117
qin qilinmasligi kerak. Bu Konstitutsiyaning ustunligi prinsipining
muhim shartlaridan biridir.
Konstitutsiyadagi barcha qoidalar mamlakat, fuqaro, jamiyat
manfaatlariga mos tarzda qabul qilingan. Shuning uchun shu qoi
-
dalarni ularning zarariga, ularga zarar yetkazadigan darajada tal
-
qin qilish aslo mumkin emas. Shunday hol ro‘y bersa (Konstitutsi
-
ya qoidalari noto‘g‘ri talqin qilinsa), bu narsa faqat Konstitutsiyani
buzish, unga zarar yetkazish emas, O‘zbekistonning mustaqilligi,
davlat suverenitetiga, xalq xohish-irodasiga qarshi harakat hisobla
-
nadi.
Konstitutsiyaning 16-moddasi ikkinchi bandida: “Birorta ham
qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari
va qoidalariga zid kelishi mumkin emas”, – deb belgilab qo‘yilgan.
Bu Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlovchi muhim prinsip
va amaliy choradir.
Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar nafaqat Konstitutsiyaga,
balki, qonunlarga ham zid kelmasligi kerak. Boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar deganda Prezident farmoni, qarori, farmoyishi,
hukumat qarori va farmoyishi, mahalliy hokimiyat organlari huj
-
jatlari, markaziy idoralar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar
tushuniladi. Konstitutsiya va qonunga normativ-huquqiy hujjatlar
-
gina emas, har qanday boshqa hujjatlar ham zid bo‘lmasligi kerak.
Sud, prokuratura organlarining qabul qilgan hujjatlari, jamoat bir
-
lashmalari, nodavlat tashkilotlarning hujjatlari ham Konstitutsiya
va qonunlarga mos bo‘lishi, ularga zid kelmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonunlarga har qanday hujjatlarning mos
bo‘lishi turli usul va vositalar orqali ta’minlanadi. Bunda prokura
-
tura faoliyati, Konstitutsiyaviy sud faoliyati alohida muhimdir.
Sud hujjatlari: hukm, ajrim, qarorlar bekor bo‘lishining asosiy
sababi ularning Konstitutsiya va qonunlarga mos kelmasligi, zidli
-
gidir.
Davlat o‘z faoliyatida tayanadigan prinsiplardan biri adolat
bo‘lsa, ikkinchisi qonuniylikdir. Qonuniylik prinsipida Konstitut
-
siya va qonun ustuvorligi alohida muhim rol o‘ynaydi. Bu masalani
jamiyat, fuqaro, davlat hayotida muhimligini uning Konstitutsi
-
yada maxsus bobida mustahkamlanganida ham ko‘rish mumkin.
118
Mamlakatning, taraqqiyoti unda qonunlarning ko‘plab qabul
qilinishiga emas, mavjud qonunlarga amal qilishga bog‘liqdir. Bun
-
da fuqarolarning huquqiy ongi yuksak bo‘lishi muhimdir.
Mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi,
bilimi, huquqiy madaniyati yuqori darajada bo‘lishi kerak. Chunki,
ko‘p hollarda, Konstitutsiya va qonunlarda zid hujjatlar idoraviy
manfaatlarni ko‘zlab qabul qilinadi. Aslida esa, hamma uchun
umumdavlat manfaati, xalq manfaati, fuqaro manfaati yuqori tu
-
rishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: