash,
kompaniya manfaatlarining himoyasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish va qarama-
qarshilikdan manfaatdor taraflarga etkazish;
-manfaati   kompaniya   manfaati   bilan   qarama-qarshi   kelgan   tarafga
kompaniyaning asoslangan nuqtai-nazari aks ettirilgan to‘liq va asoslangan javob
berish,   manfaati   qarama-qarshi   tomonga   ularning   talablarini   ijro   etilmasligi
bo‘yicha qonunchilik, normativ hujjatlar, kompaniya ustavi, yoki ichki hujjatlar
talablaridan kelib chiqib, ularga asosan javob berish;
-manfaatlar   qarama-qarshiligini   bartaraf   qilishga   ishtirok   etuvchi   mas’ul
shaxslar   ularning   yoki   ularning   oila   a’zolarining   manfaatlarini   ham   keltirib
chiqarishi   mumkin   bo‘lgan   yoki   keltirib   chiqaradigan   holatlar   bo‘yicha   zudlik
bilan ma’lum qilish;
-manfaatdor shaxslarni manfaatlar qarama-qarshiligi holatlarini boshqarish
va bartaraf qilish jarayoniga ishtirok etmasligini ta’minlash.


Aksiyadorlar,   kompaniya   boshqaruvi   organlari   va   aksiyadorlar   o‘rtasida
vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga solish uchun quyidagilar
amalga oshirilishi lozim:
-kompaniya aksiyadorlari o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-
qarshiligini   tartibga   solishda   kompaniya   kuzatuv   kengashi   mustaqil   a’zosining
vositachi sifatida ishtirok etishi;
-mas’ul   xodim   manfaatlari   zid   kelgan   aksiyadorlar   o‘rtasida   ziddiyatga
tegishli o‘zida mavjud axborotlarni taqdim qilgan, yoki qonunchilik va me’yoriy
hujjatlar   talablarini   tushuntirgan   holda   muzokaralarga   vositachi   sifatida   jalb
qilinishi mumkin;
-kompaniyaning vakolatli organlari, yoki vakolatli shaxslari aksiyadorlarga
manfaatlar   qarama-qarshiligi   holati   bo‘yicha   tushuntirish   va   tavsiyalar   berishi,
vaziyatni   bartaraf   qilish   bo‘yicha   aksiyadorlarga   imzolatish   uchun   hujjatlar
loyihasini   tayyorlashlari,   o‘z   vakolat   doiralaridan   chiqib   ketmagan   holda
kompaniya nomidan aksiyadorlar oldiga majburiyat olishlari mumkin;
-kompaniyaning boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida ziddiyatlarni
bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni ijro etishlari hamda bu qarorlarni
boshqa taraflar tomonidan ijro etilishiga amaliy yordam ko‘rsatishlari lozim. Agar
kompaniya va ziddiyatli vaziyat taraflari o‘rtasida ularning majburiyatlari bo‘yicha
munozarali   vaziyat  bo‘lmasdan,   qabul   qilingan  qarorni   ijro   muddati  va   boshqa
shartlari bo‘yicha turli qarashlar bo‘lsa, kompaniya ziddiyatli vaziyatni tartibga
solishni   davom   ettirishi   va   manfaatlari   qarama-qarshi   aksiyadorlar   talabini
qondirish shartlarini ma’lum qilishi lozim;
-agar   kompaniya   tomonidan   manfaatdor   aksiyadorni   talabini   qondirish
uchun   kompaniyaning   ichki   hujjati,   ustavi   yoki   qonunchilik   talabiga   muvofiq
mazkur   aksiyadordan   qandaydir   harakatlarni   amalga   oshirilishi   talab   qilinsa,
aksiyador talabiga berilgan javobda ushbu shartlarni aniq ko‘rsatib berishi lozim
(bunda ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun to‘lovlar, aksiyadordan ma’lum
bir hujjatlarni taqdim qilish va boshqa shu kabilar nazarda tutilgan).
Manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga solish va boshqarishning yuqorida
qayd etilgan uslublari chegara bo‘lmasdan, har bir holat mohiyatidan kelib chiqib,
ziddiyatni bartaraf qilishning boshqa maqbul usullari ham qo‘llanilishi mumkin.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish