Mavzu tо‘lov balansi


  О‘zbekistonda tо‘lov balansi holati tahlili



Download 210,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/18
Sana13.01.2022
Hajmi210,17 Kb.
#355929
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu

3.8.  О‘zbekistonda tо‘lov balansi holati tahlili 

U yoki bu davlatning eksport hajmi о‘sha davlatda ishlab chiqariladigan tovarlarning 

chet  elga  yetkazib  berish  qobiliyati,  ya’ni  eksportni  taklif  qilishga,  shuningdek,  chet 

elliklarning shu tovarni sotib olishga bо‘lgan ishtiyoqi, eksportga bо‘lgan talabiga bog‘liq. 

Qishloq  xо‘jaligining  dastlabki  mahsulotlaridek  eksport  moddalari  haqida  gap 

ketganda  har  qanday  davlat,  odatda,  jahon  bozorida  aniqlanadigan,  belgilanadigan  narx 

bо‘yicha  tovarlarni  yetkazib  berish  imkoniyatiga  ega  bо‘lgan  hajmdagi  tovarlarni  sotishi 

mumkin.  Bu,  birinchi  navbatda,  qurilgan  kichkina  davlat  gipotezasiga  tо‘g‘ri  keladi.  Bu 

holda  eksport  hajmini  davlat  ichida  shunday  xabarlar  taklifini  aniqlovchi  ishlar  asosida 

prognozlashtirish kerak. Umuman, olganda tahlilni 2 bosqichga bо‘lish mumkin: 

1. Davlat ichida ishlab chiqarishni aniqlovchi omillar tahlili; 

2. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi eksportga ketishini aniqlash. Ikkala bosqichda 

ham asosiy rolni narx stimullari о‘ynaydi. Ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi narxlar stimuli, 



ushbu  holatda  ichki  vakolatdagi  mahsulotlar  narxi  va  ishlab  chiqarishda  kо‘rilgan  zarar 

nisbati hisoblanadi Ishlab chiqarish umumiy hajmining qanday qismi eksportga ketishi ichki 

narx  va  о‘sha  tovarning  chet  elda  sotilishi  mumkin  bо‘lgan  narxi  orasidagi  nisbat  bilan 

aniqlanadi. 

Eksport  taklifining  empirik  formulasi  quyidagi  soddalashtirilgan  tenglamaga 

asoslangan bо‘lishi mumkin; 







=

GAP


,

Yp

,



Py

Px

f



Px

X

 



(+)  (+)  (-) 

Bu yerda: 

X – eksportning milliy valyutadagi qiymati; 

Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi; 

Py – milliy valyutadagi ichki narxlar; 

Yp – eksport sektorining ishlab chiqarish quvvati; 

GAP - qondirilgan ichki talab. 

Nisbiy narxning  о‘zgarish almashish kurslari, eksport soliqlari  yoki subsidiyalar  va 

ichki zararlarga ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Almashish kursining pasayishi eksport narxining 

milliy  valyutadagi qiymatlari  о‘sishiga olib keladi va buning natijasida mahsulotni davlat 

ichkarisida  sotilgan  qiymatga  nisbatan  eksport  foydaliligi  о‘sadi.  Shuningdek,  eksport 

subsidiyalari ham ayni ta’sirni kо‘rsatadi. 

Eksport  sektorining  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvati  eksport  hajmining  о‘sishini 

cheklashi  mumkin.  Amaliyotda  ushbu  vaziyatni  empirik  baholash  mushkul.  Agar  eksport 

mahsuloti shuningdek, ichki bozorda ham sotilsa, unda eksport hajmiga ushbu davlatdagi 

talabning  ortiqchaligi ta’sir qilishi mumkin. Ishlab chiqarish quvvatining mavjud darajali 

davrida  talab  ortiqchaligining  pasayishi  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  ishlab  chiqarish 

rentabelligini  ushlab  turishda  eksportga  ketadigan  mahsulot  sotilishini  о‘stirishga  imkon 

yaratadi. 

 Eksportning  ba’zi  kategoriyalari  uchun  eksport  hajmini  talab  omillari  asosida 

prognozlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu holda, u yoki bu davlatning eksport mahsulotga 

bо‘lgan  talabiga  о‘sha  davlatning  yirik  savdo  hamkorlari  hisoblanuvchi  davlatlardagi 

daromad darajasi, shuningdek, ushbu davlat eksportining narxi va eksport bozorlariga davlat 

eksportining narxi о‘rtasidagi nisbat va ular tо‘g‘risidagi omildan foydalaniladi. Eksportga 

bо‘lgan talab funksiyasini quyidagicha yozish mumkin: 







=

Pn

Px



,

Pw

WD



f

Px

x



Bu yerda: 

X – eksportning milliy valyutadagi narxi; 

WD – milliy valyutada ifodalangan jahon talabi; 

Rx – eksportning milliy valyutadagi narxi; 

Pw – milliy valyutadagi jahon narxlari; 

Pn  –  milliy  valyutada  ifodalangan  eksport  raqobatlari  va  import  о‘rnini  bosuvchi 

talablar narxi. 

Yuqorida keltirilgan tenglamada shu narsa kо‘rinib turibdiki, eksportga bо‘lgan talab 

qisman  о‘sha  davlat  mahsulotiga  bо‘lgan  jahon  talabi  bilan  aniqlanadi.  Shuningdek,  bu 

о‘sha  davlat  eksport  mahsulotining  qay  darajada  sotilishi  va  о‘sha  bozordagi 

raqobatchilarning eksport narxining о‘rtacha tortilganligi о‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq. 

Bu  о‘rtacha  tortilgan  narx,  shuningdek,  hamkor  davlatlarda  import  о‘rnini  bosuvchi 

tovarning ichki narxlarini ham о‘z ichiga olishi kerak. Talab va nisbiy narxlarning о‘zgarishi 

tо‘g‘risidagi  modelni  tuzish  uchun  ma’lum  usullar  yordamida  savdo  bо‘yicha  hamkor 

davlatlarda daromadlar va narxlar tо‘g‘risidagi ma’lumot kerak bо‘ladi. 

 


Download 210,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish