Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
 


198 
 
12 – BOB. TAYANCHLARNI QURISH 
 
12.1. Tayanch elementlarini tayyorlash 
 
Yig„ma  va  yig„ma-monolit  tayanchlarning  murakkab  shaklga  ega 
bo„lmagan  va  tayyorlash  uchun  murakkab  texnologik  jihozlarni  talab 
qilmaydigan elementlari poligonlarda tayyorlanadi. 
O„lchamlari  35x35,  40x40sm  bo„lgan  prizmatik  temirbeton  qoziqlar 
odatda yog„och va metall formalarni qo„llab tayyorlanadi (rasm 12.1). Bu 
qoziqlarning  armatura  karkasi  (bo„ylama  sterjenlar  va  xomutlar)  qo„lda 
to„qiladi.  Karkas  mexanizatsiya  usulida  tayyorlanganda,  bo„ylama 
sterjenlar  ustidagi  xomut  o„rniga  spiral  armatura  o„raladi.  Bunday 
texnologiya  qo„llanilganda  qoziq  olti  va  sakkiz  qirrali  bo„lishi  maqsadga 
muvofiqdir. Bunday qoziqlar rasm 12.1,b da keltirilgan inventar formalarni 
muvaffaqiyat bilan qo„llash imkonini beradi. Olinadigan shchit yordamida 
kamera  hosil  qilinadi  va  bu  kamerada  beton  mustahkamligi  oshishini 
tezlatish uchun qoziqlar bug„lanadi. 
Diametri 
60–100sm 
bo„lgan  qoziq-obolochkalar  va  diametri 
120†160sm  bo„lgan  obolochkalar  ko„prik  temirbeton  konstruksiyalari 
zavodlarida uzunligi 8m gacha bo„lgan zvenolar ko„rinishida sentrifugalash 
usulida tayyorlanadi. Sentrifuga ((rasm 12.2) boltlar bilan birlashtiriladigan 
ikki  bo„lak  po„lat  silindrdan  iboratdir.  Sentrifugaga  bo„ylama  va  spiral 
armaturadan  iborat  karkas  va  suv-sement  nisbati  0,5†0,6  bo„lgan  beton 
qorishmasi  joylashtirilgandan  so„ng  forma  minutiga  80  dan  200  gacha 
bosqichma-bosqich  o„zgaruvchan  chastota  bilan  aylantiriladi.  Qorishma 
avval  markazdan  qochma  kuchlar  ta‟sirida  sentrifuga  devorlariga  bir 
tekisda  taqsimlanadi,  keyin  esa  (chastotalar  oshgani  sari)  bog„lanmagan 


199 
 
suv chiqib ketib, zichlanadi. Natijada, betondan zichligi va mustahkamligi 
yuqori,  yuzasi  silliq  bo„lgan  obolochka  hosil  bo„ladi.  Bu  sifatlar  sement 
sarfi  kam  va  sovuqqa  chidamliligi  yuqori  bo„lgan  element  tayyorlashga 
imkon yaratadi. 
 
Rasm 12.1. Prizmatik qoziqlarni tayyorlash: a va b – yog„och formalarda;  
v–inventar metall formalarda (rim raqamlari bilan betonlash ketma-ketligi ko„rsatilgan); 
1–vkladish; 2–bug„lash paytidagi shchit; 3–formalarning hajm qismi; 4–armatura karkasi 
 
 
Rasm 12.2. Obolochkalarni tayyorlash uchun sentrifuga: 1– reduktorli elektrdvigatel;  
2–yotqiziladigan rom; 3–metall forma; 4–siquvchi rolik; 5–rolikli tayanch (strelkalar 
bilan aylanish yo„nalishi ko„rsatilgan) 
 
Katta diametrli (2m va undan katta) obolochkalar poligonlarda vertikal 
holatda    vibroformalarda  tayyorlanadi  (rasm  12.3).  Obolochka  zvenosi 
uzunligi 4†5m. Beton qorishmasi tashqi forma 
2
 ga mahkamlangan iskanja 


200 
 
vibratorlari 
5
 bilan zichlanadi. 
Obolochkalarni  tayyorlashda  zvenolarni  birlashtirish  uchun,  bo„ylama 
armaturaning  sterjenlari  chiqarib  qoldiriladi  yoki  ularga  maxsus  detallar 
payvandlanadi.  Rasm  12.4  da  zvenolarni  birlashtirishning    uch  turi 
keltirilgan.  
 
 
 
 
 
Rasm 12.3. Diametri katta obolochkalarni 
tayyorlash uchun vibroforma: 1–ichki forma; 
2–tashqi forma; 3–yo„naltiruvchi konus; 4–
ichki formaning yuqorigi ponasi; 5–iskanja 
vibratori; 6–armatura karkasi 
 
 
 
Rasm 12.4. Obolochkalar 
zvenolarining birlashmalari: 
a–armaturaning bo„ylama 
sterjenlarini payvandlash orqali;     
b–gardishli payvandlash orqali; 
v–boltlar bilan mahkamlangan 
flanetsli birlashma; 1–ustiga 
qo„yiladigan sterjen;  
2–nakladka; 3–gardish sterjenlari 
(obechayka); 4–flanets
 


201 
 
Yig„ma-monolit  tayanchlarning  kontur  bloklarini  ishlab  chiqarish 
poligonlarda  tashkil  etiladi.  Ko„p  sondagi  turlar  va  konstruksiyalardan 
massiv  beton  bloklari  keng  tarqalgandir.  Beton  yuzasining  sovuqqa 
chidamliligini,  eyilishga  bo„lgan  mustahkamligini,  zichligining  yuqori 
ko„rsatkichlarini  ta‟minlash  uchun  maxsus  stanokda  zarb-vibratsiyalab 
zichlash qo„llaniladi (rasm 12.5). 
 
 
 
Rasm 12.5. Tayanchlar bloklarini 
tayyorlash: 1–blok; 2–armatura 
ilgaklari; 3–opalubka; 4–poddon 
(taglik); 5–stanina;  
6–aylanuvchan valik 
 
Ekssentrik    joylashtirilgan  valiklar  aylanganda,  ko„rinadigan  yuzasi 
pastga qaragan blokning opalubkasi joylashgan poddonni ko„taradi. Beton 
qorishmasi  pastga  zarb  bilan  ag„dariladi  va  natijada  katta  zichlikka  ega 
bo„ladi. 
      
                                

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish