shaxslardan
olinadigan
daromad solig’i
0
1.5. Tadbirkorlik faoliyati
bilan
shug’ullanuvchi
yuridik
va
jismoniy
shaxslardan
olinadigan
qat’iy soliq
187547,1
1,1
218100,0
1,1
342100.0
1.4
505000,0
1,6
1.6. Obodonlashtirish va
ijtimoiy
infratuzil-mani
rivojlantirish solig’i
530632,6
3,3
446400,0
2,2
659900.0
2.6
762800,0
2,5
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, davlat byudjeti tarkibida soliqli
daromadlar 2011 yilda 16178563,5 mln. so’mni tashkil etgan bo’lsa, ushbu
ko’rsatkich 2014 yilda deyarli ikki barobar ko’paygan va absolyut miqdorda
30160800,0 mln.so’mni tashkil etgan. Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri
soliqlarning ulushi nobarqaror tendentsiyaga ega bo’lib, 2012 yilda 2011 yilga
nisbatan kamayib 25,2% ni tashkil qilgan, 2013 yilda esa 2012 yilga nisbatan
o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan va qarayib 1 punktga ko’paygan holda 26,2%ni
tashkil qilgan. 2014 yil reja ko’rsatkichlariga muvofiq to’g’ri soliqlarning salmog’i
birmuncha pasayishi ko’zda tutilmoqda. Agar mavzumiz ob’ektidan kelib
chiqadigan bo’lsak, jismoniy shaxslar daromad solig’ining ulushi foiz
krsatkichlarda birmuncha barqaror tendentsiyaga ega, ya’ni mos ravishda 2011
yilda 11,1% bo’lgan bo’lsa, 2014 yilga kelib ham uning foizli ulushi deyarli
o’zgarmagan va 10,9%ni tashkil etgan. Lekin absolyut ko’rsatkichlarda bu
soliqning salmog’i yildan yilga oshib borayotganligiga guvoh bo’lish mumkin.
Xususan, byudjet daromadlari tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i 2011
yilda 1789700,0 mln. so’mni tashkil qilgan, 2012 yilda 2372700,0 mln. so’mni,
2013 yilda 2769700,0 mln.so’mni tashkil qilgan. 2014 yil reja ko’rsatkichlari
bo’yicha 3313900,0 mln.so’m bo’lishi kutilmoqda. Aytish lozimki, jismoniy
shaxslar daromad solig’i stavkasining yildan yilga kamayib borayotgan bir
sharoitda soliq tushumlarining o’sib borishi soliq ob’ekti ko’payishi, soliq
bazasining kengayayotganligi (aholi daromadalari miqdorining oshayotganligi
hamda soliqqa tortiladigan daromad manbalarining ko’payayotganligi) va soliq
to’lovchilar kontingentining oshayotganligi bilan izohlanadi.
Jismoniy shaxslar daromad solig’ining zarurligi bevosita ijtimoiy manfaatlar
ustunligida namoyon bo’lmoqda. Buning mohiyati shundaki, daromad solig’idan
foydalangan holda aholining nominal va real pul daromadlari darajasiga muayyan
tarzda ta’sir o’tkazish orqali tartibga solish mumkin. U mehnat natijalari bilan unga
haq to’lash o’rtasidagi muvofiqlikni o’zgartirmasdan turib aholining pirovard
daromadlari miqdorini o’zgartirish imkonini beradi. Daromad solig’i oraqali
aholining pirovard daromadlarini shakllantirish ishlab chiqarish va iste’mol
xususiyatlarini ta’riflab beradigan turli ob’ektiv omillarining ishtirok etishi
vositasida amalga oshirilishi mumkin. Bu omillarning xilma-xilligi daromadlarning
(shu jumladan ish xaqi) boshqa manbalari miqdorini tabaqalashtirish tizimi orqali
to’liq hisobga olib bo’lmaydi.
Yuqoridagi tahliliy materiallardan kelib chiqadigan bo’lsak, jismoniy shaxslar
daromad solig’i tushumlari davlat byudjeti daromadlari tarkibida absolyut
ko’rsatkichlarda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lsada, uning foiz ko’rsatkichlardagi
ulushi nisbatan kam salmoqqa ega, ya’ni 11 foizlar atrofida. Davlat byudjeti
daromadlarini
shakllantirishda
ushbu
soliq
turining
etarlicha
o’rin
egallamaganligini quyidagicha izohlash mumkin:
-
birinchidan, aholining ko’p qismining daromadlari darajasi rivojlangan
davlatlar bilan solishtirganda nisbatan past darajadaligi;
-
ikkinchidan, bozor munosabatlarining to’liq shakllanmaganligi, oilaviy
korxonalar va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar sonining kam
miqdordaligi;
-
uchinchidan, yuqori daromad manbasiga ega bo’lgan ayrim jismoniy
shaxslarning soliq to’lashdan qochish hollarining mavjudligi.
Keltirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, aytish lozimki jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ob’ektiv zarurligi soliqqa tortishning
«vujudga kelish manbalaridan qat’iy nazar barcha daromadlarni soliqqa tortilishi»
orqali byudjet daromadlarini tashkil etishdan kelib chiqadi. Chunki byudjet
manfaatlari va uning taqchillik darajasini (kamomadini) birmuncha kamaytirish
nuqtai-nazaridan ham aholi daromadlarining soliqqa tortilishi ob’ektiv zaruriyatdir.