a) boshqa kompaniyaning ovoz beruvchi aksiyalari yirik paketiga ega
kompaniya;
b) kompaniyadan alohida
ajralib chiqqan kompaniyalar;
c) chet elda vakolatxona yoki filiallari tashkil etilgan kompaniyalar;
d) oltin aksiya amaliyoti joriy etilgan kompaniyalar.
5. Bir xil tarmoqda faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning o‘zaro
birlashishining raqobat muhitiga ta’sirini qanday baholash mumkin?
a) oshkora yoki yashirin tarzda raqobatni chetlab o‘tish va monopoliyaga
erishish imkoniyatini yaratadi;
b) raqobat muhitiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi;
c) sog‘lom raqobat muhitida o‘zaro birlashishlarga yo‘l qo‘yilmaydi;
d) bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ birlashishlarning raqobatga va
monopoliyaga hech qanday daxli yo‘q.
6. O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tovar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi
yuridik shaxslarning o‘zaro birlashuviga qanday holatlarda monopoliyaga qarshi
organ roziligi talab etiladi?
a) oxirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi eng kam
oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa;
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 450
million
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
c) ishtirok etayotganlar aktivlarining jami balans qiymati eng kam oylik ish
haqining ellik ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa
d) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa.
7. O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga
qanday holatlarda monopoliyaga qarshi organ roziligi talab etiladi?
a) o‘zaro birlashayotgan banklar aktivlarining jami balans qiymati 450
million AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
b) ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati 25 million
AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa;
c) bitim qatnashchilaridan biri moliya bozorida
ustun mavqeini egallab
turgan bo‘lmasa;
d) O‘zbekiston amaliyotiga ko‘ra tijorat banklarining o‘zaro birlashuviga
yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Xo‘jalik birlashmalarining asosiy shakllari keltirilgan javobni belgilang.
a) xolding, moliya-sanoat guruhlari,
kontsernlar, kontsortsiumlar, sindikat,
kartel;
b) mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar,
aksiyadorlik
jamiyatlari;
c) qo‘shma korxonalar, unitar korxonalar,
davlat korxonalari;
d) o‘rtoqlik korxonalari, qo‘shimcha ma’uliyatli jamiyatlar, xususiy
korxonalar.
9. Xolding tarkibidagi sho‘’ba korxonalar umumiy yig‘ilishida qaror qabul
qilinishidagi alohida jihatni belgilang.
a) xolding kompaniyasi aksiyalar nazorat paketi orqali hal qiluvchi ovozga
ega hisoblanadi;
b) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qarorlar davlat vakili tomonidan
mustaqil qabul qilinadi;
c) qaror qabul qilinishidan oldin xolding kompaniya xulosasi eshitiladi;
d) xolding tarkibidagi sho‘’ba korxonalar umumiy yig‘ilishida qaror qabul
qilinishidagi alohida jihat mavjud emas.
10. Real sektor va moliyaviy sektor kompaniyalari bir-birining aksiyalariga
o‘zaro egalik qilishi hamda birgalikdagi boshqaruv amalga oshirilishi
belgilanadigan korporativ birlashma turi keltirilgan javobni belgilang.
a) moliya-sanoat guruhi;
b) sindikat;
c) kartel;
d) transmilliy kompaniya.
11. Mustaqil korporativ tuzilmalarning vaqtinchalik birlashmasi bo‘lib,
sanoat, moliya-kredit, transport, savdo (markenting), loyihalash va boshqa
tashkilotlarning yirik loyihalarni amalga oshirish maqsadidagi birlashuvini nazarda
tutuvchi korporativ birlashma turi qaysi javobda berilgan?
a) kontsortsium;
b) sindikat;
c) moliya-sanoat guruhi;
d) kartel.
12. Ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) hajmi, tovarlar (xizmatlar) narxi,
savdo shartlari, bozorlarni cheklash masalalari bo‘yicha kelishib olish maqsadida
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan mustaqil xo‘jalik
sub’ektlarining birlashmasi qanday nomlanadi?
a) kartel;
b) moliya-sanoat guruhi;
c) sindikat;
d) kontsortsium.
Do'stlaringiz bilan baham: