Transport inshootlarini loyihalash va


 Monolit tayanchlarni qurish



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

12.2. Monolit tayanchlarni qurish  
 
Monolit  tayanchlar  ularning  loyihaviy  shakllarini,  o„lchamlarini  va 
yuza  qismining  tekisligini  ta‟minlovchi  opalubkada  betonlanadi. 
Opalubkaning  konstruksiyasi  tayanchning  shakliga  va  undan  qayta 
foydalanish darajasiga bog„liq bo„ladi. 
Statsionar  opalubka  (rasm  12.6)  kichik  va  o„rta  ko„priklarning 
murakkab  shaklga  ega  bo„lgan  chetki  va  oraliq  tayanchlarini  betonlashda 
qo„llaniladi. Bunday opalubkaning eng ko„p qo„llaniladigan konstruksiyasi 


202 
 
o„zan tayanchlarining qirralarida egri yuza hosil qilish imkonini beradigan 
vertikal  taxtalardan  iboratdir.  Tayanch  qirralaridagi  taxtalar  mixlar  bilan 
birlashtirilgan  ikki-uch  qatlam  taxtalardan  yasalgan  krujalalar 
1
  ga 
mahkamlab  qoqiladi.  Loyihaviy  o„lchamlarini  va  shakl  o„zgarmasligini 
ta‟minlash  uchun,  vertikal  bruslar  diametri  18†20mm  bo„lgan  po„lat 
sterjenlardan  yasalgan  tortqichlar 
3
  bilan  tortiladi.  Tortqichlar  yoniga 
diametrlari  14†16sm  bo„lgan  xodalardan  yasalgan  rasporkalar 
5
 
o„rnatiladi.  Bu  xodalar  betonlash  balandligi  oshgani  sari  olib  tashlanadi. 
Betonlash  jarayonida  qorishmaning  oqib  chiqib  ketishining  oldini  olish 
uchun,  opalubka  taxtalari  chorak  qismiga  qadar  jipslantiriladi.  Tayanch 
yuzasi tekis bo„lishi uchun taxtalar stanoklarda randalanadi. 
 
Rasm 12.6. Monolit tayanchning statsionar opalubkasi: 1–krujala qovurg„alar; 
 2–gorizontal qoovurg„a; 3–tortqich; 4–ustun; 5–rasporka; 6–opalubkaning vertikal 
taxtalari; 7–dioganal ko„ndalang bog„lovchilar; 8–krujala va gorizontal qovurg„alarning 
boltli birlashmasi; 9– taxtalarni chorak qismiga qadar jipslantirish 
 
Shchitli opalubka  undan qayta foydalanish darajasi 4†5 martadan kam 


203 
 
bo„lmagan  hollarda  qo„llaniladi.  Shchitning  o„lchamlari  tayanch 
o„lchamlariga  va  ularni  tashib  keltirish  sharoitlariga  bog„liqdir. 
Shchitlarning  gorizontal  birlashmalari  sonini  kamaytirish  uchun  vertikal 
taxtali  va  o„lchamlari  (2†2,5)x(4†5)m  ga  teng  shchitlarni  (rasm  12.7) 
qo„llash  maqsadga  muvofiqdir.  Egri  yuzali  shchitli  opalubkalar 
konstruksiyalarining  murakkabligi  tufayli  qo„llanilmaydi.  Amaliyotda 
ularni statsionar (rasm 12.6) holatda qo„llash ko„proq tarqalgandir. 
Viaduklarning baland tayanchlarini qurishda siljuvchan po„lat opalubka 
(rasm  12.8)  qo„llaniladi.  Bu  opalubka  balandligi  1,2m  bo„lgan  po„lat 
opalubka 
2
  mahkamlanadigan  to„sinlardan 

tuzilgan  ikki  bog„lamadan 
iboratdir. 
 
Rasm 12.7. Monolit tayanchning shchitli opalubkasi: 
1–ustun; 2–bog„lovchi bolt; 3–tortqich; 4–shayba; 5–rasporka 
 
Bu konstruksiya tayanch perimetri bo„yicha har 2†2,5m da joylashgan 
bo„ylama sterjenlar 

ga opalubkaning kronshteynlariga mahkamlangan va 
zajimlari  orqali  sterjenlarga  tayangan  gidrodomkratlar 
4
  yordamida 


204 
 
mahkamlanadi.  Opalubka  ham  shu  domkratlar  bilan  ko„tariladi.  Bunda 
ko„tarish  tezligi  opalubka  ostidan  chiqqan  betonning  qotish  vaqti  eng 
kamida  2  soat  bo„lishini  ta‟minlashi  kerak.  Beton  qorishmasi  telfer 
6
 
yordamida etkazib beriladi.  
 
Rasm 12.8. Tayanchning siljuvchan opalubkasi: 1–tayanchning ishlov beriluvchi yuzasi; 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish