4.6. Ohorlash jarayonidagi avtomatik rostlagichlar
Iplarni sifatli ohorlash va ohorlash rejimini bir xilda ta’minlash
uchun ohorlash mashinasiga har xil avtomatik rostlagichlar
o‘rnatilgan.
1. Ohor sathini nazorat qiluvchi.
2. Ohor haroratini saqlab turuvchi.
3. Namlikni rostlovchi avtomat.
4. To‘quv g‘altaklariga tanda iplarining bir xil tezlik va zichlik
bilan o‘ralishini ta’minlovchi rostlagich.
Hozirgi vaqtda ohorlash mashinalarida quyidagi omillar
nazorat qilinib turiladi va rostlanadi: mashina zonalari bo‘yicha
ip tarangligi, ipning cho‘zilishi, siqish valining bosimi, quritish
barabanidagi harorat, ohor idishidagi ohor harorati va uning sathi,
to‘quv g‘altagiga ipning o‘ralish zichligi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |