Transport inshootlarini loyihalash va



Download 7,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/77
Sana13.01.2022
Hajmi7,79 Mb.
#358213
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77
Bog'liq
transport inshootlarini loyihalash va qurish.

 
 


172 
 
10.2. Tayanch qismlarining turlari 
 
Tayanch  qismlari  turli  materiallardan  –  po„latdan,  temirbetondan, 
rezinadan  va  boshqa  materiallardan  tayyorlanadi.  Zamonaviy  tayanch 
qismlarida  ishqalanish  kuchini  kamaytirish  uchun,  ftoroplast  va  boshqa 
sintetik materiallar qo„llaniladi. 
Tayanch  kesimlarining  burilish  burchaklari,  oraliq  qurilmalarning 
bo„ylama  deformatsiyalari  va  tayanch  reaksiyalari  oraliq  qurilmaning 
bikirligiga,  oraliqning  uzunligiga  va  ko„prikdan  o„tayotgan  yuklarga 
bog„liqdir.  Shuning  uchun  uzunligi  katta  bo„lmagan  (9m  gacha)  oraliq 
qurilmalar 
uchun 
narxi 
qimmat 
bo„lmagan,  tayyorlashda  va 
ekspluatatsiyada oddiy bo„lgan, qalinligi 20mm dan kam bo„lmagan po„lat 
listlardan tayyorlanadigan, yassi tayanch qismlari qo„llaniladi. 
Ostki  po„lat  listga  diametri  50mm  bo„lgan  shtir  presslab  kirgiziladi, 
ustki listda qo„zg„almas tayanch qism uchun dumaloq teshik parmalanadi, 
qo„zg„aluvchan tayanch qismda esa oval teshik qirqiladi. 
Listlar orasidagi ishqalanish kuchlarini kamaytirish uchun, ular orasiga 
asbest 
prokladkalar 
qo„yilishi  mumkin.  Ostki  list  ferma  osti 
maydonchasining oldindan tekislangan beton yuzasiga joylashtiriladi. 
Tayanch qismning ferma osti plitasiga zich tayanishi turli usullar bilan 
ta‟minlanishi  mumkin:  beton  yuzasiga  bucharda  bilan  ishlov  berish; 
yuzaga  quruq  sement  sepib  chiqish;  sement  qorishmasini  quyib  chiqish; 
qo„rg„oshin prokladkalarni qo„llash va boshq. 
Oraliqlari  9†18m  bo„lgan  oraliq  qurilmalar  uchun,  tangensial  tipidagi 
tayanch  qismlari  qo„llaniladi  (rasm  10.3).  Bu  turdagi  tayanch  qismlar 
uchun po„lat listlarning qalinligi odatda 50mm dan kichik bo„lmaydi. Ostki 
listga aylanma egrilikda ishlov beriladi. Bunda yassi tayanch qismlaridagi 


173 
 
kabi ustki balansirning ushlab turilishi ostki balansirga presslab kirgizilgan 
po„lat  shtir  yordamida  ta‟minlanadi.  Po„lat  tayanch  qismlar  ikki  tipda  – 
quyilgan  va  payvandlangan  ko„rinishlarda  ishlab  chiqariladi.  Quyilgan 
tayanch  qismlar  uchun  25Л  po„lati  ishlatiladi.  Payvandlangan  tayanch 
qismlar prokat po„latidan tayyorlanishi mumkin. 
 
Rasm 10.3. Tangensial tipidagi tayanch qismlar: a – qo„zg„almas tayanch qismining 
fasadi; b – qo„zg„aluvchan tayanch qismining fasadi; v – ko„prikka ko„ndalang yo„nalishda 
qo„zg„aluvchan va qo„zg„almas tayanch qismlarining ko„rinishi 
  
Uzunligi  18m  dan ortiq bo„lgan  temirbeton  va uzunligi  25m  dan  ortiq 
po„lat  oraliq  qurilmalarning  tayanishi  uchun  katokli  tayanch  qismlari 
ishlatiladi.  Tayanch  reaksiyasining  qiymatiga  qarab  katoklarning  soni 
bittadan  to„rttagacha  o„zgarishi  mumkin.  Katoklarning  diametri  odatda 
100†200mm  ga  teng  qabul  qilinadi.  Ko„p  katokli  tayanch  qismlarda 
balansirlarning o„lchamlarini kichiklashtirish maqsadida qirqilgan katoklar 
qo„llaniladi. 
Qo„zg„aluvchan  tayanch  qismlar  sektorli  bo„lishi  mumkin  (rasm 
10.4,a).  Bu  turdagi  tayanch  qismlarda  burilish  burchagi  sharnir  orqali, 
bo„ylama  siljish  esa  sektor  orqali  ta‟minlanadi.  Katta  uzunlikdagi  oraliq 
qurilmalar uchun odatda sharnir-katokli (rasm 10.4,b) yoki stakan tipidagi 
(rasm  10.4,v)  tayanch  qismlari  qo„llaniladi.  Stakan  tipidagi  tayanch 
qismlarda  burilish  burchagi  rezina  vkladishning  deformatsiyasi  hisobiga, 
bo„ylama  siljish  esa  kichik  ishqalanish  koeffitsientiga  ega  bo„lgan 
ftoroplast 
prokladka 
hisobiga 
ta‟minlanadi.  Qo„zg„aluvchan  va 
qo„zg„almas tayanch qismlari turli balandlikka ega bo„lishlari mumkin. Bu 


174 
 
holda  bir  tayanchdagi  ferma  osti  maydonchalari  har-hil  otmetkada 
joylashtirilishi  mumkin.  Bu  esa  tayanch  bosh  qismini  betonlash  ishlarida 
qo„shimcha  qiyinchiliklar  keltirib  chiqaradi.  Qo„zg„aluvchan  va 
qo„zg„almas  tayanch  qismlarining  balandligi  bir  xil  tayinlanganda  bu 
muammo kelib chiqmaydi. 
Hozirgi  paytda  an‟anaviy  metall  tayanch  qimlari  bilan  bir  qatorda 
polimer  materiallardan  tayyorlangan  tayanch  qismlari  ham  ko„p 
qo„llanilmoqda. Konstruktiv shakllanishiga ko„ra polimer tayanch qismlari 
deformatsiyalanadigan, 
siljiydigan  va 
kombinatsiyalangan 
bo„lishi 
mumkin.  Polimer  tayanch  qismlari  metall  tayanch  qismlariga  qaraganda 
ancha ko„p imkoniyatlarga ega. Ularda barcha yo„nalishlardagi chiziqli va 
burchakli  siljishlar  osongina  ta‟minlanishi  mumkin,  chunki  burchak 
siljishlari  elastik  material  –  rezinaning  shaklini  o„zgarishi  orqali  ro„y 
beradi.  Tayanch  qismi  materiallarining  mustahkamligini  oshirish  uchun 
ular har 5†25mm oraliqda vulkanizatsiya qilingan yupqa po„lat listlar (

 = 
0,8†2mm) bilan armaturalanadi (rasm 10.4,g). 
 
Rasm 10.4. O„rta va katta oraliqli oraliq qurilmalar uchun tayanch qismlari: 1 – sektorli 
balansir; 2 – sharnir; 3 – ustki balansir; 4 – ostki balansir; 5 – qirqilgan katok; 6 – elastomer 
(elastik – rezinali material); 7 – ftoroplast prokladka; 8 – kauchuk qatlami; 9 – yupqa po„lat 
list; 10 – antifriksion (ishqalanishga qarshi) prokladka; 11 – po„lat balansirlar;  
12 – rezinali  prokladka 


175 
 
Sirpanuvchi  tayanch  qismlar  ftoroplastdan  iborat  ishqalanishga  qarshi 
prokladkaga  ega  bo„ladi  (rasm  10.4,d).  Kombinatsiyalangan  tayanch 
qismlar  ftoroplast  prokladkalar  aralashgan  rezina  va  po„lat  elementlardan 
tayyorlanadi  (rasm  10.4,e).  Ko„p  afzalliklarga  ega  bo„lgan  rezina-metall 
tayanch  qismlarning  bitta  jiddiy  kamchiligi  –  rezinaning  elastiklik  va 
mustahkamlik  xarakteristikalari  atrof-muhitning  haroratiga  bog„liqligidir. 
Bu  esa  manfiy  haroratlarda  tayanch  qismlarining  ishonchliligini 
kamaytiradi.  SHu  sababdan  temir  yo„l  ko„priklarida  ishonchliroq  bo„lgan 
po„lat tayanch qismlari qo„llaniladi. 
 

Download 7,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish