Ohor sathi rostlagichi Ohorlash jarayonida ip ohorga cho‘ktiriladi va o‘zi bilan birga
ma’lum miqdorda ohorni olib ketadi va bu hol ohor idishidagi ohor
sathining kamayishiga olib keladi. Ipni ohorga cho‘ktirish chuqurligi
ohorlanish miqdoriga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun ohor sathi
ohorlash jarayoni davomida bir xilda saqlanishi lozim va buning
uchun ohorlash mashinalari ohor sathi rostlagichi bilan ta’minlangan
(4.10-rasm).
4.10-rasm. Ohor sathi rostlagichi:
1 – kontakt; 2 – ohor; 3 – rele; 4 – nasos; 5 – ohorxona;
6 – ohor quvuri; 7 – ohor idishi.
Ohor sathi o‘zgarganda ohorlash idishiga 7 ohor 2 nasos 4
yordamida ohorxonadan 5 quvur 6 orqali uzatiladi (4.10-rasm).
Ohor sathini o‘zgarishi elektrodlarning 1 qarshiliklarini o‘zgartiradi
va signal relega 3 berilib, nasos 4 ishga tushiriladi va kerakli
miqdordagi ohor uzatiladi.