Konstitutsiyaviy


-§. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

6-§. Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi

Konstitutsiyaning 18-moddasi fuqarolarning jinsidan qat’i nazar 

qonun oldida tengligini o‘rnatgan bo‘lsa, Konstitutsiyaning 46-mod

-

dasi “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, – deb, umuman 



ularning barcha sohada, munosabatda tengligini kafolatlaydi.

Xotin-qizlar  va  erkaklarning  teng  huquqliligini  amalda 

ta’minlash  maqsadida  ko‘plab  huquqiy  hujjatlar  qabul  qilingan  va 

tadbirlar belgilangan.

Bular  bir  tomondan  ayollarga  bilim  olish,  kasb  egallash, 

mehnat  qilish,  mehnatiga  haq  to‘lashda,  mamlakatning  ijtimoiy-

siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari uchun erkaklar bilan teng 

imkoniyatlar yaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ayollarning oila-

dagi o‘rni, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinib, ularning mehnat 

qilishi,  sog‘lig‘ini  saqlashi  uchun  qulay  sharoitlar  va  imtiyozlar 

belgilanishida ko‘rinadi.

Ikki narsa, bir tomondan, teng imkoniyatlar, ikkinchi tomon

-

dan,  ayollarga  qo‘shimcha  sharoit  va  imtiyozlar  yaratilishi  bilan 



ayollarning teng huquqliligi ta’minlanmoqda.


192

Ayollarga bilim olish, mehnat qilish, siyosiy hayotda ishtirok 

etish huquqi, imkoniyati berilib, bu huquqlarning amalga oshishi 

uchun  qo‘shimcha  imtiyozlar  berilmasa,  bunday  teng  huquqlilik 

ayollarga  foyda  keltirishdan  ko‘ra,  ularni  qiynab  qo‘yadi.  Sababi, 

ayollarning oiladagi vazifasi juda katta va jismoniy qobiliyati ham 

erkaklarniki  singari  emas.  Agar  ayollar  oila  ishlariga  yetarlicha 

vaqt ajrata olmasa, ularning eng muhim vazifasi – bola tarbiyasi 

zarar  ko‘radi.  Bu  jamiyat  uchun  ham  zararlidir.  Shuning  uchun 

imtiyozlar ayollarning oiladagi o‘rniga har tomonlama qulaylik ya

-

ratishni ko‘zlaydi.



Ayollarning  oiladagi  yumushlarini  yengillashtirishga  qaratil

-

gan  tadbirlar  natijasida  turli  tarmoqlarda  mehnat  qiluvchi  ayol



-

larning salmog‘i ortib bormoqda. Ayniqsa, ijtimoiy sohada, ta’lim, 

sog‘liqni saqlash sohalarida ular yetakchi hisoblanadi.

Davlatimiz ayollarning davlatni boshqarish ishlarida ko‘proq 

ishtirokini  ta’minlash,  rahbarlik  lavozimlariga  jalb  qilish  uchun 

ham  tegishli  imtiyozlar  yaratmoqda.  Saylov  qonunchiligiga 

o‘zgartirish kiritilib, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilayotgan nom

-

zodlarning  kamida  30  foizi  ayollardan  bo‘lishining  belgilanishi 



munosabati  bilan  vakillik  organlari  tarkibining  ma’lum  qismini 

ayol deputatlar tashkil etdi. Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat 

raisi o‘rinbosari ayol kishi ekanligi, qo‘mitalarning raislari orasi

-

da, hukumat tarkibida ayollarning mavjudligi ayollar bilan erkak



-

lar teng huquqliligining kafolati natijasidir.

Huquq  va  erkinliklar  qonunlarda  mustahkamlab  qo‘yilib, 

ularning amalga oshishi, ta’minlanishi uchun qo‘shimcha chora 

ko‘rilmasa, kafolatlar tizimi bo‘lmasa, unda huquq va erkinliklar 

qog‘ozda  qolib  ketaveradi.  Davlatimiz  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini  Konstitutsiya  va  qonunlarda  belgilash  bilan  ular-

ning amalga oshishini ta’minlovchi kuchli kafolatlar tizimini ham 

yaratgan  va  uni  takomillashtirish  bo‘yicha  muntazam  ish  olib 

bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi Maxsus qismi 

VII  bobining  “Fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkin

-

liklariga  qarshi  jinoyatlar”  deb  nomlanishi,  ko‘plab  harakatlar 



uchun jinoiy javobgarlikning belgilanishi ham huquq va erkinliklar 


193

davlatning  alohida  e’tiborida  ekanligini  ko‘rsatadi  va  kafolatlarni 

kuchaytiradi.


Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish