Сузиш спорти турларига умумии характеристика



Download 10,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/19
Sana13.01.2022
Hajmi10,02 Mb.
#358680
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
SUZISH NAZARIYASI VA USLUBIYATI MUT AXASSISLIGI

Supachadan  sakrab  start
  olishlga  suzishni  uzlashtirib  olganlaridan  keyin 
urgatiladi.  Supachadan  start  olishni  o'rgatish uning  tehnikasini tushuntirish 
va  ko'rsatishdan  boshlanadi.  Buning  uchun  quruqlikda  kuyidagi 
mashqlarni  bajarish 
lozim:  a)  dastlabki  holat,  b)  qo'l  siltanish  bilan 
depsinish va boshqalar.
Suvda  o'tkaziladigan  darslarda  start  tehnikasi  kuyida  keltirilgan 
mashqlar yordamida keltirilgan mashlqlar yordamida o'rgatiladi.
1.  a)  qirgoq chetini oyoq panjalari bilan kimrib  tik turiladi.  Kaftlar oldinga 
qaratib,  qo'llar  yuqoriga  ko'tariladi,  dahan  ko'krakka  yaqinlashltiriladi. 
Qo'l  va  bosh  holatini  o'zgartirmay,  cho'kkalab  o'tiriladi,  ko'krak  songa 
tekkuncha  oldinga  engashiladi.Shundan  so'ng  oyoqlar  rostlanadi, 
qirgoqdan  depsinib,  qo'llar  oldinga  cho'zilgan  holda  gavda  suvga 
tashlanadi. Suvga kirishlda chiqqunga qadar gavda sirganadi,
b) 
qirgoq chetini oyoq panjalari bilan kirtib tik turiladi. Kaftlarni oldinga 
qaratib,  qo'llar  yuqoriga  ko'tariladi.  Ko'l  va  bosh  holatini  o'zgartirmay
30


chanoq-boldir  bog'imida  to'g'ri  burchak  hosil  bo'lgunga  qadar  oldinga 
engashiladi.  Shundan  so'ng  oyoqlarni  bukmagan  holda  qirgoqdan 
depsinib,  kullar  oldinga  uzatilgancha  Suvga  tashlaniladi.  Suvga  kirishda 
gavda  rostlanib  cho'ziladi  va  shu  holatda  suv  yuziga  qalqib  chiqquncha 
sirganadi.
c) «b» mashq start olish  supachasida bajariladi.
2.  a)  qirgoq  chetini  oyoq  panjalari  bilan  tik  turiladi  oyoqlar  chanoq-son 
bog'imidan  tulik  bukilib,  qo'llar  panjaga  tekkuncha  cho'ziladi.  Dahan 
ko'krakka  yaqinlashladi.  Shu  holatni  o'zgartirmay,  oldinga  kullar 
yozilgancha  oldinga-yuqoriga  siltanish  bilan  bir  vaqtda  qirgoqdan  panja 
bilan  engil  depsinib,  gavda  rostlanib  cho'ziladi  va  qo'llar  bilan  suvga 
kiriladi.
b)  «a» mashq start olish  supachasida bajariladi.
3.Dastlabki  holat  -  hovuz  chetida  start  olishl  uchun  tik  turiladi.  Holatni 
o'zgartirmay,  muvozanatni  yukotguncha  qadar  gavda  oldinga  qiya.  Bir 
paytning  o'zida  oyoq  chanoq  -  son  bog'imidan  keskin  rostlanib,  qo'llar 
pastga-oldinga-yuqoriga  yo'nalishda  Siltanadi,  oyoqlar  bilan  hovuz 
chetidan kuchli depsinib,  to'g'rilangan gavda kullar bilan oldinga,  Suvga 
yunaladi.  Oyoqlar  depsinish 
va  qo'llar  siltanishli  paytida  dahan 
ko'krakka yaqinlashladi. Suv yuziga qalqib chiggunga qadar sirganiladi.
1.  Start  komandasiz  va  komanda  bilan  «harakatsiz»  holatda  bajariladi. 
(muvozanatni oldindan yokotmagan holda).
31


32



34
Suv ichida start olishl tehnikasini o'rganish  mashqlari.
1.  Hovuz  devoriga  qarab  turib,  qo'llar  bilan  mahsus  tutkichdan 
ushlanadi.  Oyoqlar  suv  ostida  bukilgan  holda  devorga  tayaniladi. 
Boshni  orqaga  tashlab,  suvga  bel  bilan  yotiladi,  tushirilgan  va 
bukilgan  qo'lni  ko'krak  ustidan  oldinga  o'tkazib  bosh  uzra  to'liq 
uzatiladi  va  oyoqlar  bilan  hovuz  devoridan  depsiniladi.  Gavda 
rostlangan  holda,  chalqancha,  to'la  to'htagunga  qadar  suvda 
sirganiladi.
2.  a)  dastlabki holat -  qo'llar bilan hovuz chetidagi mahSuS tutkichdan 
ushllanadi,  Suvdan  start  olishl  uchun  tik  turiladi.  Qo'llarni  tez 
harakatlantirib  yuqoriga-oldinga  yoki  yonga-oldinga  yo'nalishlda 
ko'tarib,  bosh  uzra  birlashtirib  va  gavdani  rostlanib,  oyoqlar  bilan 
hovuz devoridan depsiniladi. To'la to'htaguncha sirganiladi.
b) «a» mashq chalqancha suzish uchun start olish  joyida bajariladi.
3.  Chalqancha suzish uchun suvda start olish  komandasiz va komanda 
bilan bajariladi.



36
4.KO'KRAKDA KROL USULIDA SUZISH TEXNIKASI.
4.1. Ko'krakda krol  usulida suzishrasional texnikasining 
biomexanika va pedagogik modeli.
Ko'krakda krol usuli  suzishning zamonaviy  usuliga aylandi. Bu  eng 
tezkor  usul bo'lib  odatda,  suzuvchining  gavdasi  gorizontal  holatga  eng 
yaqin  keltiriladi,  qo'llar  navbati  bilan  bosh  tepasidan  suvdan  chiqarib 
oldinga  tashlanadi va eshiladi,  yuz peshonaga  qadar  suvga botib  turadi, 
nafasni 
yonga  qaragan  paytda  olinadi  va  suvga 
chiqariladi.  Bunda 
sportchini olg'a  siljitib boruvchi  kuchi asosan qo'lida bo'ladi.
Suzish  bu  usuli  eng  tez  suzish  usullaridan  bo'lib,  musobaqalarda  50m, 
100m,  200m,  400m,  800m,  1500m;  estafetali  suzishlarda  4x100m,  4x200m, 
kompleksli  suzishlarda  200  va  400m  ga  suziladi.  Suzishni  o'rganish 
prosesida,  e'tibor  berib  borilsa,  ular  hali  suzish  texnikasi  bilan  tanish 
bo'lmasalar  ham,  suvga  tushib  suzishga harakat qilgan paytlarida  qo'l va 
oyoqlarini 
krol 
usulida 
suzishga 
o'xshatib 
qimirlatadilar. 
Bu  usulini  o'rganish  osonroq  bo'lib  asosida  chalqancha  suzish  va  delfin 
usulida suzish texnikasi yo'tadi.
Bu  usulining har bir  harakati bilan  tanishib  chiqish kelajakda  yanada 
yaxshiroq suzish malakasini egalashda asos bo'lib xizmat qiladi.
Gavda va boshning holati.  Suzish paytida tana suvning yuza qismida 
gorizontal  holatga  yaqin  turadi,  tos  va  son  qismi  undan  sal  yuqoriroqda, 
yelka  kamari undan ham  sal  yuqoriroqda,  yuz  qismi  suvga botib,  suv  esa 
peshona  sathida  turadi.  Suzayo'tgan  kishi  shu  holatda  suzar  ekan,  suv


ostiga  oldinga  va  bir  oz  pastga  qaragan  holda  suzadi.  Suzish  jarayonida 
yo'n  tomonga  qaragan  holda  suzadi.  Suzish  jarayonida  yo'n  tomonlarga 
og'ib  ketmaslikgi,  tos  qismi  tebranmasligi,  faqat  suv  gavdani  tekis  tutib 
suzishga harakat qilish kerak bo'ladi.
Q o'llar  harakatini  batafsilroq  tasvirlaydigan bo'lsak,  bu  quyidagicha 
bo'ladi:  o'ng  qo'l,  o'ng  yelka  ro'parasidan  suvga botiriladi  va  shu  paytda 
qo'l tirsakdan xiyol bukiladi; oldin barmoqlarni yozib  (kerib emas) panjani 
keyin  bilak  va  nihoyat  yelka  suvga  botiriladi.  Suv  tagida  qo'l  oldinga 
uzatilgan  bo'lishi  va  pastga  qarab  eshilishi,  yarmisiga  kelganda  esa  qo'l 
harakatini  tezlatish  kerak.  Qo'l 
bilan  suvni  oldinga  tortayotganda 
harakatning yarmisiga  kelganda  qo'l  tirsakdan bukiladi va biqin  yonidan 
to  songacha  suvni zo'r berib  tortishda  davom etiladi.  Eshish harakatlarini 
bajarayotganda  barmoqlar  birlashtirilib  suvni  iloji  boricha  ko'proq  olish 
uchun yuza hovuch hosil  qilinadi.  Shunday  qilinganda  suv  qo'llar uchun 
tayanch vositasini o'taydi va odam gavdasi tezroq  ilgariga suriladi.
Shuni  unutmaslik  kerakki,  suvdan  birinchi  bo'lib  tirsak  oxirida 
panja chiqadi.  Panja tos yonidan yoki sal pastroqdan -  son yonidan chiqib 
kelishi  kerak.  Keyin  tirsakdan  qo'lni  erkingina  bukib,  oldinga  quloch 
tashlanadi.  Xuddi  shu paytda  qo'lni erkin tutish kerakki,  mushaklar picha 
dam  olishga  ulgursin.  Qo'l  suvga  kirgach,  xuddi  suvni  hovuch  bilan 
tutganday, panjani pastga qaratib suvni tortish -  eshish lozim.
Eshayotgan  qo'l  vertikal  holatga  keltirilganda 
ikkinchi  qo'lni 
suvga  botirib  ulgurish  uchun  tezroq  quloch  otish  kerak.  Shunda  ikkala 
qo'l  navbati  bilan  suvni  eshib  boradi  va  oldinga  qarab  ildam  harakat 
qiladi.
37


Suzuvchining  yuzi  bu  usulda  hamisha  suv  ichida  bo'ladi.  Nafas 
faqat boshni  yonga burgan  vaqtida  olinadi  va  nafasni  og'iz burun  orqali 
suvga,  oxirini  esa  yonga  -   havogacha  -   chiqariladi.  Shuni  unutmangki, 
nafas  olishni  bosh  qayoqqa  burilgan  bo'lsa,  shu  tomondagi  qo'l  tirsagi 
vertikal  holatga  kelgan  vaqtga  to'g'rilash  kerak.  Shunda  qo'l  vertikal 
holatdan o'tishi bilan suzuvchi boshini burib  yana nafas olishga ulguradi. 
Mana shu  bir sikl deyiladi.
Har bir siklda  bir marta  chiqarish nafas olib, bir marta chiqirilasdi. Nafas 
chiqarish,  nafas  olishga  qaraganda  cho'zilishi,  nafas  chiqarish bilan  nafas 
olish o'rtasida to'xtalish bo'lmasligi kerak.
Q o'llam i harakatlantiruvchi kuch
Bu  kuch  eshish  (tеgirmоn)ning  uchtа  hаrаkаti  bilаn  hosil  qilinib, 
ulardan  keyin  suvga  kirish  va  tayanch  olish  boshlanadi  -   past  va 
tashqariga eshish;
- ichkariga eshish;
- tashqariga, yuqoriga va orqaga eshish.
38


39
Oyoq 
harakati. 
Sportchi 
suzib 
ketayotganida 
uning 
oyoq 
harakatlarining  roli  ham   ko'p  narsaga  bog'liq.  Odatda,  sportchining 
oyoqlari muttasil  qaychisimon  harakatlarni bajarib  borishi  kerak.  Chunki 
oyoqlar  harakati 
gavdani  gorizontal  holaatdaa  barqaror 
ushlashga, 
tezlikni  quvvatlab borishga  xizmat qiladi.  Shu jihatdan ular harakatlariga


nom berilgan.  Masalan,  oyoqlarning  pastga  harakat qilishi  ishchi  harakati 
(yoki eshish harakati) yuqoriga harakati esa tayyorlanish harakati deyiladi. 
Ularning vazifalari  ham  har xil.
Ishchi  harakat  paytida  oyoq  -   tizza  va boldir  -   panja  bo'g'im laridan 
yozilib,  son  bo'g'im idan 
bukilib  boradi.  Shu  asnoda  oyoq  pastga 
harakatlanib  boradi  va  to  oyoq  tizzadan  to'la  to'g'ri  holatga  kelgunicha 
pastga  tushadi,  son esa boldir va panjadan oldinroq yuqoriga harakatlana 
boshlaydi.  Oyoq  tizza  bo'g'im idan  batamom  yozilib  bo'lgach,  ishchi 
harakat tugaydi.
Tayorlanish  harakati.  Oyoq  suv  ostida  tizza  bo'g'im idan batamom 
tug'rilanib  olgach,  u   gavdaga  nisbatan  egik,  chanoq  son  byg'imidan 
bukilgan holatni  oladi.  Yuqoriga harakat  oyoqni  chanoq -  son byg'imidan 
yozish bilan bog'lanadi.  Oyoq to  gorizontal holatga kelgunicha  qadar ham 
to'g'ri turadi,  sal yuqoriga kutariladi, u  tizza byg'imidan bukila boshlaydi, 
boldir bilan panja esa  yuqoriga harakatini davom ettiraveradi.  Shu paytda 
oyoq chanoq -  son byg'imidan bukia turib pastga harakat qiladi.  Son bilan 
tana  burchagi  tahminan  170,  tizza  byg'imidagi  burchak  135  ga  yetganida 
oyoqning  pastdan  yuqoriga  bo'lgan  harakanb  tugaydi  va  navbatdagi 
ishchi harakat boshlanadi.
Endi  ikkala  oyoqning  bir  -   biriga  monand  harakatiga  kelsak,  bu 
suzuvchi  sportchi  uchun  juda  muhim.  Demak,  yuqorida  aytib 
o'tkanimizdek,  tayyorlanish  harakatini  o'z  chegarasiga  yetish  bilan  u 
pastga  harakat  qilib,  ishchi  harakatini  boshlaydi,  huddi  shu  paytda  esa 
o'zining ishchi harakatini tugayotgan ikkinchi oyoq yuqoriga harakat qilib, 
tayo'rlanish harakatiga o'tadi.
40


Krol  usulida  qo'lni  suvdan  chiqarmay  ko'krakda  suzish  -   sekin 
suzish  usulidir.  Yuqorida  aytilgandek,  qo'lni  suvdan  chiqarmay  suzish 
juda oson usul bo'lib, uni tez o'rganish mumkin; shu sababli suzishni endi 
o'rganayotgan shu usulni qo'llagan ma'qul.
Suzishni  mutlaqo  bilmagan  kishilar  ham   3-4  mashg'ulotdan  keyin 
cho'kmay suv ustida tura oladilar va o'zini suza biladigandek his qiladilar. 
Buning  katta  psixologik  ahamiyati  bor.  Krol  usulida  qo'lni  chiqarmay 
ko'krakda  suzishni  bilib  olganda  keyin,  suzishning  mukammalroq 
usullarini o'rganishga dadilroq o'ta olasiz.
"Krol"  usulida  suzganda  gavda  gorizontal  holatda  bo'ladi.  Bunda 
boshni  shunday  ko'rsatish  kerakki,  og'iz  suvdan  chiqqan  bo'lsin  va  iyak 
suvda tursin. Oyoqlar krol usulidagidek harakatlantiriladi.
Qo'llar  suvdan  chiqarilmaydi,  balki  eshib  bo'lgandan  keyin  tirsak 
biqinga  yetkazilmay bukiladi  va  barmoqlar  oldinga  qaratiladi,  qo'llar  suv 
tagida  galma  -   gal  oldinga  uzatiladi,  so'ngra  xuddi  krol  usulidagi  singari 
eshiladi.
Bir  qo'l  bilan  eshganda  ikkinchi  qo'lingizni  suv  tagida  oldinga 
uzating.  Qo'lingiz 
bilan  bir  marta  eshganda  oyog'ingizni  uch  marta 
siltang.
Qo'l  bilan  ikki  marta  eshganda  bir  marta  nafas  olinadi  va  bundan 
keyingi ikki marta eshganda nafas chiqariladi.
Qo'lni  suvdan  chiqarmay  krol  usulida  kiyim  kiyib  ham   suzish 
mumkin.
"Krol"  usulida  suzganda  qo'l  va  oyoqlarni  qanday  xarakatlantirish 
kerakligini  yaxshilab bilib  olish uchun,  bu mashqlarni  qirg'oqda  takrorlab 
ko'ring.  Buning  uchun  do'ng  joyda  ikki  oyoqni  uzatib  o'tirib,  ikki  qo'lni
41


orqaga uzatib yerga tayanib turish kerak. Ikki oyoqni oldinga pastga uzatib 
xuddi  suvdagi  singari  xarakatlantirib,  ya'ni  o'ng  oyoqni  ko'tarib  chap 
oyoqni pastga  tushirib, bunda ikki  to von orasi 45  santimetr bo'lishi kerak. 
Keyin chap oyoqni ko'tarib, o'ng oyoqni pastga tushiriladi.
Avval  bu  xarakatlarni  sekinroq  bajarib,  so'ngra  tobora  tezlashtirish 
lozim.  Oyoqlarni  zo'r  berib  ishlatmay  muskullarni  bo'sh  tutib,  ammo 
tizzani  bukish  kerak  emas.  Yuqorida  aytilgan  mashqni  bir  necha  marta 
takrorlash kerak.
"Krai" usulida suzishni o'rganganda suzish tezligini kamaytiradigan 
ko'pgina  xatolarga  yo'l  qo'ymaslik  zarur.  Bunday  xatolarni  yo'qotish 
uchun oyoqlarni erkin va bir maromda shunday tez -  tez ishlatish kerakki, 
orqada bir tekis ko'piklangan iz qolsin.
Qo'l  muskullarini  zo'r  berib  ishlatavermasdan,  qo'llarni  chapillatib 
suvga urmay, yelka qarshisida oldinga cho'zib suvga botirish kerak.
Ko'krakda  krol  usulida  suzishda  bu  usulning  tarixiga  asos  slogan 
mamlakatimizning  ko'pgina  suzuvchi  -   sportchilari  qimmatli  hissa 
qo 'shishgan.
42



44
5.CHALQANCHA KROL USULIDA SUZISH TEXNIKASI.
5.1.Chalqancha krol  usulida suzish rasional texnikasining 
biomexanika va pedagogik modeli.
Chalgancha  usulda  suzish  texnikasi  ham   ko'krakda  krol  usulida 
suzish  texnikasi  ham   ko'krakda  krol  usulida  suzish  texnikasiga  o'xshab 
ketadi,  ya'ni bunda  ham   qo'l  va  oyoqlar  harakati  galma-gal bajariladi.  Bu 
suzuvchining  boshga  suzish  usullaridan  farqi  shundaki,  bu  usulda 
suzuvchi  odam  suvda  chalqancha  yotgan  va  nafasni  suvga  emas,  balki 
tashqariga -  havoga  chiqaradi.
Gavda  holati.  Krol  usulida  chalqancha  suzishda  gavda  suv  sathiga 
nisbatan  gorizontal  holatga  yaqin  bo'lib,  yelka  bir  o'z  kutarilgan  bo'ladi. 
Gavdaning  muvozanat  holatini  yaxshilash  va  uning  oz  yo'ki  atrofida 
aelanishini  va  oyo'qning  pastga  bosuvini,  shuningdek  yelka  muskullari 
kuchlanishini  kamaytirish  uchun  bosh  ozgina  oldinga  egilib,  ensa  suyagi 
bilan  botgan,  yuz  tepaga  qaragan  bo'ladi.  O'ng  qo'l  oldinga  cho'zilgan 
xolatda bo'ladi. Shu paytda  o'ng oyo'q yuqorida va chap  oyo'q joylashgan 
bo'ladi. 
Gavdaning 
bunday 
holat, 
deb 
atash 
mumkin.


Qol  harakati.  Krol  usulida  chalqancha  suzishda  qo'l  harakati 
suvdagi  eshish  va  suvdan  tashqaridagi  tayorgarlik  harakati  bilan  galma- 
gal almashadi.  Ikkita q o l ham bir xil harakat bajargani uchun bu harakatni 
bir qo'l misolida ko'rish mumkin.
Eshish.  Qo'lning  eshish  harakati  qo'l  suvga  yelka  kengligida  yoki 
birmuncha  keng,  gavdaning  ko'ndalang  o'qiga  nisbatan  taxminan  10-15 
daraja ostida bajariladi. Qo'l suvga tushganda tirsak bo'g'imida rostlangan, 
lekin  tirsak -  kaft bo'g'imida birmuncha bukilgan  va  kaft bilan  tashqariga 
yonga qaragan bo'ladi.  Eshishni bukilgan va  to'g'ri  qo'l bilan ham bajarish 
mumkin.
Bukilgan  qo'l  bilan  eshish.  Eshish  to'g'ri  qo'l  bilan  boshlanib, 
birinchi  yarmida  tirsak bo'g'imidan  120-130  daraja bukiladi  va  eshishning 
oxiriga  borib  yana  to'g'rilanadi.  Qo'lni  bukkanda  tirsak  bo'g'imi  suv 
yuzasiga  yaqin  turgan panjalardan pastga  turishi  tavsiya  etiladi.  Bu holda 
barmoqlar  tirsak -  kaft bo'g'imida bukiladi,  eshish  o'rtalarida  sekin -   asta 
to'g'rilanadi va eshishning ikkinchi yarmida orqaga bukiladi. Kaftlar butun 
eshish  davomida  harakat  yo'nalishiga  perpendikulyar  harakatda  bo'lishi 
kerak.  Bu  holat  eshish  unumdorligini  oshiradi  va  tortish  kuchining 
davomli  bo'lishini  ta'minlaydi.  Eshish  yelka  va  barmoqlar  harakatining 
tezlashishi  bilan  boshlanib,  "siltanish"  bilan  yakunlanadi.  Eshish  oxirida 
qo'l kaft bilan songa qaragan holda bo'ladi.
Kuchli  suzuvchilar  chalqancha  krol  usuli  texnikasidan  eng  ilg'or  va 
progressiv  variant  sifatida  (bunda  eshish  harakati  qo'llar  bukilgan  songa 
qaragan holda bajarilgan) foydalanishadi.
45


Qo'l  eshish  (harakat)  tugagandan  so'ng  tirsakdan  bir  oz  bukilgan 
holda  suvdan  ko'tariladi.  Eshishdan  keyingi  inersiya  bilan  suvdan  oldin 
panja, so'ng bilak, yelka ko'tariladi.
"Krol"  usulida  chalqancha  suzishda  qo'l,  oyoq  harakati  va  nafas 
shunday  moslashgan  bo'lishi  kerakki,  u  suzuvchini  bir  tekisda  oldinga 
siljishini  ta'minlasin.  Bunga  ko'p  jihatdan  qo'lning  eshish  harakatlarini 
birin -  ketin almashtirish va oyoqlarning to'xtovsiz tez harakat qilishi bilan 
erishiladi.  "Krol"  usulida  chalqancha  suzganda  suzuvcilarning  ko'pi 
ko'krakda krol usuliga o'xshash "oltidepsinishli" usulni qo'llashadi.
"Krol"  usulida  chalqancha  suzganda  bir  tekis  siljish  uchun 
texnikaning  ayrim  elementlari  yaxshi  moslashuvi  kerak.  Qo'lning 
navbatdagi  eshishi  o'z  vaqtida  bajarilishini  va  oldingi  eshishdan  hosil 
bo'lgan suzuvchi tezligini davom ettirishini kuzatib turish kerk.
46


Gavda  suv  ustida  yahshi  cho'zilgan  bo'lib,  ko'krak,  qorin  va  kindik 
suvdan ko'rinib turishi kerak.
Qo'lni  orqada  elkadan  suv  ostiga  tushirayotganingizda  nafasni 
yanada tezroq chiqarish kerak.
To'htamasdan,  qo'llar songa yaqinlashganda qo'l cho'zilib,  tik holatda 
tirsak  bilan  suvdan  chiqariladi,  bunda  panja  bo'shashgan  holatda  qoladi. 
Nafas chiqargach, qo'l suvdan chiqayotganda tabiiy ravishda nafas olinadi. 
Uzatilgan  qo'l  bosh  bilan  birga  ravon  suvga  tushadi,  panja  qirrasi  bilan 
suvga kiradi.
So'ngra  keyingi  harakatdan  oldin  bir  oz  tanaffus  qilish  kerak.  Bu 
mashqni suzish tahtasisiz bajarishdan oldin qiyinchiliklarsiz hovuz bo'ylab 
va ko'ndalangiga bir necha urinish qilib,  200 
m
  dan suzishingiz, urinishlar 
orasida 10-15 soniya to'htam qilishingiz kerak.
Oyoq harakati. Oyoqning pastdan -  yuqoriga harakati uning ketma -  
ket  chanoq-son,  tizza  va  eshish  oxirida  boldir  -   panja  bo'g'imlarida 
to'g'rilanishi  hisobiga  bajariladi.  Bunda  son  pastga,  boldir  va  panja 
yuqoriga harakat qiladi.
Harakatlar bajarilganda oyoqning tizza bo'g'mida tez to'g'rilanishi va 
eshish  oxiridagi  panjaning  siltov  harakati  katta  ahamiyatga  ega  bo'lib, 
oldinga  tortuvchi  kuchning  oshishiga  yordam  beradi.  Eshish  harakatlari 
oyoq to'g'rilanib, suv yuziga chiqqanda tamom bo'ladi.
Suzish  tezligini  oshirish  va  oyoq  harakatlarining  tez-tez  bajarilishi 
hisobiga  amplituda  ancha  kamayadi.  Krol  usulida  chalqancha  suzganda 
ko'tarish kuchini tashkil qilayotib va eshish harakati paytida boldir -  panja 
pastdan  yuqoriga  harakat  qilishi  yoki  bo'lmasa  panjaning  yuza  tomoni 
bilan  suvni  yuqoriga  -   orqaga  itarish  zarur.  Chalqancha  krol  usulida
47


suzishdagi  oyoq  harakati  suzuvchi  gavdasining  gorizontal  holatda 
bo'lishiga, shuningdek umumiy suzish tezligini oshirishga xizmat qiladi.
Oyoq  harakati  bir  vaqtda,  lekin  turli  yo'nalishda  (boldir,  panja 
bo'g'imlari  o'rtasida)  siltanish,  zarb  berish  orqali  taxminan  45-60  sm 
oraliqda  bajariladi.  Bunda  bir  oyoq  yuqoriga  harakatlansa,  ikkinchisi 
pastga harakatlanadi.
Nafas. 
"Chalqancha"  yotib  suzishda  nafas  olish  ancha  yengil 
bajariladi.  Chunki  nafas  chiqarish  suv  ustida  va  boshni  burmasdan 
bajariladi.  Suv  ustidagi  q o l  harakatining  birinchi  yarmida  og'iz  orqali 
nafas olib, shu qolning eshishi vaqtida nafas chiqariladi.
Nafas chiqarishning davomiyligi nafas olishga birmuncha sekin bajariladi.
48


49
6. BRASS USULIDA SUZISH TEXNIKASI.
6.1.  Brass  usuli texnikasining  evolyutsiya.
Brass  mustaqil  sportcha  suzish  usuli  sifatida  III  Olimpiada  o'yinlarida 
(1904  yil,  Sent  -  Luis)  namoyon bo'ldi.  IV  Olimpiadada  200  metrga  va  XIX 
Olimpiada  o'yinlari  programmasiga  100  metr  masofaga  shu  usulda  suzish 
kiritildi.
Brass  usulida  suzish  texnikasi  rivojlanishining  tarixi  uch  bosqichdan 
iborat:  (1904  -   1935  yillar)  oyoq harakati  qo'l  harakatidan  samaraliroq  deb 
hisoblangan.  Oyoq harakatining  samarasini  oshirish  uchun  imkoni boricha 
ularni  keng  yozish  va  tizza  bo'g'imidan  bukish  tavsiya  qilingan.  Eshish 
qo'llarni  bukmasdan  keng  yozilgan  holda  yonga,  gorizontal  yuzada 
harakatlantirilib  bajarilgan.  Umuman  oyoq  va  qo'l 
harakatlari 
koordinasiyasining  alohida bajarilishi  (qo'llarning eshish harakatidan  so'ng 
oyoqlar  birlashtirilgan)  qisqa  vaqtli  pauza  (sirpanish)  va  eshish  paytida 
nafas  olish  bilan  harakterlangan.  30  -   yillar  boshlarida  brass  usulida 
suzuvchilar  klassik  uslubning  asosiy  elementlarini  namoyish  qilganlar. 
Bunda  gavdaning  gorizontal  holati,  qo'llarning  aktiv  ishlashi,  oyoqlarning 
orqa  yo'nalishida  aylana  bo'ylab  eshishi  va  qo'llar  eshish  harakatining 
boshlanishida  nafas  olinishi  bilan  xarakterlangan.  Musobaqa  qoidasi 
takomillashmaganligi  sababli  qo'llar  bilan  songacha  eshish,  qo'llarni 
havodan olib o'tish kabi elementlar texnikasi vujudga keldi.
Brass usulida suzish texnikasi takomillashuvining ikkinchi bosqichida 
(1935 -   1953  yillar)  yangi  suzish usuli -   "batterflyay"  kelib  chiqdi.  Natijada 
oldingi brass usuli istiqbolsiz bo'lib qoldi.


1953 yili musobaqa qoidalariga aniqlik kiritildi.  Xalqaro suzish federatsiyasi 
qarori  bilan  brass  va  batterflyay  mustaqil  sportcha  suzish  usuli  sifatida 
ajratildi.  1953  va  1954yillari  V.Minashkin  100m  masofaga  brass  usulida 
suzishda jahon rekordini 3 marta yangiladi  (1.11,9;  1.11,2;  1.10,5). U qo'l va 
oyoq  harakatlari  orasidagi  pauzani  yo'qotib,  2  siklda  1  marta  nafas  olish 
bilan harakatlarni tez sur'atda bajardi.
60 -yillar boshida brassning yangi varianti vujudga keldi.  G.Prokopenko, 
amerika  sportchisi  U.Malliken  va  Ch.Yastremski,  yapon  suzuvchisi 
K.Isakilar brassning  yangi,  tezkor  variantini boshlab  berdilar.  Bu  variantda 
gavda  yuqori  holatda  tutilib,  nafas  olish  eshishning  oxirida  qo'llar,  oyoq 
harakatlari  qisqa  amplitudada  va  yuqori  sur'atda  o'tkazilar  edi.  Qisqa 
amplitudadagi  eshish  harakati,  qo'l  va  oyoq  harakatlaridagi  pauzaning 
yo'qligi,  eshish  oxirida  tez  nafas  olinishi,  katta  kuch  va  yuqori  sur'at- 
zamonaviy brass texnikasiga xos xislatlar ana shular bilan xarakterlanadi.
"Brass"  -   eng  birinchi  sportcha  suzish  usulidir.  Lekin  tezligi  jihatidan 
boshqa  usullardan  orqada  turadi.  Brass  sportdagi  ahamiyatidan  tashqari, 
katta  amaliy  ahamiyatga  ham  ega. 
U  sho'ng'ishda,  cho'kayоtganlarni 
qutqarishda har xil predmetlarni olib o'tishda ish beradi.
"Brass"  usulida  suzganda  oldinga  siljish  ko'proq  oyoq  harakatidan 
tashkil  topgani  uchun  q o l  bilan  har  xil  predmet  va  yuklarni  olib  olish 
mumkin.  Boshning  suv  ustida  erkin  tutilishi  va  atrofni  yaxshi  mo'ljalga 
olinishi bilan brass amaliy suzishda katta ahamiyat kasb etadi.
Brass  q o l  va  oyoqlarning  simmetrik  harakati  bilan  harakterlanadi. 
Qolning  tayyorgarlik  harakatlari  suv  ichida  bajarilgani  uchun  umumiy
50


tezlik  ancha  pasayadi.  Qo'lning  eshish  harakati  yon  tomondan  birmuncha 
pastroqda, taxminan yelka chizig'iga bo'lgan masofada bajariladi.
Keyin  qo'llar  tirsak  bo'g'imida  bukilib  dastlabki  holatda  qaytiladi: 
oyoq  chanoq -  son va  tizza bo'g'imlarida bukilib,  yon  tomonga  yoziladi  va 
eshish oldidan zarur  holatini  egallaydi.  Shundan keyin eshish bajariladi  va 
oyoqlar birlashadi.  Qo'lning eshish harakati paytida nafas olinadi,  suzuvchi 
nafas  olish  uchun  boshini  oldinga  yuqoriga  og'iz  suv  ustida  bo'lgunicha 
ko'taradi. Nafas chiqarish suv ichida sodir bo'ladi.
Brass  usulida  suzganda  oyoq  harakatlarini  o'rganib  olgandan  so'ng 
avval quruqlikda keyin engashib  turgan holda,  suv ichida qo'l harakatlarini 
o'rganib, so'ngra qo'l harakatlarini nafas olish bilan moslab bajarish kerak.
6.2. Brass usulida suzish rasional texnikasining biomexanika
va pedagogik modeli.
Gavda  holati.  "Brass"  usulida ko'krakda  suzganda  gavda  suv yuziga 
nisbatan 
gorizontal 
holatga  yaqin,  yuqori 
qismi  ozgina  ko'tarilgan 
bo'ladi.  Oyoqlarning  uchi  cho'zilgan  va  jipslashgan,  qo'llar  cho'zilgan, 
barmoqlar  birlashgan  va  yuzi  bilan  pastga  qaragan bo'ladi.  Suzuvchining 
bunday  holati 
kirishuv  harakatida 
eng  qulay  oquvchanlik  shakli 
hisoblanadi. Buni dastlabki  holat, deb  qabul qilinadi.
Qo'l  harakati.  Brassda qo'l harakati  bir vaqtda va simmetrik bo'ladi. 
Tayyorgarlik  va  eshish  harakatlari 
jarayonida  ham  shunday  bo'lishi 
mumkin.  Qo'l 
harakati  texnikasining  ketma-ketlikda  kelishini  fazalar 
bo'yicha  ko'rib  chiqish  maqsadga  muvofiq:  a)  qo'lning  yon  tomonga 
harakati  (eshish) 
yoki  tortish,  b)  qo'lning  gavda  tomonga  harakati 
(bukilish), v) dastlabki  holat oldinga (rostlanish).
51


Dastlabki  holatdagi  to'g'ri  qo'l  panjalari  tirsak  -   panja  bo'g'imida 
ozgina  bukilgan  holatda,  suv  yuzasiga  nisbatan  15-20  daraja  ostida 
pastga -  yonga yo'nalishda yoziladi.  Eshish  paytida barmoqlarni  shunday 
tutish  kerakki,  panja ko'proq suvni  tutib  itarsin.  Eshish tirsak bo'g'imida 
ozroq bukilgan holda boshlanib, yelka chizig'iga  yetmagan  masofada  yoki 
bo'lmasa  belning ko'ndalang  o'qi atrofida tugaydi (tez  suzilganda harakat 
amplitudasi  birmuncha 
kam  bo'lishi  mumkin).  Tortish 
kuchini 
ko'paytirish uchun  eshish tezkorlik  bilan  bajariladi.
52


Oyoq 
harakati. 
Brassda  oyoqlar  bir  vaqtda 
va  simmetrik 
harakatlanadi.  Oyoq  harakatini  tayyorgarlik  va  eshish  harakatlariga 
ajratish mumkin.Tayyorgarlik harakatining  dastlabki holatda  oyoqlar hech 
qanday  kuchlanishsiz  chanoq-  son  va  tizza  bo'g'imlarida  bir  vaqtda 
bukiladi  va  yon  tomonga  yoziladi,  panja  esa  mumkin  qadar  suv  betiga 
yaqinlashadi.  Panjalar  sekin-  asta  yon  tomonlarga  yoziladi  va  gavda 
harakati  yo'nalishida 
harakatlanadi.  Tayyorgarlik  harakatining  oxirida 
boldir  va  panja  tashqariga  buriladi,  shu  bilan  bir  vaqtda  qo'shimcha 
ravishda  panja  ichki  tomonga  sal  bukiladi.  Eshish  oldindan  sonning 
oldingi  yuzasi  gavdaga  nisbatan  125-135  daraja  burchak  ostida,  boldir 
esa  sonning  orqa  qismiga  nisbatan  45-50  daraja  burchak  tashkil  qilgan 
bo'ladi  va  vertikalga  yaqin  holatni  egallaydi.  Bunda  boldir  taxminan 
yelka  kengligida  joylashadi.  Oyoqning  tayyorgarlik  harakati  umumiy 
qarshilikni 
ko'paytiradi 
va 
tormozlaydi.  Keyin 
bevosita 
eshish 
boshlanadi.
Oyoq  bilan  eshish  harakati  tez  va  oyoqning  chanoq-son,  tizza 
bo'gimlarida  yuqoridan pastga -  orqaga,  shuningdek,  yon  tomonga  katta 
yoy  bo'ylab 
sekin-asta  va 
navbatma-navbat 
rostlanishi 
hisobiga 
bajariladi.  Keyinchalik  oyoqlar  tizza  qismidan  rostlanganda  ular  o'rta 
chiziqda  birlashadi.  Harakatning  oxirida 
oyoq  chanoq-son  va  tizza 
bo'g'imlari  bilan  ichkariga  o'tiriladi  va  panja  rostlanadi  (oyoq  uchi 
cho'ziladi).  Eshish  oxirida  panjalarning  rostlanishi,  tez  harakatlanishi 
hisobga  umumiy tortish  kuchi ko'payadi  va unumdorlik  oshadi.
53


Nafas.  Brass  usulida  ko'krakda  suzganda  nafas  olish  krol  usulida 
ko'krakda  suzgandagiga  qaraganda birmuncha oson bajariladi,  chunki bu 
usulda  boshni  yon  tomonlarga  burmasdan  nafas  olinadi.  Nafas  olish 
uchun  bosh  oldinga  -   yuqoriga  ko'tariladi  va  og'iz  suvdan  chiqqanda 
nafas  olinadi.  Keyin  bosh  yuz  bilan  suvga  tushadi  va  nafas  chiqarish


boshlanadi.  Nafas  chiqarish  paytida  bosh  yuz  bilan  suvga  peshonaning 
yuqori  qismiga botiriladi.
Nafas  chiqarish  suv  ichida  og'iz  orqali  bajariladi.  Qo'lning  eshish 
harakati  paytida  nafas  olinib,  qo'lning  tayyorgarlik,  oldinga  harakati 
davomida  navbatdagi 
eshish 
boshlaguncha 
nafas  chiqariladi.  Nafas 
olishning  umumiy  suzish  texnikasiga,  ya'ni  harakat  koordinatsiyasiga 
ta'siri  bor.  U  gavdani qo'shimcha  tebranishga  olib keladi  va o'z  navbatida 
suzish  tezligini  pasaytiradi.  Shuning  uchun  nafas  olishni  to'g'ri  yo'lga 
qo'yish  umumiy  harakatlar  mosligi  uchun  juda  zarur.  Nafas  olish  nafas 
chiqarishga  qaraganda birmuncha  tez bajariladi,  uning  davom  etishi  suzish 
sur'atiga  bog'liq.
Harakatlar 
bilan  nafasning 
moslashuvi.  "Brass" 
u su lid a 
k o 'k rak d a 
su zgan da  q o 'l 
va  oyoq  h arakatlari 
ham d a  nafas 
m oslashu v ini 
aniqroq 
tasavv ur 
qilish 
u ch u n   harakatlarni 
fazalarga  b o 'lib   o 'rg an ish   m aq sad ga  m uvofiq.
Birinchi  faza._ Dastlabki holatdan  qo'l  eshish  harakatini  boshlaydi, 
shu bilan  bir  paytda  bosh suvdan  ko'tariladi va  nafas olishga  kirishiladi. 
Eshish oxirida  oyoqlar bukilib,  tayyorgarlik harakati  bajariladi.
Ikkinchi  faza._  Qo'llar  gavda  yo'nalishida  tayyorgarlik  harakatini 
bajaradi,  bunda  bosh  suvga  botadi.  Qo'llar  bilan bir  paytda  oyoq  ozroq 
kechikib  tayyorgarlik  harakatini  tugallaydi.
Uchinchi  faza. 
Faza  boshida  qo'l  dastlabki  holatga  qaytadi  va 
rostlanadi,  oyoq eshishni  bajaradi. Butun  faza davomida nafas chiqariladi. 
Eshish  tugagandan  so'ng  suzuvchi  choz'ilgan  holda  boshini  yuzi  bilan 
suvga qilib  inersiya  yordamida  sirpanadi.  Tez  suzilganda  sur'at  oshishi
55


hisobiga  sirpanish 
kamayadi.  Keyingi  yillarda  jahonning 
bir  qator 
suzuvchilari  brassda yangi  variant -  harakatlar  va nafas  mosligini  qo'llay 
boshladilar.
56


7.DELFIN USULIDA SUZISH TEXNIKASI.
7.1.Delfin usuli texnikasining  evolyutsiya.
Delfin  usulida  suzish  1993  yildan  ma'lum  bo'lsa  ham,  faqat  1953 
yildan  boshlab  mustaqil  suzish  usuli  sifatida  qo'llana  boshladi.  U  yosh 
sportcha suzish  usuli bo'lishiga  qaramay,  hozir hamma  katta  musobaqalar 
va  olimpiada  o'yinlari,  milliy birinchiliklar  programmasidan  mustahkam 
o'rin  olgan.
Shuni  qayd  qilish  kerakki,  delfin  sportchilar  o'rtasida  unchalik  keng 
tarqalmagan  va  odatda  musobaqalarda  shu  usulda  suzuvchilar  soni ham 
nisbatan 
kam  bo'ladi.  Tajriba 
shuni  ko'rsatadiki,  delfin  usuli  boshqa 
usullarga qaraganda  sportchilardan  ko'proq jismoniy  kuch  talab qiladi. Bu 
asosan  ikkala  qo'l  bir  vaqtda  suvdan  ko'ratilganda  yelka  bo'g'imida 
qo'llarning  orqaga  yozilishi chegaralanganligidir.
Shuning  uchun  delfin  usulini  krol  usulida  ko'krakda  suzuvchilar  va 
yelka 
bo'g'imlarining  harakatchanligi  yaxshi  bo'lgan  sportchilar  tez 
o'zlashtiradi. 
Delfin  oz'ining  koordinatsiyasi  jihatidan  boshqa 
suzish 
usullariga qaraganda  murakkabroq.
Shuning  uchun  100m  dan  oshiqroq  masofaga  suzganlar  oz'larini  juda 
charchagan  his  qiladilar.  Delfin  usuli  krol  usulida  ko'krakda  suzishda 
suzish  texnikasini  o'rganib bo'lgandan keyin o'rganiladi,  chunki  delfin usuli 
texnikasini ayrim elementlari krol usulini eslatadi.
Amaliy  suzishda  delfin  usulining  koordinatsion  tufayli  qo'llanilishi 
chegaralangan,  lekin  oyoq  harakati  sho'ng'  ishda  va  shatakka  olishda  keng 
qo'llaniladi.
57


Suv  ostida suzuvchilar turli  predmetlarni olib chiqish,  suv osti  kino sxemasi 
va  har  xil  suv  osti  ishlarini  bajarishda  delfin  usulidagi  oyoq  harakatidan 
foydalanishadi. 
Bu  usulni  suv  osti  musobaqalarida  ham  suzuvchilar 
qo'llashadi.
7.2.Delfin usulida suzish rasional texnikasining 
biomexanika va pedagogik modeli.
Gavda  holati._  Batterflyay  usuli  bilan  suzgan  suzuvchi  ko'kragi  bilan 
turib,  gavdasi  cho'zilgan,  oyoqlar  birlashtirilgan,  qo'llar  yelka  kengligida 
oldinga uzatilgan va panjasi  bilan pastga qaragan holda bo'ladi. Bunday holat 
sirpanish  paytiga  xos  bo'lib,  shartli ravishda dastlabki  holat deb ataladi.
Qo'l 
harakati.  Batterflyay  usulida 
qo'l  harakati 
suvda  eshish 
harakatlari  va  suvdan  tashqarida  tayyorgarlik  harakatlarini  galma-gal 
almashinishi  bilan xarakterlanadi.
Eshish  oldindan  pastga,  gavda tagidan orqaga -  yuqoriga yo'nalishida 
ikkala  qo'l bilan  baravar  bajariladi.  Eshish  avval  nisbatan  to'g'ri  chiziqda 
bajarilib,  keyinchalik eshishning unumdorligini  oshirish  maqsadida  qo'llar 
tirsak  bo'g'imida  120-135  daraja  ostida bukiladi.
Shunday  qilib  eshishning  asosiy  qismi bukilgan  qo'l  bilan  bajariladi. 
Vertikal  holatdan  o'tgandan  keyin  qo'l  sekin-asta  tirsak  bo'g'imidan 
yoziladi  va  eshish oxirida  deyarli  rostlanadi.  Eshish oxirida  qo'l  suvdan 
ko'tarilishi  oson bo'lishi  uchun yon  tomonga  bir oz  yoziladi.
Chunki  qo'lning  yelka  bo'g'imidagi 
orqaga 
harakatchanligi 
chegaralangan. Bunday eshish krol usulida ko'krakda  eshishni  eslatadi.
58


59
Tayyorgarlik. Eshish  oxirida  qo'l suvdan  quyidagi ketma-ketlikda: 
avval yelka,  bilak  va kaft  ko'tariladi. Keyin deyarli  to'g'ri qo'l,  hech 
qanday kuchlanishsiz  yon  tomondan oldinga harakat qiladi va  deyarli 
to'g'ri  holda,  yelka kengligida  pastga qaragan va ozgina bukilgan panjalar 
bilan  suvga tushadi.
Qo'lning  suv  ustidagi  harakatiga  eshishdan  keyin  hosil  bo'lgan 
inersiya  sarflanadi.  Bunda  qo'lni  suv  ustida  ko'tarish  tavsiya  etilmaydi. 
Chunki  bu  ish  gavda  yuqori  qismining  qo'shimcha  ko'tarilishiga  va 
oyoqning pastga osilishiga sabab  bo'lib, gavdani  to'g'ri  holatiga salbiy  ta'sir 
etadi va suzishga  qo'shimcha qarshilik  tug'diradi.
Harakatlar 
moslashuvi.  Bat 
usulida  suzganda 
harakatlarni 
moslashdan maqsad -  oldinga qarab  bir tekis eshishga  kirishish harakatlarini 
ta'minlashdan  iborat. Bu  qo'l va oyoq  harakatlarining  ketma -  ket bajarilishi


bilan  ta'minlanadi.  Bu  harakat  siklida  qo'llar  eshishni  bir  vaqtda  bajaradi. 
Batterflyay harakat moslashuvining  ikki  varianti  qo'llaniladi:
1.  Bir  siklida  qo'lning  bir  harakatiga  oyoqning  ikki  harakatiga,  bir 
marta  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  to'g'ri  keladi:  bunday  moslashuv 
"ikki  depsinish"  delfin usuli  deb  ataladi. Ko'pgina ko'zga  ko'ringan chet 
ellik  suzuvchilar musobaqalarda  delfin usuli  bilan  suzganda harakatning 
mana shu  turidan foydalanishadi.
2.  Bir  siklda  qo'lning  bir  harakatiga  oyoqning  bir  harakati  va  bir 
marta  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  to'g'ri  keladi.  Bunday  moslashuv 
"bir  depsinishli"  delfin  deb  ataladi.  Yuqorida  bayon  qilingan  qo'l  va 
oyoq  harakatlari  moslashuvini  aniqroq  yoritish  uchun  ayrim  fazalar 
ketma-ketligida  ko'rish  maqsadga  muvofiq.

Download 10,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish