Konstitutsiyaviy


-§. Barchaning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

2-§. Barchaning Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 

ko‘rishi zarurligi

Bu  qonuniylik  prinsipidan  kelib  chiqadi.  Qonuniylik  prinsipi 

davlat faoliyati prinsipi bo‘lib, u ijtimoiy hayotning taraqqiyotiga 

ijobiy ta’sir qiluvchi shartdir.

Qonuniylik prinsipi orqali davlat o‘z faoliyatini yuritib, ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga soladi.

Qonuniylik prinsipi – bu barcha davlat organlari, mansabdor 

shaxslar, xizmatchilar, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlari 

va fuqarolarning qonun va boshqa qonuniy hujjatlarga og‘ishmay 

amal qilishidir. Bundan qonunlarga amal qilish barchaning vazifasi 

ekanligi tushuniladi.

Prezidentimiz:



 

“Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa, 

shaxsning  huquqlari  va  erkinliklari,  qattiq  intizom,  ichki  uyush- 

qoqlik va mas’uliyat ustuvor bo‘lmasa, qonunlar va an’analar hur

-

mat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur etib bo‘lmaydi”



 1

,

 – 

deb 

qonuniylikning ahamiyatini aniq ko‘rsatib bergan.



Konstitutsiyaning 16-moddasidagi: “Mazkur Konstitutsiyaning 

birorta qoidasi O‘zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga 

zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas”, – degan 

qoida ham qonuniylik prinsipini ta’minlovchi vositadir.

Davlat  qonun  yaratar  ekan,  avvalo,  shu  qonunlarga  davlat

-

ning o‘zi rioya qilishi zarur.



1 Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. 

– 17-bet.




114

D

avlat  hokimiyatining  amalga  oshiruvi  qonunchilik  (vakillik 



hokimiyati), ijro, sud hokimiyati, o‘z faoliyatini tashkil etishi, va

-

kolati,  bir-biri  bilan  munosabatida  faqat  qonunlarga  rioya  qiladi. 



Qonunlarni bevosita o‘zlari bajaradi yoki ularning bajarilishi cho

-

ralarini ko‘radi.



Qonuniylik prinsipi osoyishta hayot, rivojlanish va taraqqiyot, 

yuksak  turmush  tarzi  ozuqasidir.  Qonuniylik  prinsipi  amal  qil

-

ganda xavfsizlik, fuqarolarning huquq va erkinliklari ta’minlanadi. 



Har bir fuqaro o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

Jamiyat va fuqarolar farovonligining muhim shartlaridan biri 

bozor munosabatlari bo‘lsa, ana shu munosabatlarda ham qonuniy

-

lik prinsipi amal qiladi.



Davlatning  iqtisodiy  sohaga  aralashuvini  cheklovchi,  tadbir

-

korlikni qo‘llab-quvvatlovchi, mulk shakllarining tengligini ta’min-



lovchi, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi qonunlarga amal 

qilish qonuniylik prinsipining ajralmas qismidir.

Oila  munosabatlarining  Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  tar-

tibga  solinishi,  shu  qonunlarga  rioya  qilish  zarurligi  qonuniylik 

prinsipi doirasining juda ham kengligini ko‘rsatadi.

Qonuniylik  prinsipiga  amal  qilish  qonunlarning  obro‘sini 

kuchaytiradi.

Shuning uchun jamiyat a’zolarini faqat qonunlarni hurmat qi-

lish  ruhida  tarbiyalash  o‘ta  muhimdir.  Bunda  ham  eng  ta’sirli, 

samarali chora shaxsiy o‘rnakdir.

Barcha  mansabdorlar,  xizmatchilarning  mansab  darajasidan, 

jamiyat  va  davlat  oldidagi  xizmatlaridan  qat’i  nazar,  qonunlarga 

rioya qilishi oddiy fuqarolar uchun katta o‘rnak va saboq bo‘ladi.

O‘zi qonunlarga rioya qilmaydigan, uni har damda buzadigan, 

chetlab o‘tadigan rahbarlarni, boshqalarning qonunga rioya etishi 

haqidagi da’vati, ko‘rsatmasi hech qanday natija bermaydi.

Qonuniylikka erishishning ko‘plab vositalari qatorida har qan

-

day qonun buzilishiga (u kattami, kichikmi) tegishli chora ko‘rish 



muhim o‘rin tutadi.

Jamiyatda qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga muro

-

sasizlik kayfiyatini shakllantirish, qonun buzilishlariga qarshi ko‘ri-




115

layotgan  choralarni  ommaviylashtirish,  qonuniylikni  ta’minlashda 

muhim rol o‘ynashi mumkin.

Bu,  eng  avvalo,  qonuniylik  prinsipining  amaliy  ifodasidir. 

Qonunlar turli qoidalarni o‘rnatadi. Qonun qoidalari xalq xohish-

irodasining hujjatda aks etishidir. Ana shuning uchun ham ularga 

amal qilish, qonunlarga muvofiq ish olib borish zarurdir.

Rivojlangan mamlakatlarning tajribasiga nazar solsak, albatta 

shu mamlakatda davlat faoliyati, uning organlari faoliyati, mansab

-

dor shaxslar va xizmatchilar faoliyati, jamoat birlashmalari, barcha 



nodavlat tashkilotlari qonunlarga muvofiq ish ko‘rganining guvohi 

bo‘lamiz.

Qonunga amal qilish rivojlanish va farovonlik garovi ekanligi 

tajribada  isbotlangan.  Shuning  uchun  Konstitutsiyaning  15-mod

-

dasida:  “Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat 



birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish 

ko‘radilar”, – degan qoida o‘z o‘rnini topgan. Bu qoidani qonuniy

-

lik prinsipining asosiy sharti deyish ham mumkin.



Jahon davlatchilik tajribasiga o‘zining ma’lum hissasini qo‘sh-

gan milliy davlatchiligimiz rivojlanish tarixida ham qonun va bel

-

gilangan tartib-qoidalarga amal qilish muhim masala hisoblangan



-

ligi ma’lum.

Sohibqiron  Amir  Temur  davlatining  rivojlanishi  tartib-qoida

-

larga amal qilish natijasida bo‘lganligi, keyinchalik u barpo etgan 



saltanatning tarqalib ketishi va nihoyat mustamlaka asoratlariga 

tushib  qolishimizda  qonun-qoidalarga  rioya  qilish  susayganligi 

ma’lum sabablardan bo‘lgan.

Qonunlarga muvofiq ish ko‘rmaslik, oqibat natijada, har qan

-

day davlat organlari faoliyatining buzilishiga olib kelib, bu davlat 



organlariga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi.

Qonunlarga rioya qilmaslik kimgadir ma’lum vaqt yoki mud

-

dat davomida manfaat keltirishi mumkin. Lekin, keyinchalik esa, 



bu  katta  zararlar  keltirishi,  fuqaro,  xalq  manfaatiga  katta  ziyon 

yetkazishi mumkin.

Qonunga rioya etish barcha organlar uchun zarur, ayniqsa, bu 

huquq-tartibot organlari, qonuniylikni ta’minlovchi organlar faoli

-

yatida o‘ta zarurdir.




116

Qonunlarda inson hayoti, sog‘lig‘i, boyligi, xavfsizligi haqida

-

gi qoidalar belgilangani uchun ularga rioya qilmaslik inson hayoti, 



sog‘lig‘i, xavfsizligi, boyligiga katta zarar yetkazadi. Qonun huj-

jatlariga rioya qilmaslik faqat bir rasmiy hujjatni bajarmaslikning 

o‘zi emas, u inson, uning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qim

-

mati,  xavfsizligi,  mol-mulkiga  taalluqli  bo‘lganligi  uchun  ularga 



amal qilmaslik yuqoridagilarning barchasiga tajovuzdir.

Jamiyatda qonunlarni qabul qilish asosiy maqsad emas, unga 

amal qilish asosiy maqsad bo‘lib qolishi zarur. Shuning uchun ham 

Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish zarur. Bu konstitutsiyaviy 

burch ham hisoblanadi. Rioya etish ixtiyoriy amalga oshirilmaga

-

nida majburlov choralari orqali ta’minlanadi.



Qonuniylikda yana bir muhim masala boshqa normativ-huqu

-

qiy  hujjatlarning  Konstitutsiyaga  zid  kelishi  mumkin  emasligi 



bo‘lib, bu qoida Konstitutsiyaning 16-moddasida o‘z aksini topgan.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish