Konstitutsiyaviy


-§. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlar



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

3-§. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va Qurolli Kuchlar

-

ni boshqarish

Konstitutsiyaning 126-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi 

o‘z xavfsizligini ta’minlashuchun yetarli darjada Qurolli Kuchlari

-

ga ega”, – deb belgilangan.



“Mamlakatimiz sarhadlarining daxlsizligi va hududiy yaxlitli-

gini saqlash, el-yurtimizning osuda hayotini ishonchli himoya qi-

lishga qodir, zamonaviy qurol-aslaha va texnika bilan ta’minlangan, 

yaxshi  tayyorlangan  va  bugungi  kun  talablariga  to‘liq  javob  be

-

radigan, son jihatidan ixcham va harakatchan Qurolli Kuchlarni 



1 Bular haqida qarang: Karimov I.A. O‘zbkiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston,

 

1999. – 44–46-betlar.




540

vujudga


 keltirish – O‘zbekistonimizning buyuk kelajagini barpo 

etish  yo‘lidagi  eng  muhim  vazifalarimizdan  biridir”

 1

,  –  deb  bu 



masalaning mohiyatini ko‘rsatib bergan edi Prezidentimiz.

O‘zbekistonda hozirgi kunda Qurolli Kuchlarning qat’iy tizi

-

mi barpo etildi va u Konstitutsiyaning 126-moddasida belgilangan 



darajaga mos keladi.

Qurolli  Kuchlar  o‘z  ichiga  Mudofaa  vazirligi  va  Chegara 

qo‘shinlari bo‘linmalarining, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsiz-

lik  xizmatining  maxsus  qismlarini,  shuningdek  boshqa  idoralar-

ning harbiy tuzilmalarini oladi. Ya’ni, yuqoridagi bo‘linma va tu-

zilmalar birlashib, Qurolli Kuchlarni tashkil etadi.

O‘tgan yillar davomida davlatning mudofaa va harbiy qurilish 

sohasidagi siyosatini amalga oshiruvchi Mudofaa vazirligi, Davlat 

chegaralarini  himoya  qiluvchi  qo‘mita,  Ichki  ishlar  vazirligi  va 

boshqa Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi davlat organlari, tashki-

lotlarning  maqsad  va  vazifalari  qaytadan  ko‘rib  chiqilib,  yanada 

aniqlashtirildi. Mamlakatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini 

qurolli himoya qilishga tegishli qarorlar ishlab chiqadigan va ular-

ni amalga oshiradigan yangi tuzilma – Qurolli Kuchlarning bir

-

lashgan shtabi tuzilishi mudofaa sohasida muhim voqea bo‘ldi.



Mamlakat xavfsizligini saqlashda faqat kuchli Qurolli Kuchlar 

bo‘lishining o‘zi kifoya emas. Qurolli Kuchlar samarali, vakolatli 

boshqarilgandagina, ular o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘la bajara 

oladi. Shuning uchun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarni boshqa-

rishga alohida e’tibor beriladi.

O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlikning muhim ahamiyati

-

dan kelib chiqib, Qurolli Kuchlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezi



-

denti boshchilik qiladi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 20-bandiga 

asosan, Prezident O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 

Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi. U Konstitutsiyaning shu mod

-

dasiga binoan Oliy bosh qo‘mondon sifatida Qurolli Kuchlarning 



Oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifalaridan ozod etadi, Oliy 

harbiy unvonlarni beradi.

1  Karimov  I.A.  O‘zbekistonda  demokratik  o‘zgarishlarni  yanada  chuqurlashtirish  va 

fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. – T.: O‘zbekiston, 

2002. – 32-bet.



541

Prezidentning  mudofaa  sohasidagi  vakolatlari  (Oliy  bosh 

qo‘mondon) “Mudofaa to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida bel

-

gilangan.



Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘y-

sunuvidagi qurolli kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilma

-

lari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbar



-

lari amalga oshiradi.

Masalan, Mudofaa vaziri, Ichki ishlar vaziri, Milliy xavfsizlik xiz-

mati raisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi raisi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tinchlik davrida faqat o‘z tasar

-

rufidagi qo‘shinlarni boshqarishga rahbarlik qilsa, urush davrida 



Mudofaa  vaziri  bir  paytning  o‘zida  Oliy  bosh  qo‘mondon  o‘rin-

bosari hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan 

ularga tezkor va kundalik rahbarlikni Qurolli Kuchlarning Birlash

-

gan shtabi boshlig‘i amalga oshiradi.



Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi mamlakat suvereniteti 

va hududiy yaxlitligini qurolli himoya qilish sohasidagi qarorlarni 

ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi yagona qo‘mondonlik or

-

gani hisoblanadi.



Qurolli Kuchlarni boshqarishda harbiy okruglar alohida o‘rin 

tutadi, harbiy okrug alohida yo‘nalishlarda Respublika xavfsizigi 

va hududiy yaxlitligini ta’minlovchi asosiy harbiy-ma’muriy birlik 

hamda umum qo‘shin tezkor strategik birlashmadir.

Mudofaa  sohasidagi  O‘zbekiston  hukumatining,  Mudofaa 

vazirligining, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, mahalliy 

davlat hokimiyati organlarining vakolatlari “Mudofaa to‘g‘risida”gi 

Qonunning 9, 10, 12, 13, 14-moddalarida belgilab qo‘yilgan.

Mudofaa sohasida, Qurolli Kuchlarni tashkil qilishda fuqaro-

larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham ishtirok etadi, ya’ni 

davlat organlariga o‘z vazifalarini bajarishga ko‘maklashadi (Qo

-

nunning 15-moddasi).



Mudofaa  va  xavfsizlik  masalasi  o‘ta  muhim  masala  ekanli

-

gi  sababli  u  O‘zbekiston  Prezidentining  “O‘zbekiston  XXI  asr 



bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik

 shartlari va taraq-




542

qiyot kafolatlari” asarida barqarorlik hamda taraqqiyot kafolatlari 

va shartlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan

 1

.



Unda  ta’kidlanishicha,  davlatning  mudofaa  qobiliyati  uning 

siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy,  ilmiy  va  ma’naviy  imkoniyatlaridan 

tarkib  topadi.  Davlat  mudofaa  qobiliyatining  eng  muhim  qis-

mi unin


g  Qurolli  Kuchlaridir.  Harbiy  qurilish  sohasidagi  maq-

sad  professional  armiyani,  o‘z  tarkibida  yaxshi  tayyorlangan  va 

ta’lim  olgan,  o‘z  xalqiga,  ona  zaminiga  sadoqatli  bo‘lgan,  o‘z 

Vatanining sha’ni va qadr-qimmatini oxirigacha himoya qila ola

-

digan  jangchilarga  ega  bo‘lgan  armiyani  bosqichma-bosqich  vu



-

judga  keltirishdan  iborat.  Maqsad  miqdor  jihatdan  uncha  katta 

bo‘lmagan, lekin yaxshi shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy 

texnika  bilan  bekamu  ko‘st  qurollangan,  O‘zbekistonning  xavf

-

sizligini  mustaqil  ravishda  va  puxta  ta’minlashga  qodir  bo‘lgan 



Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir

 2

.



O‘zbekiston Prezidentining bu so‘zlarida mudofaaning ahami

-

yati, unda Qurolli Kuchlarning roli va Qurolli Kuchlarni takomil



-

lashtirish hamda undan ko‘zlangan maqsad aniq ko‘rsatib berilgan.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish