Konstitutsiyaviy


-§.  Inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlashda



Download 5,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/286
Sana13.01.2022
Hajmi5,93 Mb.
#356914
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286
Bog'liq
11.Konstitusiyaviy huquq lotin

2-§.  Inson  huquqlari  va  erkinliklarini  ta’minlashda 

milliy huquq tizimining o‘rni

Inson  huquqlari  masalasi  davlatning  faqat  ichki  masalasi 

bo‘lmasdan, xalqaro ahamiyatga egadir. Inson huquqlarini ta’min-

lashda xalqaro tashkilotlar, ular tomonidan qabul qilingan hujjatlar 

alohida rol o‘ynaydi.



185

Lekin, har bir shaxs, inson asosan biror-bir mamlakat hudu

-

dida yashaydi va ko‘pincha ma’lum mamlakatning fuqarosi hisob-



lanadi.  Shuning  uchun  alohida  shaxslar,  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini ta’minlashda davlat markaziy o‘rinda turadi.

Davlat  buning  uchun,  eng  avvalo,  insonlarning  huquqini 

ta’minlovchi  huquq  tizimini  yaratadi.  Ya’ni,  inson  huquqlarini 

ta’minlovchi huquq tizimi milliy huquq tizimining tarkibiy qismi 

hisoblanadi.

Mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlovchi milliy huquq 

tizimida O‘zbekiston Konstitutsiyasi alohida o‘rin tutadi.

Konstitutsiyada inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkin

-

liklari  mustahkamlanadi,  ularni  ta’minlash  yo‘llari  belgilanadi. 



Konstitutsiya  insonlarga  tegishli  barcha  huquqlarni  qayd  qila  ol

-

maydi, faqat inson uchun eng zarur hayotiy huquq va erkinliklarni 



mustahkamlab qo‘yadi. Konstitutsiyamiz ishlab chiqilayotgan vaqt

-

da  inson  huquqlari  bo‘yicha  xalqaro  ahamiyatga  ega  eng  asosiy 



hujjatlar:  “Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasi”,  “Iqti

-

sodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  Xalqaro  Pakt, 



“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro Pakt va unga 

qo‘shimcha (fakultativ) Protokollarning qoidalaridan keng foydala

-

nildi. Bundan tashqari, inson huquqlariga taalluqli xalqaro hujjat



-

lar: “Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga bar

-

ham berish to‘g‘risida”gi Konvensiya, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi  



Konvensiya  va  boshqa  hujjatlarga  qo‘shilish  bilan  mamlakatimiz 

shu  hujjatlar  ko‘rsatmalarini  bajarish  va  hujjat  qoidalarini  milliy 

qonunchiligimizga singdirish majburiyatini oldi.

Agar xalqaro hujjatlardagi qoidalar mamlakatlarning bajarishi 

uchun ko‘rsatma bo‘lsa, har bir mamlakat, jumladan, O‘zbekiston 

milliy qonunchiligida ana shu ko‘rsatmalarni amalga oshirish cho

-

ralari ham belgilanadi va shu bilan inson huquqlarini ta’minlash 



real voqelikka aylanadi.

Inson huquqlari, ularning asosiylari Konstitutsiyamizda ko‘r-

satilgan  bo‘lib,  ularni  ta’minlash  yo‘llari  haqida  konstitutsiyada 

ko‘rsatmalar bo‘lsa, shu huquqlarni yanada kengroq ta’minlash im

-

koniyati  Konstitutsiya  asosida  qabul  qilingan  boshqa  qonunlarda 



belgilangan.


186

Mamlakatimizning  inson  huquqlarini  ta’minlovchi  qonunlari 

qatorida “Fuqarolik to‘g‘risida”gi, “Saylov to‘g‘risida”gi barcha qo

-

nunlar,  Mehnat  kodeksi,  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi,  “Ijtimoiy  ta’minot 



to‘g‘risida”gi va ko‘plab boshqa qonunlarni ko‘rsatish mumkin.

Ular  Konstitutsiyada  qayd  qilingan  inson  va  fuqarolarning 

huquqlarini ta’minlash mexanizmlarini ham yaratgan.

Bulardan tashqari, ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar, idoraviy 

hujjatlar  inson  huquqlarini  ta’minlashda  muhim  rol  o‘ynaydi  va 

milliy huquq tizimini boyitadi.

Mamlakatimizda  qabul  qilinayotgan  har  qanday  normativ-

huquqiy hujjatlar inson huquqlari, manfaatlari ustuvorligi prinsipi

-

ni ta’minlashni nazarda tutadi.




Download 5,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish