XULOSA
―O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi savdo-iqtisodiy aloqalarining asosiy
yo‘nalishlari‖ mavzusiga bag‘ishlangan bitiruv malakaviy ishi orqali o‘zaro
integratsiyalashayotgan davrda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida savdo-
iqtisodiy aloqalarda tutgan o‘rnini, shuningdek Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro
savdo-iqtisodiy munosabatlarini yanada kengaytirish va rivojlantirish yo‘llarining
asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:
1. O‘tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlarning jahon xo‘jaligiga
integratsiyalashuvi tashqi bozorga chiqish zaruriyati, ilg‘or texnologiya va xorijiy
sarmoyalarga ehtiyojning ortishi bilan bog‘liq. Respublikaning jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuvi ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin iqtisodiyotni barpo qilish va
islohatlarni chuqurlashtirish jarayonida amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyatiga
iqtisodiy integratsiyalashuvning mamlakatimiz uchun muhim ahamiyatga ega.
2. Хalqaro iqtisodiy munosabatlarning an‘anaviy va eng rivojlangan
ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y
bеrayotgan хalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80 foizi
tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri kеladi.
3. Jahonda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi
savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha: ―Dunyodagi har
qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda ko‘rinadi. Hozirgi
kunga qadar hеch bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sog‘lom
iqtisodiyotni hosil qila olgani yo‘q‖.
4. Mamlakatlar o‘zlari eng kam хarajatlar bilan ishlab chiqaradigan
(ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni eksport qiladi va
boshqa mamlakatlarda eng kam хarajatlar bilan ishlab chiqariladigan (ishlab
chiqarishda savdo hamkorlari mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlarni import
qiladi.Agar ikki mamlakat savdo hamkoriga nisbatan kam хarajatlar bilan
ishlab chiqaradigan (ya‘ni mamlakat ishlab chiqarish хarajatlari bo‘yicha
60
mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan) tovarlar bilan o‘zaro savdo qilganda хalqaro
savdo foydali bo‘ladi.
5. Tashqi savdo siyosati – ichki bozorni himoyalashga, tashqi savdo
hajmining o‗sishini rag‗batlantirishga, uning tuzilishini va tovar oqimlarining
yo‗nalishlarini maqbullashtirishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
6. Jahonda tashqi savdo siyosati erkin, bojsiz savdo darajasi hamda
proteksionizm, ya‘ni o‗z bozorini importdan himoya qilish darajasi bilan ajralib
turadi. Hozirgi tashqi savdo siyosati tashqi savdo almashuvining cheklovlari
susaytirilgani, uning yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga intilish, ya‘ni savdoni
liberallashtirish bilan ajralib turadi
7. O‗zbekistonning eksportni rivojlantirish borasidagi tashqi savdo siyosati,
respublikaning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokining samarali modelini
shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Uning asosiy yo‗nalishlari
nafaqat eksportni kengaytirishni, balki raqobatdagi ustunliklar va jahon
konyunkturasidan maqbul tarzda foydalanish asosida uning barqaror yuqori
hajmlarini qo‗llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
8. O‗zbekiston eksportini, jumladan tashqi bozorlarga tayyor mahsulotni,
avvalo, fan yutuqlari va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni keng
miqyosda olib chiqish borasida diversifikatsiya qilish yo‗lidan bormoqda.
9. Mamlakatlarning texnologik jihatdan chuqur qayta ishlangan va tayyor
raqobatdosh tovarlar eksportini jadallashtirish va bu mahsulotlar yetkazib
berilayotgan mamlakatlar geografiyasini izchil ravishda kengaytirib borish uning
tashqi savdo va eksport hajmini barqaror rivojlantirishga, jahon bozoridagi salbiy
o‗zgarishlar ta‘siri va xavfxatarlardan himoyalashga sharoit yaratadi. Qolaversa,
tashqi bozorlarga taklif qilinayotgan tovarlar tarkibini diversifikatsiyalash, ularni
xarid qiluvchi davlatlar geografiyasini kengaytirish, bu mamlakatlardan biri yoki
bir nechtasining iqtisodiyotida sodir bo‗lgan muammolar tufayli eksport hajmi
keskin kamayib ketishining oldini olish imkoniyatini ta‘minlaydi.
10. 1991-yil 31-dekabrda ―O‗n ikkilarning qo‗shma deklaratsiyasi‖ bilan
Yevropa hamjamiyatlari va ularning o‗sha paytdagi 12 ta a‘zo davlati O‗zbekiston
61
Respublikasi davlat mustaqilligini e‘tirof etdi. O‘zbekiston Respublikasining
Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarining asosi 1992-yil 15-aprelda O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati va Yevropa hamjamiyatlari komissiyasi (YeHK) o‘rtasida
O‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi orqali yaratildi.
1994-yil 16-noyabrda tomonlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi
11. 2016-2020-yillar mobaynida Yevropa Hamjamiyatlari komissiyasi
yurtimiz hamda butun mintaqaga qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarni, ikki
tomonlama savdo-sotiq, kichik va o‘rta biznes, energetika, atrof-muhit, fan va
ta'lim kabi sohalarni rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish,
sud-huquq tizimini isloh qilish, chegaralar va bojxona xavsizligini ta'minlash
masalalarini hal etishda ko‘mak berishni rejalashtirmoqda.
12. Mustaqillik yillarida O‗zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy
aloqalarini erkinlashtirish borasida chuqur islohotlar amalga oshirilishi natijasida
tashqi savdoning geografik va tovar tarkibida jiddiy ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi.
O‗zbekiston bugungi kunda 45 dan ortiq mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo
aloqalariga ega. Mamlakat tashqi savdo aylanmasi 1990-yildagi 0,8 mlrd dollardan
2013-yilda 28,9 mlrd dollar hajmiga yetdi, ya‘ni 36,1 martaga oshdi. Ayni vaqtda
tovarlar va xizmatlar eksporti 24,3 martaga, import 38,3 martaga ortib, tashqi
savdo balansida 0,07 mlrd dollarlik saldodan 1,3 mlrd dollarlik ijobiy saldoga
erishildi.
13. 2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqi
davlatlarining 821 ta korxonasi, jumladan, 612 ta qo‗shma korxona va 100 foizlik
Yevropa mablag‗i asosida tashkil etilgan 209 korxona faoliyat yuritmoqdi. Ittifoq
mamlakatlari 275 ta kompaniyasining vakolatxonalari yurtimizda tegishli tartibda
akkreditatsiyadan o‗tgan.
14. O‗zbekiston — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy va savdo munosabatlari bir
maromda rivojlanib kelmoqda. Tomonlar orasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‗tgan
23 yil ichida salkam to‗rt barobarga ko‗paydi. Biroq ikki tomonlama savdo
aloqalarining imkoniyatlari cheksizdir.
62
15. O‘zbеkiston turli darajadagi – global va mintaqaviy intеgratsion
jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir
davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga
bo‘lmasligi kеrak. O‘zbеkistonning jahon hamjamiyati bilan intеgratsiyasining
tarkibiy qismi turli davlat va хalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tarmoqli
aloqalardir.
16. O‘zbеkiston Rеspublikasi uchun YI bilan iqtisodiy va siyosiy
hamkorlikni kеngaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki
shu bilan bir qatorda O‘zbеkistonni jahondagi mavqеini mustahkamlash
imkoniyatlarini ham yuzaga kеltiradi. Jahonning nufuzli intеgratsion guruhi
bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish O‘zbеkiston uchun dunyoning boshqa
mamlakat va hududlari bilan tеng huquqli hamkorlik o‘rnatish kafolati bo‘lib
хizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbеkiston uchun YIga a‘zo-
mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar o‘rnatish va kеngaytirish ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash lozimki, milliy iqtisodiyotning jahon
xo‘jaligiga integratsiyalashuv asoslari va Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro savdo-
iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, bu
jarayonning rivojlanish tendensiyalarining tadqiq etish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun respublikaning xalqaro iqtisodiy aloqalarini kengaytirish va jahon
xo‘jaligiga chuqurroq integratsiyalashuvini mustahkamlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan tadbirlar milliy manfaatlardan kelib chiqishi va shu vazifaga xizmat
qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |