5-qoralovchining savoli:
«TEMIR YO‘L BILETLARI»
- Men temir yo'l kassiriman, bilet sotaman, - deb gap boshladi
navbatdagi qoralovchi. - Ayrimlarga bu ish juda osondek ko'rinadi.
Aslida, kichkina bekat kassirining ham juda ko'p turdagi biletlar bi
lan ish ko'rishi hech kimning xayoliga kelmaydi. Zero, yo'lovchilar
bir bekatdan o'sha yo'ldagi boshqa har qanday bekatgacha, shu
bilan birga, ikki tomonga bilet ola bilishlari kerak. Men xizmat qi-
ladigan yo'lda 25 ta bekat bor. Sizningcha, temir yo'l boshqarmasi
mazkur yo'lning hamma kassalari uchun har xil bilet namunalari-
dan qanchadan tayyorlashi kerak?
Hoshimjon bu savolga ham yelka qisish bilan javob berar ekan,
«Eh, sehrli qalpoqcham yonimda bo'lgandami», - deb qo'ydi ichi-
da. Bosh hakam javob yo'qligini ko'rgach:
- Navbat sizga, janob qoralovchi, - deb navbatni keyingi qora-
lovchiga berdi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |