XIII bob. Fuqarolarning asosiy burchlari
1-§. Asosiy burchlar tushunchasi
Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari
mavjudligi bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burch-
lari mavjudligi bilan ham belgilanadi.
Burch ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir. Ayniqsa, fuqa
-
ro va davlat munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etishda, manfaatlar
mushtarakligini ta’minlashda burch zarur bo‘lib, u davlatda ham,
fuqarolarda ham bo‘ladi. Mamlakatda jamiyat, fuqarolar, davlat
manfaatidan kelib chiqib, burchlar o‘rnatiladi. Bu yerda fuqarolar-
ning burchi, aniqrog‘i, asosiy burchi to‘g‘risida fikr yuritamiz.
Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o‘rnatilib, ular
fuqarolarning huquqlari buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon
yetmasligi nuqtayi nazaridan belgilanadi.
Burch asosan qoidalardan kelib chiqadi, u doimiy yoki mud
-
datli bo‘ladi; davlat tomonidan belgilanadi va bajarilishi talab eti
-
ladi. Burch ixtiyoriy bajarishga xavola qilinadi, ixtiyoriy bajaril
-
maganda jinoiy, ma’muriy jazolar qo‘llaniladi.
Burchni bajarish barcha uchun majburiy, ayrim burchlar esa,
alohida fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni o‘tash
burchi hammaga ham taalluqli emas. Xuddi shuningdek, qonunda
belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni hech qanday daro
-
madga ega bo‘lmaganlar to‘lamaydi.
Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish va boshqa
faoliyatlari bo‘yicha ko‘plab burchlar belgilangan.
Konstitutsiyada esa, jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy
va eng zarur, qilinishi majburiy yoki qilish mumkin bo‘lmagan
xatti-harakatlar burch sifatida belgilangan. Shuning uchun ular
mazmuni, amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtayi nazaridan asosiy
burchlar deb ataladi. Fuqarolarning “konstitutsiyaviy burchi”
yoki “asosiy burchi” bir ma’noda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy
burchlarning bajarilishidan jamiyat a’zolari, davlat birdek manfaat
-
dordir. Yana burchlar ixtiyoriy to‘la bajarilishi jamiyat rivojlani-
shiga ijobiy ta’sir qiladi.
195
O‘zbekiston Konstitutsiyasining XI bobi “Fuqarolarning burch-
lari” deb nomlangan va olti moddani o‘z ichiga oladi. Bu burchlar
siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy masalalarga taalluqli, bajarilishi majburiy
xatti-harakatlardir.
Konstitutsiyada javobgarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilanmay,
burchlarni bajarmaganlik uchun jinoyat qonunchiligi va ma’muriy
qonunchilikda jazolar belgilangan. Burchlarni bajarmaganlik
uchun jazo turlari va miqdori qonunlarda belgilangan doirada sud
tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |