Konstitutsiyaviy


VI bob.   Konstitutsiya va qonunning ustunligi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

VI bob.   Konstitutsiya va qonunning ustunligi

1-§. Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda ular-

ning tan olinishi va bajarilishi shartligi

Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi  deganda  nimaga  nis

-

batan ustunlik va nima uchun ustunlik bo‘lishini aniqlash lozim.



Konstitutsiya  va  qonunning  ustunligi  boshqa  qabul  qilinadi

-

gan barcha hujjatlarga nisbatan (qonunosti hujjatlariga) qaratiladi. 



Bundan tashqari, Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ham ustun

-

ligi mavjud.



Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ustunligi deganda, boshqa 

birorta qonun, ularning normalari konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi, qo

-

nunning ustunligi deganda esa, boshqa birorta qonunosti hujjatlari-



ning qonunga zid kelmasligi tushuniladi. Qabul qilinadigan har qan

-

day boshqa hujjatlar Konstitutsiya, qonun normalarini o‘zgartirishni 



emas,  ularning  amal  qilishini  ta’minlashi  zarur.  Konstitutsiya  va 

Qonunning ustunligi ularning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi.

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega alohida tartibda qabul 

qilinadigan davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (refe-

rendum orqali) yoki oliy vakillik organi – Oliy Majlis (parlament) 

tomonidan  qabul  qilinadi

 1

.  Konstitutsiya  O‘zbekiston  hududida 



birdek  kuchga  ega.  O‘zbekistonda  qabul  qilingan  qonunlar  va 

boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro 

qilish uchun qabul qilinadi.

O‘zbekiston qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy muno

-

sabatlarni tartibga solish uchun qabul qilinadi.



Bu  boradagi  munosabatlar  O‘zbekiston  Respublikasining 

“Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‘g‘risida”gi  Qonuni  asosida  tar-

tibga  solingan  bo‘lib,  “Mamlakatimizda  demokratik  islohotlar

-

ni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish 



konsepsiyasi”da  belgilangan  ustuvor  vazifalarning  ijrosi  sifatida 

2012-yil  24-dekabrda  ushbu  qonunning  yangi  tahriri  qabul  qilin

-

di. Qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, ularning kim 



1 Konstitutsiya qabul qilish tartibi darslikning I bobida berilgan.


111

tomonidan  qabul  qilinishi,  bir-biri  bilan  munosabatlari,  huquqiy  

ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilab qo‘yilgan

 1

.



Konstitutsiya va qonunning ustunligi yana bu masala konsti

-

tutsiyada maxsus belgilanganligida ham ko‘rinadi. Konstitutsiya



-

ning III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanib, 

bu konstitutsiyaviy tuzumning asoslari, asosiy prinsipi sifatida bel

-

gilanganligini ko‘rsatadi.



Konstitutsiyaning ustunligi – bu Konstitutsiyaning prinsipla

-

ridan biridir.



Konstitutsiya  va  qonunlar  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga 

soladi. Ularning barcha qoidalarining bajarilishi, bu qoidalarning 

bajarilishi  shartligi  davlatga,  davlat  organlariga,  fuqarolarga,  ja

-

moat birlashmalariga, barcha nodavlat tashkilotlariga taalluqlidir.



Konstitutsiya  va  qonunning  asosiy  xususiyati  ham  ularning 

qoidalari bajarilishi shartligidir. Buning uchun jamiyatning barcha 

a’zolari, tuzilmalari Konstitutsiya va qonunlarni so‘zsiz tan olishi 

kerak. Konstitutsiya va qonunlarni tan olish uchun ular-ni bilish 

zarur. Konstitutsiya va qonunlar jamiyat a’zolariga turli shakldagi 

bilimlar berish, tashviqot-targ‘ibot olib borish natijasida yetkazila

-

di. Bunda, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining 



roli katta.

Qonunlarni  tan  olish  ularni  so‘zsiz  bajarish  demakdir.  Qo

-

nunlarni bajarish majburiy, lekin ular ongli, ixtiyoriy bajarilganda 



samarasi ko‘proq bo‘ladi.

Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi va so‘zsiz tan olini

-

shi konstitutsiyaning o‘zida konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab 



qo‘yilgan bo‘lib, bu mazkur qoidaning ahamiyatini yanada oshiradi 

(15-modda).

Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda, ularning nor

-

ma va qoidalari boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan yuqori 



turishi tushuniladi. Boshqa barcha huquqiy hujjatlar farmon, qa

-

ror, farmoyish, buyruq, yo‘riqnoma, nizomlar ularga mos bo‘lishi 



shart.

1  Qarang:  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  faoliyatini  tartibga  soluvchi  qonun 

hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 96–102-betlar.



112

Konstitutsiya va qonunning ustunligi, boshqa qonunosti huj

-

jatlari  bilan  Konstitutsiya  hamda  qonun  normalari  orasida  ziddi



-

yatlar, kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, Konstitutsiya va qonun

-

larning amal qilishi bilan ta’minlanadi.



Konstitutsiya  va  qonun  ustuvorligini  ta’minlashda,  birinchi

-

dan, qonunlarni bilish muhim ahamiyat kasb etsa, ikkinchi muhim 



sharti, qonunlarni hurmat qilishdir. Bunga juda katta va keng qam

-

rovli tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot olib borish bilan birga, shax



-

siy o‘rnak ko‘rsatish orqali erishiladi. Shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish har 

qanday tashviqot va targ‘ibotdan ham samarali bo‘lishi mumkin.

Har bir shaxs, u mansabdor shaxsmi, davlat xizmatchisimi, 

oddiy xizmatchimi yoki oddiy fuqaromi, qonunlarni hurmat qilib, 

har qanday holda ham ularni bajarsa, bu boshqalarga ibrat bo‘lishi 

mumkin.

Ayniqsa,  mansabdor  shaxslarning  qonunlarning  ustunligini 

e’tirof  etishi  va  bajarishi  boshqa  xodimlarning  ham  qonunlarga 

shunday munosabatda bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Qonunlarni  bajarmaslik,  ularga  rioya  qilmaslikni  oqlovchi 

hech  qanday  bahona,  sabablar  bo‘lmasligi  qonun  ustuvorligini 

ta’minlaydi. Hech narsa, ya’ni davlat manfaatimi, jamoat manfaati-

mi, jamoat birlashmalari manfaatimi qonun buzilishiga olib kelma

-

sligi kerak.



Konstitutsiya va qonun ustuvorligini so‘zsiz tan olish huquqiy 

davlatning sharti hisoblanadi. Bu fuqarolar huquq va erkinliklarini 

ta’minlash, ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish, konstitu-

tsiyaviy tuzumning barqarorligini ta’minlash, bozor munosabatla- 

rini shakllantirish garovidir. “Huquqiy davlatning asosiy belgisi – 

barcha  fuqarolarning  qonun  oldida  tengligi,  Konstitutsiya  va  qo

-

nunlarning ustunligi ta’minlanishidir”



 1

.

Konstitutsiya va qonunning ustunligini so‘zsiz tan olish kons-



titutsiyaviy qoida sifatida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, hayotda shu qoida-

ga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. Bu qonunlarni bilmaslik 

yoki bilib turib unga bepisandlik bilan qarash, shaxsiy hamda idora 

manfaatlarini ustun qo‘yish natijasida vujudga keladi.

1 Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 38-bet.



113

Idoraviy manfaatlarni ustun qo‘yish natijasida ba’zi qonunosti 

hujjatlarini Konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda qabul qilish hol

-

lari uchrab, bu umumiy manfaatga zarar yetkazishi mumkin.



Shuning  uchun  Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustunligi 

prinsipini  buzish  huquqbuzarlik  hisoblanib,  javobgarlikni  keltirib 

chiqaradi.

Konstitutsiya  va  qonunlarning  ustunligini  ta’minlashda  turli 

tuzilmalar ishtirok etib, bunda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin 

tutadi.



Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish