Yog`ochning yeyilishga chidamliligi .
Yog`ochning yeyilishga chidamliligi uning ishqalanish jarayonida yeyilishga
(siyqalanishga) qarshilik ko`rsatish xossasi bilan xarakterlanadi. Sinash usulida
(GOST 14347 – 69) pollar va to`shamalarda haqiqiy yemirilish sharoitlari yaratilib
sinaladi. Bunday sinashlar uchun yog`ochning ilgarilama-qaytma harakat qilishi bilan
bir vaqtda namunaning buriladigan yemirilishini ham ta‘minlaydigan maxsus
mashinadan foydalaniladi.
Yog`och tores tekisligiga nisbatan yon sirtida ko`proq yediriladi. Yog`ochning
qattiqligi va zichligi ortishi bilan yeyilishi kamayadi. Nam yog`och ko`p yeyiladi.