2.2.1.-jadval
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosining tovar tarkibi (foiz hisobida)
Manba:
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi
Eksportning tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz
paxta yakka hokimligi oqibati bo‗lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos
bo‗ldi. Uning eksport tarkibidagi ulushi keskin kamayib, 1990-yildagi 59,7 foizdan
2013-yilda 7,7 foizga tushdi. 1990-yilda eksportning umumiy hajmida xomashyo
hisoblanmaydigan tovarlar ulushi 28 foizdan kamroq bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda
ushbu ko‗rsatkich 72 foizdan ziyoddir. Mamlakat iste‘mol tovarlari ishlab
46
chiqarishning jadal sur‘atlarda rivojlanishi natijasida import tarkibida oziq-ovqat
mahsulotlari ulushi 4,5 barobar qisqardi. Masalan, oxirgi 15 yilda bug‗doy importi
nafaqat to‗xtatildi, balki O‗zbekiston o‗z bug‗doyi va g‗allasidan tayyorlangan
unni eksport qila boshladi. Natijada import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining
ulushi 1990-2013-yillarda 48,9 foizdan 9,7 foizga qadar qisqardi. Mashina va
uskunalarning import tarkibidagi ulushi 1990-yildagi 12,1 foiz dan 2013-yilda 44,1
foizga yetdi.Tashqi savdo geografiyasi tarkibida ham diversifikatsiya jarayonlari
sodir bo‗ldi. Tashqi savdoda sobiq Ittifoq respublikalariga nisbatan uzoq xorij
mamlakatlarining ulushi orta boshladi. Jumladan, 1990–2013-yillarda O‗zbekiston
eksportining tarkibida uzoq xorij mamlakatlarining ulushi 37,7 foizdan 52,6
foizgacha, import tarkibida esa 42,6 foizdan 62,6 foizgacha ortdi. Mustaqillik
yillarida mamlakat iqtisodiyotiga sarflanayotgan investitsiyalar hajmi barqaror
o‗sish sur‘atlariga ega bo‗ldi. Jumladan, ―O‗zbekistonda investorlar uchun, ko‗p
jihatdan beqiyos, o‗ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferensiyalar tizimi
yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan
xorijiy investitsiyalar hajmi ham yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin
dalilidir. Istiqlol yillarida milliy iqtisodiyotda dollar hisobida 162 milliarddan ortiq
kapital mablag‗ o‗zlashtirilgan bo‗lib, buning 56 milliard dollaridan ziyodi xorijiy
investitsiyalardir. Faqatgina 2013-yilning o‗zida kapital investitsiyalar hajmi dollar
hisobida qariyb 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 foizni tashkil
etdi‖
36
.
Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy
kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni
rag‗batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga
to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko‗paytirish imkonini
berdi. Natijada 2013-yilda o‗zlashtirilgan umumiy kapital qo‗yilmalar hajmining
3 milliard dollardan ortig‗ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi. Shuning 72
36
Karimov I.A. Amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati
qurish yorug‗ kelajagimizning asosiy omilidir. -T.: O‗zbekiston, 2013. 9-b.
47
foizdan ziyodi yoki 2 milliard 200 million dollari to‗g‗ridan to‗g‗ri xorijiy
investitsiyalardir.
Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni samarali jalb etish, ishlab
chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy
innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etishda
zarur imtiyozlarga ega bo‗lgan maxsus industrial zonalar tashkil etilmoqda.
―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning
hududida umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‗lgan 19 ta investitsiya
loyihasi bo‗yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan, yuksak
texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani
elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv
isitish qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va
boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. 2013-yilda maxsus
zonadagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so‗mdan ziyod mahsulot
ishlab chiqarildi va bu boradagi o‗sish sur‘ati 2012-yilganisbatan 25,8 foizni
tashkil etdi. ―Angren‖ maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy
qiymati qariyb 44 million dollar bo‗lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan
diodli yorug‗lik lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‗mir briketlari
kabiyuksak texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi.
Shuningdek, shakar ishlab chiqarish bo‗yicha yangi zavodva boshqa korxonalar
tashkil etildi. Ayni shu yo‗nalishda to‗plangan tajribani hisobga olib, 2013-yilning
mart oyida Jizzax viloyatida ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasi tashkil etilgan.
Sirdaryo viloyatida bu zonaning filiali faoliyat ko‗rsatishi ko‗zda tutilgan. Bugungi
kunda ―Jizzax‖ maxsus industrial zonasihududida transport, ishlab chiqarish va
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish bo‗yicha faol
ishlarolib borilmoqda. O‗tgan yilning o‗zida mazkur zona hududida Xitoy
kompaniyalari ishtirokida 100 ming dona mobil telefon ishlab chiqarish,
shuningdek, chorva mahsulotlarini qayta ishlash va ozuqa tayyorlash bo‗yicha
umumiy qiymati qariyb 6 million dollar bo‗lgan dastlabki 3 ta loyiha amalga
oshirildi.Respublikamiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nafaqat
48
xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda yangi, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish,
balki yangi zamonaviy texnika, dastgoh va uskunalar, texnologiya va nou-xaularni
joriy etish, shu asosda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yuqori sifatini
ta‘minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |