47
ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita
atrofdagilarda og‗ir yoki yengil kayfiyat uyg‗otasiz. Ifodalanayotgan so‗zlarning
ma‘nosi
umuman
tinglovchilarga
hech
qanday
ta‘sir
bermaydi.
U
suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‗lsa bas.
Haqiqiy ma‘lumot so‗z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning
suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma‘lumotni onglangan
tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson
o‗z ohangini o‗zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat
qiladigan bo‗lsangiz, qachondir siz o‗z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz
yo‗qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‗lsa,
unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‗ring. Birinchi eshitishdayoq
ko‗pchilik o‗z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir,
baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga
yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‗rningizga ohangni mos kelmaganidan bo‗lishi
mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham
to‗g‗irlansa bo‗ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi.
Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‗zallashtiradi. Zero, quruq so‗zlardan
iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‗lgan kinoyani uyg‗otadi.
Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy
«Ichindagi ichindadir»
nomli asarida «So‗z –
idrok qilishda so‗zga muhtoj bo‗lganlar uchundir. So‗zsiz idrok etganning so‗zga
qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko‗klarning, erning hammasi so‗zdir.
Hafif bir sasni eshitganga baqirib-chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham
Qur‘ondagi «Bo‗l» (Uning amri bo‗l demak edi edi. U hamon bo‗ldi) so‗zidan bino
bo‗lgandir»
16
, -
degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so‗zlarni mazmun bilan
boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‗z nutqi bilan bir necha marotabagina
odamlarni o‗ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‗zlar odamlarni
me‘dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik
atrofdagilar bilan qo‗pol muomalada bo‗lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham
muloyimlik, bosiq ohang bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat‘iyyatlik bilan
berish mumkin.Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‗lgan soxalarda
ya‘ni harbiylar foydalanishi mumkin.
16
JaloliddinRumiy. Ichindagiichindadir. Yangi
asr avlodi, - Toshkent, 2003. - 29 b.