Uchinchi.
Davlat hokimiyatini tashkil qilishda, jahon tajri-
basiga murojaat qilindi. Shu tufayli barcha demokratik mamlakat
-
larda hokimiyatni tashkil qilishda qo‘llanilib kelayotgan prinsip –
davlat hokimiyati tizimi, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatining
bo‘linishi prinsipi Konstitutsiyada mustahkamlandi (11-modda).
Shunga asosan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga
oshiruvchi organlarning vakolatlari aniq tarzda belgilandi. Ular-
ning mustaqilligini ta’minlovchi, bir-birini tiyib turishini mustah-
kamlovchi normalar kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |