Konstitutsiyaviy


XXIX bob. Mudofaa va xavfsizlik



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

XXIX bob. Mudofaa va xavfsizlik

1-§. Milliy xavfsizlik – taraqqiyot garovi

Har  bir  mamlakatda  milliy  xavfsizlikni  ta’minlash  asosiy 

masala bo‘lib, bunda davlat asosiy rolni o‘ynaydi.

“O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  mus

-

tahkamlash,  uning  hududida  barqarorlikni  ta’minlash,  mam



-

lakatimizning  jahon  xo‘jaligi  tizimida  va  jahon  hamjamiya-

tida  munosib  joyni  egallashiga  erishish  –  davrimizning  asosiy 

vazifasidir”

 1

, – deb bu masalaning ahamiyatini ko‘rsatib bergan 



edi Prezidentimiz.

Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni 

ta’minlash  konsepsiyasini  ishlab  chiqish,  uning  asosini  yaratuv-

chi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik 

masalasida yagona davlat siyosati bo‘lishiga, barcha siyosiy, iqti

-

sodiy,  tashkiliy,  harbiy,  huquqiy  va  boshqa  chora-tadbirlarning 



uyg‘unlashgan tizimini yaratishga erishish yo‘lidan borildi.

Milliy xavfsizlik ko‘p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining

 

asosi – mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog‘liq. Shuning uchun 



iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to‘xtovsiz olib borildi. 

Mamlakatimiz  xavfsizligini  ta’minlashning  asosi  yoshlar 

ekanligiga  hamda  yoshlarni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashga 

alohida e’tibor berildi.

Milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahondagi mamlakat

-

lar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o‘rnatildi.



Milliy  xavfsizlikni  ta’minlash  bo‘yicha  davlat  siyosati  va 

uning uzoq yillarga mo‘ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 

24-fevralda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon 

qilib berildi.

1996-yil 24-aprelda Oliy Majlis sessiyasida “Milliy xavfsizlik 

to‘g‘risida”gi Qonun muhokamaga qo‘yildi. 1997-yil avgust oyida 

bo‘lib  o‘tgan  Oliy  Majlis  sessiyasida  esa,  Respublikaning  milliy 

xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat 

1  Karimov  I.A.  O‘zbekistonning  siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy 

tamoyillari. – T.: O‘zbekiston. 1995. – 57–58-betlar.




534

davlat xavfsizligini ko‘zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; 

jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini; davlatning konsti

-

tutsiyaviy tuzumi, suveriniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham 



ko‘zda tutadi.

Prezidentimizning:  “Demokratik  va  ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zga-

rishlarni  amalga  oshirish,  ma’naviy  taraqqiyotga  erishish,  shu-

ningdek,  O‘zbekistonning  jahon  hamjamiyati  bilan  hamkorligini 

kuchaytirishining  asosiy  sharti  va  garovi  –  mamlakatimizning

 

xavfsizligini ta’minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, mil



-

latlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlikni saqlash va ko‘z qorachig‘i-

day  asrashdir”

 1

  –  degan  so‘zlari  mamlakatimiz  xavfsizligining 



ahamiyatini yanada to‘laroq ko‘rsatadi.

Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib bora

-

digan tashqi siyosati ham muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli milliy 



xavfsizlikni  saqlash  bilan  bog‘liq  davlatimizning  tashqi  siyosati-

ning ustuvor yo‘nalishlari 2005-yildagi Oliy Majlis Palatalarining 

qo‘shma majlisida Prezident tomonidan ko‘rsatib o‘tildi. 

Ma’ruzada O‘zbekiston tashqi siyosatining mazmuni, maqsa

-

di bitta – u ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaatidir, deb alohida qayd 



qilindi.  Hamda  O‘zbekistonning  xavfsizligi  Markaziy  Osiyodagi 

tinchlik va barqarorlikka, qo‘shni davlatlardagi ahvolga bog‘liqligi, 

O‘zbekistonning xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xalqaro va min-

taqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi e’tirof 

etildi.

Xavfsizlik va uning ta’minlash usullaridan bo‘lgan mudofaa 

ahamiyati  yuqoriligi  e’tiborga  olinib,  shu  masalalarning  asoslari 

Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi mudofaa va xavfsizlikka alohida 

XXVII bobni ajratgan.

O‘zbekistonning  davlat  suvereniteti  va  hududiy  yaxlitligini, 

aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstitutsi

-

yaviy normada o‘z ifodasini topgan (125-modda).



Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash doimo ustu

-

vor masalalardan bo‘lib kelgan.



1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – 

T.: O‘zbekiston, 2000. – 35-bet.




535

O‘zbekiston Prezidenti ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to‘q-

qizinchi sessiyasida jamiyat hayotidagi muhim ustuvor yo‘nalish-

larni  ko‘rsatar  ekan:  “Ikkinchi  ustuvor  yo‘nalish.  Bu  –  mam

-

lakatimizda  xavfsizlik  va  barqarorlikni,  davlatimizning  hududiy 



yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi 

va osoyishtaligini ta’minlashdan iborat”

 1

, – deb qayd qilgan edi.



Bundan ko‘rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik faqat davlat 

va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun emas, fuqa-

rolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini 

ta’minlash uchun ham zarur.

“Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir 

tizim  bo‘lib  (Qonunning  2-moddasi),  u  aniq  prinsiplar  asosida 

tashkil qilinadi.

Mudofaa  sohasidagi  O‘zbekiston  siyosati  prinsiplari  quyi-

dagilardan iborat:

-  boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi 

tajovuzlarning oldini olish;

-  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq  ravishda  kollektiv 

xavfsizlik tizimida ishtirok etish;

-  harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar 

xususiyatiga mosligini ta’minlash;

-  yalpi qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, 

egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;

-  Qurolli  Kuchlarning  mamlakatga  beriladigan  har  qanday 

tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi;

-  mudofaani yetarli darajada bo‘lishi;

-  harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta’minlash.

Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavf

-

sizlikni saqlashga e’tibor hech vaqt va hech qanday holda susay



-

tirilmasligi kerak.

Hozirgi davda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘di-

rayotgan narsa – bu terrorizm bo‘lib qolmoqda. Uning mudhish 

i

shlaridan  bir  necha  marta  aziyat  chekildi  va  qurbonlar  berildi. 



1  Karimov  I.A.  O‘zbekistonda  demokratik  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo‘nalishlari.  –  T.:  O‘zbekiston. 

2002. – 19-bet.



536

Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo‘llari haqida Prezident 

o‘zining bir necha nutqlarida to‘xtalgan

 1

.



Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlat

-

ning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o‘ynaydi. U mam



-

lakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta’minlashga 

safarbar  qiladi.  Shu  maqsadda  fuqarolar  mudofaasi  tashkil  qili

-

nadi. Bu ishga fuqarolar o‘rgatiladi, ko‘niktiriladi.



O‘zbekistonda “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”

 2

 maxsus qo



-

nun mavjud bo‘lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan 

bog‘liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan.

Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan 

aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko‘rib qo‘yish ju

-

da katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro 



masalalar, bo‘lajak xavf-xatarlarni o‘rganish, tadqiq qilish maqsa

-

dida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan. 



Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakat Prezidenti huzurida 

tuzilgan maslahat organi – Xavfsizlik kengashi katta rol o‘ynaydi. 

U milliy xavfsizlik bilan bog‘liq barcha masalalarni ishlab chiqish 

va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi, shunga mas’uldir.

Milliy xavfsizlikni ta’minlashda mamlakatning Milliy xavfsiz-

lik xizmati alohida rol o‘ynaydi. Bu xizmatni, Konstitutsiyaning 

93-moddasi  24-bandiga  binoan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezi

-

denti tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozi



-

midan ozod etadi, keyinchalik shu masalalar xususida chiqarilgan 

Prezident farmonlari Oliy Majlis Senatiga tasdiqlash uchun kiri

-

tiladi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish