2.2.4-rasm.
Manba:
http://www.mfer.uz O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va
savdo vazirligi
51
2013- yil davomida tovar ayirboshlash hajmi bo‘yicha YI mamlakatlari
ichida O‘zbekistonning eng yirik savdo shеriklari: Buyuk Britaniya (130,7 million
dollari), Germaniya (591,2 mln. AQSh dollari), Italiya (123,8 mln. AQSh
dollari), Bеlgiya (95,5 mln. AQSh dollari), Fransiya (91,5 mln. AQSh dollari),
Nidеrlandiya (68,5 mln. AQSh dollari) bo‘ldi.
1995-2012-yillar davomida YI firma va kompaniyalari, shuningdеk bank
tuzilmalari O‘zbеkistonda umumiy qiymati 8 mlrd. AQSh dollari atrofida
bo‘lgan yirik invеstitsion loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etdi. Undagi
Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya kabi yirik davlatlarning salmoqli
ulushi saqlanib qolayotgan bo‗lsa-da, Kipr, Chexiya, Sloveniya, Estoniya, Polsha
kabi Yevropa Ittifoqi yangi a‘zo davlatlarining ulushi ortib borayotganligi ijobiy
holatdir. Yevropa eksporti mahsulotlarining asosiy qismini elektr jihozlari va
mashinalar, qishloq xo‗jaligi va plastik materiallar tashkil etsa, O‗zbekiston
eksportining katta ulushi to‗qimachilik mahsulotlari va qimmatbaho metallardan
iborat. Shu bilan birga, ikki tomonlama savdo-sotiqni kengaytirish uchun hali ishga
solinmagan ulkan salohiyat mavjud.
Shu bilan birga oхirgi yillarda Gеrmaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Bеlgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, Chехiya, Slovakiya, Ruminiya va boshqa
qator davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama aloqalar izchil va
barqaror rivojlanmoqda.
Yuqoridagilaridan хulosa qilib shuni aytish mumkinki, YI O‘zbеkiston
uchun hozirgi kundagi asosiy hamkordir. YI bilan iqtisodiy munosabatlarni qay
tarzda amalga oshishi O‘zbеkistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini bеlgilaydi.
Shunday ekan, O‘zbеkiston Rеspublikasining YI davlatlari bilan iqtisodiy
munosabatlarini chuqurlashuvi o‘z-o‘zidan siyosiy, madaniy hamkorlikni
rivojlanishiga olib kеladi
O‘zbekiston-Buyuk Britaniya munosabatlarining asosi 1993-yil noyabrida
Ơzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ushbu mamlakatga tashrifi
orqali yo‘lga qo‘yilgan.
52
Savdo va sanoat bo‘yicha Ơzbekiston-Britaniya kengashi savdo-iqtisodiy
munosabatlarning samarali mexanizmi bo‘lib, uning 20-yubiley majlisi Londonda
2013 -yil 20-22 noyabrda bo‘lib o‘tdi.
2013-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasidagi
savdo aylanmasi 130,7 million dollarni tashkil etib, shundan eksport 39,8 million
dollar, import 90,9 million dollarga teng bo‘ldi. 2014-yil yanvar-may oylarida
o‘zaro savdo hajmi 50,4 million dollarni tashkil etib, eksport 8,5 million dollarga,
import 41,9 million dollarga teng bo‘ldi.
38
Germaniya bilan ikki tomonlama aloqalar an'anaviy keng ko'lamli
xarakterga ega bo‘lib, keng turli jabhalarini qamrab olgan. Hamkorlikning salmoqli
shartnoma-huquqiy bazasi yaratilgan.
Ikki mamlakat o‘rtasida turli, jumladan oliy darajadagi siyosiy muloqot
yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning
Germaniyaga rasmiy (1993, 1995 va 2001yy.), GFR Prezidenti R.Gerzogning
O‘zbekistonga davlat (1995y.) va Kanzleri G.Shryoderning rasmiy (2002y.)
tashriflari amalga oshirilgan. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy
maslahatlashuvlarning 11 raundi o‘tkazilgan. Shuningdek, parlamentlararo
aloqalar, huquq va xavfsizlik sohalarida hamda mudofaa vazirliklari yo‘nalishida
hamkorlik faol rivojlanmoqda.
Germaniya
O‘zbekistonning
Yevropadagi
asosiy
savdo-iqtisodiy
hamkorlaridan biri hisoblanadi. 2013-yil yakunlariga ko‘ra, o‘zbek-german tovar
aylanmasi hajmi 591,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan, eksport - 45,8
mln.AQSH dollarini, import- 545,4mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2014-yilning
5 oyi davomida ushbu ko‘rsatkich 253,2 mln. dollarga yetdi. Ikki mamlakat
o‘rtasidagi moliyaviy va texnikaviy hamkorlikning umumiy hajmi 313,9 mln.
yevrodan oshgan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 99 ta korxona germaniya
sarmoyasi ishtirokida o‘z faoliyatini yuritmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar,
38
www.mfer.uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Aloqalar,Investitsiya va Savdo Vazirligi
53
investitsiyalar va savdo vazirligida 39 ta Germaniya kompaniyalari ro‘yhatdan
o‘tkazilgan
39
.
O‗zbekiston bilan Latviya o‗rtasidagi munosabatlar mustahkam huquqiy
asosga ega. 1992-yilda O‗zbekiston va Latviya o‗rtasida diplomatik aloqalar
o‗rnatilganidan buyon o‗zaro hamkorlikning deyarli barcha sohalariga oid qirqdan
ortiq davlatlararo shartnoma va hukumatlararo bitimlar imzolangan.
Latviya – O‗zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi yirik savdo hamkorlaridan
biridir. Eng ko‗p qulaylik yaratish tizimi samarasida o‗zaro tovar ayirboshlash
hajmi 2012-yilda qariyb 20 foiz o‗sib, 246 mln. AQSh dollardan oshdi.
2013-yilning yakunlariga ko‗ra, bu ko‗rsatkich 250 mln.AQSH dollarni tashkil
etdi.
O‗zbekiston Latviyaga yuqori sifatli paxta tolasi, motor moylari,
farmatsevtika mahsulotlari va boshqa tovarlar yetkazib beradi. Latviya
mamlakatimizga uskunalar, transport vositalari, plastmassa eksport qiladi,
shuningdek, logistika xizmati ko‗rsatadi.
2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‗zbekistonda Latviya sarmoyasi
ishtirokidagi 22 korxona faoliyat yuritmoqda. Latviyada esa mamlakatimiz
kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qirqdan ortiq korxona ishlab
turibdi.
O‘zbekiston-Shveysariya davlatlararo munosabatlarining jadallashuvi
O‘zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ochiqlik, o‘suvchan islohotlar
va keng konstruktiv sheriklik siyosati samaradorligining yorqin dalillaridan biridir.
Bunday siyosat mamlakatimizning yuksak xalqaro nufuzga ega bo‘lishini
ta'minlagani barobarida butun jahon hamjamiyati tomonidan o‘z e'tirofini topdi va
qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida ikki tomonlama
rasmiy hamkorlikka mamlakatlarimizaro diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan
kuni – 1992-yil 7-mayda asos solingan edi. Hozirgi vaqtda davlatlarimiz o‘zaro
hamkorligining shartnoma-huquq asosini tashkil etadigan 25 ta qo‘shma hujjat
imzolangan.
39
www.mfer.uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,investitsiya va savdo vazirligi
54
Savdo-iqtisodiy sohada mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘ta qulay shart-sharoit
muhitini yaratib berish tartibi o‘rnatilgan. 2013-yili o‘zaro tovar aylanmasi 141,4
million AQSh dollarini tashkil etdi. 2014-yilning 9 oyi mobaynida ikki tomonlama
savdo-sotiq hajmi 92,3 million AQSh dollariga yetdi. O‘zbekistondan
Shveysariyaga paxta tolasi, yog‘och-qog‘oz massasi va dori-darmonlar, xizmatlar
eksport qilinadi. Import qilinadigan tovarlar orasida esa to‘qimachilik jihozlari,
turli asbob-uskunalar, farmatsevtika va kimyoviy dori-darmonlar, optika
uskunalari, plastmassalar va boshqalar mavjud.
Hozirgi vaqtda respublikamizda shveysariyalik sarmoyadorlar ishtirokida 77
ta kompaniya faoliyat olib borayotgani ham amaliy sheriklikdan o‘zaro
manfaatdorlik mavjud ekanligidan dalolat beradi. Ushbu kompaniyalarning 55 tasi
qo‘shma korxonalar bo‘lsa, 22 tasi esa yuz foizlik xorij kapitali asosida tashkil
etilgan. O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
huzurida 29 ta Shveysariya kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan
o‘tgan bo‘lib, ular faoliyati farmatsevtika, kimyo, oziq-ovqat va mashinasozlik
sohalari, savdo-sotiq va xizmatlar yo‘nalishlarini qamrab oladi.
O‗zbekiston — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va savdo munosabatlari bir
maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan
23 yil ichida salkam to‗rt barobarga ko‗paydi. Biroq ikki tomonlama savdo
aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |