Konstitutsiyaviy


-§. Konstitutsiyalarning turlari



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

6-§. Konstitutsiyalarning turlari

Konstitutsiyalar  taraqqiyotning  turli  davrlarida  va  alohida 

sharoitlarda vujudga kelganligi sababli ularning turlari ham xilma-

xildir.  Ularning  turlanishiga  shakli,  qabul  qilinish  tartibi,  amal 

qilishi va boshqalar ta’sir qiladi.

Eng avvalo, Konstitutsiyalar yozilgan va yozilmagan konstitu-

tsiyalarga bo‘linadi. Aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalari alo

-

hida tartibda qabul qilingan, yagona hujjat tartibida mavjud bo‘lgan 



Konstitutsiya bo‘lib, ular yozilgan konstitutsiya deb e’tirof etiladi. 

Ayrim mamlakatlarda konstitutsiyalar yagona hujjat shaklida 

bo‘lmay, turli munosabatlarni tartibga soluvchi turli hujjatlar qabul 



47

qilingan bo‘lib, ular ham konstitutsiya hisoblanadi. Hatto konsti

-

tutsiyaviy kelishuv hujjatlari, odatlar ham konstitutsiya hisoblana



-

di. Bunday mamlaktlar konstitutsiyalari yozilmagan konstitutsiya 

deb hisoblanadi (Buyuk Britaniya, Shvetsiya va hokazo). Bunday 

mamlakatlarning konstitutsiyalari ham kuchli konstitutsiyaviy tu

-

zum bo‘lishini ta’minlamoqda.



Konstitutsiyalar yana qabul qilinish tartibiga qarab ham turlanadi.

Asosan konstitutsiyalar legitim vosita orqali, ya’ni ko‘pchilik 

e’tirof etgan yo‘llar bilan qabul qilinishi mumkin. Xalq tomonidan 

(referendum yo‘li bilan) – Rossiya, Fransiya Konstitutsiyalari, kons-

titutsiya qabul qilish uchun maxsus chaqirilgan ta’sis majlisi tomo

-

nidan – AQSh, Italiya, Hindiston konstitutsiyalari yoki qonunchilik 



organi – Parlament tomonidan (O‘zbekiston Konstitutsiyasi). Ay

-

rim mamlakatlar konstitutsiyalari oldin parlamentda qabul qilinib, 



keyin referendum orqali qabul qilingan (Ispaniya Konstitutsiyasi). 

Bunday tartibda qabul qilingan konstitutsiyalar hadya qilinmagan 

konstitutsiyalar hisoblanib, ularni qabul qilish tartibi demokratik 

hisoblanadi.  Jahon  konstitutsiyaviy  tajribasida  kam  uchrasa-da, 

oktroir  (yuqoridan  hadya  qilingan)  konstitutsiyalar  ham  uchray

-

di.  O‘z  davlati  uchun  monarx  davlat  boshlig‘i  tomonidan  hadya 



qilingan  konstitutsiya  bunga  misol  bo‘ladi.  Yaponiya  imperatori 

tomonidan  hadya  qilingan  konstitutsiya  hadya  qilingan  konstitu-

tsiyadir. Oktroir konstitutsiyalarining ikkinchi guruhiga mustam

-

lakachi davlat o‘z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul 



qilingan konstitutsiyalarni keltirish mumkin. Buyuk Britaniya o‘z 

qaramog‘idagi ko‘pgina davlatlarga konstitutsiya hadya qilgan.

Konstitutsiyalarni mamlakt dohiysi, yo‘lboshchisi nomi bilan 

atash ham tajribada ma’lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Sta

-

lin Konstitutsiyasi, 1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Brejnev Konsti



-

tutsiyasi, 1993-yilgi Rossiya Konstitutsiyasi Yelsin Konstitutsiyasi, 

deb  ham  ataladi.  Sababi,  shu  yo‘lboshchilar  konstitutsiya  qabul 

qilishda yetakchi rol o‘ynagan.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibiga qarab konstitu-

tsiyalar “yumshoq” va “qattiq” konstitutsiyalarga bo‘linadi. “Yum

-

shoq”  konstitutsiyaga  o‘zgartirish  kiritish  tartibi  oddiy  qonunga 



o‘zgartirish kiritish tartibiga o‘xshagan bo‘ladi. 


48

“Qattiq” konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishda murakkab tartib 

o‘rnatilgan. Masalan, shunday taklif tushgandan so‘ng muhokama 

uchun  ma’lum  vaqt  ajratiladi,  o‘zgartirish  kiritish  uchun  mutlaq 

ko‘pchilik  ovozi  talab  etiladi,  agar  konstitutsiya  federativ  davlat 

konstitutsiyasi  bo‘lsa,  o‘zgartirishni  federatsiya  subyektlari  ham 

ma’qullashi talab etiladi.

AQSh  Konstitutsiyasini  haqiqatan  qattiq  konstitutsiya  desa 

bo‘ladi. Uning qabul qilinganligiga 226 yil o‘tgan bo‘lsa ham, unga 

bor-yo‘g‘i 27 ta qo‘shimcha kiritilgan, uning ham 10 tasi dastlabki 

ikki yilda – 1787–89-yillarda kiritilgan.

Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi. 

O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy qo

-

nunlarga nisbatan ancha murakkab tartib o‘rnatilgan.



Bundan tashqari konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy kons-

titutsiyalarga  bo‘lish  mumkin.  Vaqtincha  konstitutsiyalar  o‘tish 

davrida, ko‘pincha davlat to‘ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va 

ma’lum  vaqt  faoliyat  ko‘rsatadi.  Doimiy  konstitutsiyalar  muddati 

yo‘q,  uzoq  vaqt  davomida  amalda  bo‘ladi.  AQSh  Konstitutsiyasi 

hozir IV asr yuzini ko‘rgan eng keksa konstitutsiyadir.

Shunday qilib, konstitutsiya turlari: yozilgan va yozilmagan; 

hadya qilinmagan (legitim usulda qabul qilingan) va hadya qilin

-

gan  (oktroir);  qattiq  va  yumshoq;  vaqtincha  va  doimiy  turlarga 



bo‘linadi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish