Soliqlar tizimi
– bu tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy birlikka
ega bo‘lgan alohida soliqlar yig‘indisidir.
Hozirgi paytda O‘zbekiston soliqlar va majburiy to‘lovlar ti
-
zimida “Soliq kodeksi” 23-moddasiga asosan quyidagi soliqlar va
majburiy to‘lovlar turlari belgilangan:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus
soliqlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig‘i;
10) transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz ishlat
-
ganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga esa, quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar;
- yagona ijtimoiy to‘lov;
- fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta badallari;
- budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajrat
-
malar;
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:
- respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
- Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Bulardan qaysilari umumdavlat soliqlari va majburiy to‘lovlar
bo‘lishi, qaysilari mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar
bo‘lishi kodeksning shu moddasida belgilab qo‘yilgan.
528
Soliqlarni joriy qilish – bu hokimiyatning qonun chiqaruvchi
organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakola
-
tidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 123-moddasi
-
da “Soliqlarni joriy qilishga fakat O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi haqli”, – deb yozib qo‘yilgan.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lishi uchun quyidagi
elementlar bo‘lishi shart:
soliq solish obyekti;
soliq solinadigan baza;
stavka;
hisoblab chiqarish tartibi;
soliq davri;
soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
to‘lash tartibi.
Soliq qonunida bu elementlarning bo‘lmasligi yoki noaniq
ifodalanishi soliq munosabatlarida chalkashliklarni yuzaga keli-
shiga, qonun oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarilmasdan qoli-
shiga sabab bo‘ladi.
Qonunchilikkk
a asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari ma-
halliy soliqlarni joriy etish huquqiga ega. Bu mahalliy hokimi
-
yat organi o‘z huquqini amalga oshirishi va davlatning yuqori
vakolatli organi tomonidan ilgari belgilangan soliqlarni biror
turini amalga kiritishi yoki bunday huquqdan voz kechishi
mumkin. Bundan tashqari ular soliq to‘plamidan imtiyozlarini
ham belgilash huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |