Urganch davlat universiteti X. R. Matyoqubov, J. K. Tojiyev texnologiya va dizayn



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/136
Sana11.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#352246
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
texnologiya va dizayn amaliy mashgulotlar uslubiy qollanma

Yog`ochning mustahkamligi 
Nagruzkalar  va  boshqa  faktorlar  ta‘sirida  vujudga  keladigan  kuchlanishlar 
ta‘siridan yemirilishga materialning qarshilik ko`rsatish xususiyati mustahkamlik deb 
ataladi.  
Yog`ochning  mustahkamligi  ta‘sir  etuvchi  nagruzka  yo`nalishiga,  yog`ochning 
turiga, zichligiga, namligiga va x. k. ga bog`liq.  
Yog`ochning  mustahkamlik  chegarasi  laboratoriyalarda  uncha  katta  bo`lmagan 
namunalarda  aniqlanadi.  Sinash  usullari,  shuningdek,  sinaladigan  namunalarning 
shakli va o`lchamlari GOST larda ko`rsatilgan.  
Yog`ochning  mustahkamligiga  hujayra  qobiqlaridagi  bog`langan  namlikkina 
jiddiy  ta‘sir  ko`rsatadi.  Bog`langan  namlik  ortishi  bilan  yog`ochning  mustahkamligi 
pasayadi  (ayniqsa  20  –  25%  namlikda).  Namlikning  gigroskopiklik  chegarasidan 
(30%  dan)  ortishi  yog`ochning  mustahkamligiga  ta‘sir  etmaydi.  Mustahkamlik 
chegarasi  ko`rsatkichlarini  faqat  bir  xil  namlikdagi  yog`ochlardagina  solishtirish 
mumkin.  
Yog`ochning  mexanikaviy  xossalari  ko`rsatkichlari,  namlikdan  tashqari 
nagruzkaning  ta‘siri  hamda  davomiyligiga  ham  bog`liq.  Shu  sababdan  yog`ochni 
sinash  vaqtida  har  bir  sinov  uchun  belgilangan  nagruzka  berish  tezligiga  amal 
qilinadi.  
Mexanikaviy  kuchlar  ta‘siriga  ko`ra,  yog`ochning  mustahkamligi  cho`zilishga, 
siqilishga, egilishga, yorilishga mustahkamlikka ajratiladi.  
CHo`zilishdagi  mustahkamlik  chegarasi.  Tolalar  bo`yicha  cho`zilishdagi 
mustahkamlik  chegarasining  o`rtacha  kattaligi  hamma  daraxt  turlari  uchun  1300 
kgk/sm2  ni  tashkil  etadi.  Tolalar  bo`yicha  cho`zilishdagi  mustahkamlik  yog`och 


- 56 - 
 
tuzilishiga katta ta‘sir ko`rsatadi. Tolalarning to`g`ri joylashishdan bir oz bo`lsa xam 
og`ishi mustahkamlikni pasaytiradi.  
Yog`ochning  tolalarga  ko`ndalang  cho`zilishdagi  mustahkamligi  juda  kichik 
bo`lib,  tolalar  bo`yicha  cho`zilish  mustahkamlik  chegarasining  taxminan  1/20 
qismiga,  ya‘ni  65  kgk/sm2  ga  to`g`ri  keladi.  Shuning  uchun  tolalariga  ko`ndalang 
cho`zilishga ishlaydigan detallar yog`ochdan tayyorlanmaydi.  
Yog`ochning  tolalarga  ko`ndalang  mustahkamligi  yog`ochni  kesib  ishlash  va 
quritish rejimlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega.  
Yog`ochning  siqilishga  chidamlilik  chegarasi.  Siqish  tolalar  bo`yicha  va 
ko`ndalang  siqilishga  farq  qilinadi.  Tolalar  bo`yicha  siqilishdagi  deformatsiya 
namuna  bo`yining bir  oz  qisqarishida  namoyon  bo`ladi.  Siqilishdagi  yemirilish  nam 
namunalarda  ayrim  tolalarning  bo`ylama  egilishidan  boshlanadi  va  yumshoq  hamda 
qovushoq  yog`och  turlari  namunalarida  toreslari  ezilishi  hamda  yonlarining 
shishishida, quruq va qattiq yog`och turlarida namuna bir qismining ikkinchi qismiga 
nisbatan surilishida namoyon bo`ladi.  
Tolalar bo`yicha  siqilishda  yog`ochning siqilishga  mustahkamlik  chegarasining 
o`rtacha  kattaligi  hamma  tur  yog`ochlar  uchun  500  kgk/sm2  ni  tashkil  qiladi.  
Tolalarga  ko`ndalang  siqilishida  yog`ochning  mustahkamligi  tolalar  bo`yicha 
siqilishga  nisbatan  taxminan  8  marta  kam.  Tolalarga  ko`ndalang  siqilishda 
yog`ochning  yemirilish  momentini  aniq  belgilash  va  yemiruvchi  kuch  kattaligini 
aniqlash qiyin.  

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish