Konstitutsiyaning kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlashi
prinsipi.
Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tar-
tibga solishni maqsad qilib qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham
belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning muqaddimasida belgilangan
kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash, insonpar
-
var demokratik davlatni barpo etishni ko‘zlash, kabi da’vatlar va
40
ta’kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar Kons-
titutsiyaviy tartibda asoslantirilgan.
Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qi-
lishi prinsipi.
Konstitutsiya normalari oliy yuridik kuchga ega
bo‘lishi bilan birga, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi. Yoki boshqacha
qilib aytganda, uning normalarini hayotga tatbiq qilish uchun (Kons-
titutsiyaning o‘zida shu talab ko‘rsatilmagan bo‘lsa) qo‘shimcha
maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar qabul qilish shart emas.
Ayrim adabiyotlarda ko‘rsatilayotgan boshqa bir qancha prin
-
siplar Konstitutsiyaning prinsiplari bo‘lmasdan, boshqa Konstitu-
tsiyaviy institutlarning prinsiplaridir. Masalan, davlat bilan fuqaro
o‘zaro mas’ulligi prinsipi Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, unda fuqa
-
ro manfaatining ustunligi ta’minlanadi, xalq suvereniteti prinsipi,
hokimiyat bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil etishning
konstitutsiyaviy prinsipidir yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi
prinsiplar davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi.
XXII bobdagi prinsiplar esa, sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi.
Konstitutsiya masalasini o‘rganishda konstitutsiyalarning xu
-
susiyatlarini aniqlash muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy,
ya’ni umuman konstitutsiyaga tegishli yoki alohida, ya’ni ayrim
mamalkatlarning konstitutsiyalariga tegishli bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati ochila
-
di. Konstitutsiyalarning xususiyatlari uning huquq tizimidagi alo
-
hida o‘rni, ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish
mexanizmida aks etadi. Bu xususiyatlarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1. Konstitutsiya maxsus subyektlar tomonidan alohida tartib-
da qabul qilinadi (legitimlik).
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga
ega bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma-
xildir.
4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi.
5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va
muhofazalanadi.
6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.
41
1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari
nomidan qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan refe-
rendum orqali (Rossiya Konstitutsiyasi) yoki alohida, maxsus, faqat
shu maqsadda tashkil qilinadigan organ (Germaniya Konstitutsi
-
yasi) yoki Qonunchilik organi – Parlament (O‘zbekiston Konsti-
tutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
2. Konstitutsiya normalari ta’sis etuvchi kuchga ega. Konsti
-
tutsiya konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxs-
ning huquqiy holati asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning
prinsiplari bo‘lib, shunday normalar boshqa yuridik normalarni
yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, O‘zbekiston Kons-
titutsiyasida belgilangan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir
manbaidir” degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi
uchun asos, ta’sis xarakteriga ega. Xuddi shuningdek, hokimiyat
-
ning bo‘linishi prinsipi mustahkamlangan 11-modda, inson, uning
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi belgi
-
langan 13-moddaning qoidalarida ham ta’sis etuvchi xususiyatni
yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining
kengligi uning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi.
Boshqa turli qonunlar alohida bir ijtimoiy munosabatni tartibga
solsa (masalan, mehnat huquqi – mehnat munosabatlarini, moliya
huquqi – moliya munosabatlarini), Konstitutsiyaviy huquq tartibga
soladigan munosabatlar doirasi turli-tumandir. Masalan, u shaxs
huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham,
siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish bilan cheklanmay, unga da’vat ko‘rinishida bo‘lsa ham, kela
-
jak maqsadlar belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi
muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat barpo etish” maqsadi
ko‘rsatilgan.
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi
uning muhim xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning
o‘zi ham Konstitutsiyaning oliyligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya barcha
qonunlardan yuqori turadi, uning normalariga boshqa qonunlar zid
bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, ustunligi uni qabul qi-
42
lish va unga o‘zgartirish kiritish alohida tartibda o‘rnatilganligida
ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul
qilinsa, Konstitutsiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning alohida tar-
tibi, mexanizmi o‘rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida max
-
sus organlar tuziladi. Masalan, Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy
vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish hisoblandi.
6. Konstitutsiyaning huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi
keyingi bandlarda batafsil yoritiladi.
Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi.
Uning vujudga kelish sharoitlari har xil bo‘lishi mumkin. Milliy
qadriyatlar, xalq o‘tmishi, madaniyati, tili ham konstitutsiyalar
-
da aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatlarning konstitu-
tsiyalari yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo‘lmagan holda,
maxsus xususiyatlarning bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu xususi
-
yatlar mavjud masalalarning mohiyatini buzmagan holda turlicha
belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi. Konstitutsiyalarning tuzi-
lishlarida ham alohida xususiyatlar uchrashi mumkin.
Masalan ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida konsti
-
tutsiyaviy tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitu-
tsiyasi). O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari
qatoriga fuqarolar huquqlarining kafolatlari,oila munosabatlari-
ning alohida bobda ko‘rsatilganligi, saylov tizimi uchun, mahal
-
liy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida
boblar ajratilganligini ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |