75
1. Barabanli. 2. Kamerali. 3. Aralash. 4. Maxsus.
4.2-rasm.
Ohorlash mashinasining asosiy zonalari.
Ohorlash mashinalari Shveysariya, Germaniya, Yaponiya,
Italiya, Hindiston, Xitoy, Rossiya va boshqa ko‘plab
davlatlarning
turli firma va kompaniyalarida ishlab chiqariladi.
Barabanli
quritish usulida tanda iplari quritish barabanining
issiq sirt yuzasidan o‘tishi hisobiga quritiladi (4.3-rasm). Ishlab
chiqarishda ko‘proq Benninger Zell (Shveysariya), Karl Mayer,
Schlafhorst,
Sucker Muller, Hacoba, (Germaniya), Tsudakoma
(Yaponiya), Ramallumin (Italiya), Hi-Tech Machines (Xindiston),
GA–308 (Xitoy), SHB, SHK (Rossiya) va boshqa barabanli ohorlash
mashinalari keng qo‘llaniladi.
4.3-rasm.
Quritish barabanlari.
Afzalligi:
1. Jarayon tezligi yuqori.
2. Quritishning ravonligi.
76
3. Quritish samarasi yuqori.
4. Quritish vaqtining kamligi.
Kamchiligi:
1. Ohor qovushqoqligi yuqori bo‘lganda quritishning qiyinligi.
2. Ip tuklarining shikastlanishi (barabanlar bilan ishqalanishi).
Kamerali
usul asosan bo‘yalgan va jun iplarini ohorlashda
qo‘llanilib, ohorlangan ip quritish kamerasi
ichidagi issiq havo
hisobiga quritiladi (4.4-rasm) va SHK–180 (1, 2, 3), SHKV–230 (1,
2, 3) mashinalarida amalga oshiriladi.
4.4-rasm.
Kamerali quritish sxemasi.
Afzalligi:
1. Quritishning doimiyligi va ravonligi.
2. Quritishdan so‘ng iplarning yaltirab qolmasligi.
3. Quritishda iplarning yopishib qolmasligi.
4. Quritish tezligining yuqoriligi.
Kamchiligi:
1. Xarajatning yuqoriligi.
2. Yopiq kameralar uchun quritishga ko‘p vaqt talab etilishi.
3. Temperaturaning bir me’yorda taxminlashning qiyinligi.
Aralash usul
ipakchilikda ishlatilib, tanda iplari ham issiq havo,
ham
barabanlar yordamida quritilib, ikki xil usul birga qo‘llaniladi
va SHB–155-I markadagi mashinalarda bajariladi (oxirgi harf sun’iy
ipak tolalariga taalluqliligini bildiradi).
77
Afzalligi:
1. Quritishni doimiyligi va ravonligi.
2. Quritish samarasining yuqoriligi.
3. Quritish tezligining yuqoriligi.
Kamchiligi:
1. Quritishdan so‘ng iplarning yaltirab qolishi.
2. Xarajatning yuqoriligi.
Maxsus usul
da tanda iplari infraqizil nurlar, havo-gazli tizim-
lar yordamida quritiladi. Bu usul hali
ishlab chiqarishda tatbiq
etilmagan.
Afzalligi:
1. Quritishdan so‘ng iplarning yaltirab qolmasligi.
2. Quritish samarasining yuqoriligi.
Kamchiligi:
1. Iplarning kuyib qolishi.
2. Xarajatning yuqoriligi.
3. Ravon isitishning qiyinligi.
4.
Xavfli bo‘lishligi.
Ohorlash mashinasi tanda g‘altaklari uchun tirgovuchlar, ohor
tog‘orasi, quritish qurilmasi,
ip ajratish, chiqarish, o‘rash vallari,
jamlash va harakat uzatish kabi asosiy mexanizmlardan tashkil
topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: