Sakkizinchi. Saylov natijalarini aniqlash
Saylov natijasini aniqlashning birinchi bosqichida saylov
uchastkasidagi ovozlar sanab chiqiladi.
Ovoz berish tugaganligi e’lon qilingach, saylov komissiyasi
a’zolari hozirligida, varaqalar solingan konvertlar qutilarga tash
-
lanadi, foydalanilmagan byulletenlar sanab chiqilib bekor qilinadi
va quti ochiladi.
Komissiya saylovchilarning umumiy soni va byulleten olgan
-
lar sonini aniqlab, har bir nomzodga berilgan ovozlarni alohida-
alohida sanab chiqadi.
Uchastka saylov komissiyasi:
- ovoz berishda ishtirok etganlarning umumiy sonini;
- har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini
aniqlaydi.
Ovozlarni sanab chiqishda siyosiy partiyaning vakolatli va
-
kili, kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Sanab chiqish natijalari bayonnomada qayd qilinib, u rais,
o‘rinbosar, kotib va boshqa a’zolar tomonidan imzolanadi.
308
Bayonnomani bir nusxasi 48 soatdan kam bo‘lmagan mud
-
datga uchastkada osib qo‘yiladi va bayonnoma okrug saylov
komissiyasiga yuboriladi.
Okrugda saylov natijalari uchastka saylov komissiyasi taqdim
etgan bayonnoma asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
- okrugdagi saylovchilarning umumiy sonini;
- saylov byulleteni va varaqalarni olganlar sonini;
- ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar sonini;
- har bir nomzodga yoqlab berilgan ovozlar sonini;
- haqiqiy emas deb topilgan byulleten va varaqalar sonini
aniqlaydi.
Bular bayonnomada ko‘rsatiladi va u rais, o‘rinbosar, kotib
hamda barcha a’zolar tomonidan imzolanadi hamda tegishlicha
Markaziy saylov komissiyasiga yoki viloyat, tuman, shahar say
-
lov komissiyalariga yuboriladi.
Qonunchilik palatasiga saylovlarda ham Markaziy saylov
komissiyasi okrug saylov komissiyasi bayonnomasi asosida Prezi
-
dent saylovidagi kabi ishlarni bajaradi, faqat u yerda deputatning
saylanishiga bir okrugdagi natija ta’sir qiladi.
Okrug bo‘yicha ovoz berishda ishtirok etganlarning yarmidan
ko‘pining ovozini olgan nomzod saylangan hisobalandi.
Saylov okruglari yoki ayrim uchastkalarda saylov natijalariga
ta’sir qiluvchi qonun buzilish hollari uchrasa, Markaziy saylov komis
-
siyasi shu joyda saylovni haqiqiy emas deb topishi mumkin. Bunday
qaror chiqqan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Prezidentlikka nomzod,
deputatlikka nomzod Respublika Oliy sudiga shikoyat qilishi mumkin
Markaziy saylov komisssiyasi saylov yakunlari bo‘yicha ba-
yonnoma tuzadi.
Mahalliy Kengashga saylovning yashirin natijalari tegishlicha
viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarida aniqlanadi.
Mazkur komissiyalar okrug saylov komissiyalarining bayon
-
nomasi asosida Markaziy saylov komissiyasi qilgan ishlarni amal
-
ga oshiradi va bayonnoma tuziladi.
Barcha saylovlarda ham saylovni o‘tgan deb topish, haqiqiy
deb topish uchun ro‘yxatga olingan saylovchilarning kamida o‘ttiz
uch foizi ishtirok etgan bo‘lishi kerak.
309
Saylov jarayonida takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov
o‘tkazilishi mumkinligi e’tiborga olingan.
Takroriy ovoz berish saylovda nomzodlar ikkitadan ortiq
bo‘lib, ularning birortasi ham ovoz berishda ishtirok etganlar-
ning yarmidan ko‘pining ovozini ololmagan bo‘lsa, eng ko‘p ovoz
olgan ikki nomzod bo‘yicha ikki hafta ichida o‘tkaziladi. Takroriy
saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning nisbatan
ko‘proq ovozini olgan nomzod saylangan hisoblanadi va bu say
-
lovda saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi.
Takroriy saylov quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilsa;
- nomzodlar bitta bo‘lib, u zarur miqdordagi ovozni to‘play
olmagan bo‘lsa;
- deputat saylovida saylov okrugida saylov o‘tmagan yoki
haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, agar takroriy ovoz berish depu
-
tat saylanganligini aniqlash imkoniyatini bermasa; okrug bo‘yicha
ikki nomzod ovozga qo‘yilib ulardan birortasi ham yetarli ovoz
ololmagan bo‘lsa.
Qonunchilik palatasiga va mahalliy Kengashlarga saylov
-
da takroriy ovoz berish va takroriy saylov tegishli okruglarda
o‘tkaziladi. Takroriy saylov o‘tkazish avvalgi saylov komissiyalari
-
ga topshirilishi yoki yangi komissiya tuzib o‘tkazilishi mumkin.
Takroriy saylov kechi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Bunda barcha
saylov jarayonidagi tadbirlar qayta o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasiga saylov jarayonida qo‘shimcha bir tad
-
bir, bosqich mavjud bo‘lib, u Qonunchilik palatasiga Ekologik
harakatdan deputat saylash hisoblanadi
1
.
Umumiy saylov jarayonining yana bir bosqichi (tadbiri) – de-
putatlarni ro‘yxatga olish hamda saylov yakunlarini e’lon qilishdir.
Saylov jarayonining oxirgi bosqichi – saylov yakunlarini e’lon
qilish hisoblanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarini Markaziy saylov komissi
-
yasi ro‘yxatga olib, bu haqida deputatlarni xabardor qiladi. Depu
-
tatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinishi
1 Bu haqda, ya’ni senatorlar saylovi to‘g‘risida darslikning “Oliy Majlis” bobida
kengroq to‘xtalamiz.
310
bilan deputatlik maqomiga ega bo‘ladi. Markaziy saylov komis
-
siyasi saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni, deputatlar ro‘yxati
va ular haqidagi ma’lumotni o‘n kundan kechiktirmay matbuotda
e’lon qiladi.
Viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari tegishli vilo-
yat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan ro‘yxatga
olinib, ma’lumot ommaviy axborot vositalarida shu komissiyalar
tomonidan e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |