34.Bir belgining narsa-buyumlar orasida ortiq-
kamligi jihatidan farqlanishi...
A) ozaytirma va kuchaytirma sifat deyiladi
B) sifat darajasi deyiladi
C) asliy va nisbiy sifat deyiladi
D) A, B, C
35.Erkalash, suyish qo’shimchalari sifatlarga
qo’shilgan gapni toping.
A) Kechir, arslonim, hozir uyingga
bormoqchi edim.
B) Oyqizginam, sen bilan maslahatlashadigan
ishlarim ko’payib ketdi.
C) Tentakkinangiz savlatlikkina yigit bo’lib
qaytdi-da, sallotlikdan.
D) Kelinglar, qizaloqlarim, gullolalarim,
o’tiringlar.
36.Takroriy sifat qatnashgan gapni aniqlang.
A) Yirik-yirik tomchilar yer-u ko’kni savalay
ketdi.
B) Menga o’xshash esli-hushli yigitga zoriqib
o’tirgan ekan.
C) Bozordan qovun-povun, bug’doy-
mug’doylar sotib oldik-da.
D) Yap-yangi binoga ko’chib kirdik.
37.Sifatning orttirma darajasi qanday yo’llar
bilan hosil bo’ladi?
A) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan eng,
g’oyat, juda kabi so’zlar
keltirish orqali
B) oddiy daraja shaklidagi sifatning birinchi
bo’g’ini tovush o’zgarishi bilan takrorlanish
orqali
C) oddiy daraja shaklidagi sifat oldidan sal,
biroz, xiyla so’zlarini keltirish orqali.
D) A, B
38.-imtir, -ish qo’shimchalari sifatning qaysi
ma’no guruhlariga qo’shiladi?
1. xususiyat 2. rang-tus 3. maza-ta’m
4. hajm-o’lchov 5. hid 6. makon-zamon
A) 1, 2, 5 B) 2, 3, 6 C) 2 D) 1, 4, 5
39.Hajm-o’lchov sifatlari berilgan qatorni
toping.
A) sirtqi, ichki, qishki
B) katta, behisob, sodda
C) odobli, kamtarin, sodda
D) xursand, ma’yus, keksa
40.CHuqur va xayolchan ko’zlarida sirli va
sehrli bir holat aks etadi. Ushbu gapda
nechta yasama sifat mavjud?
A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1ta
41.Qanday gapdagi zarur so’zi sifat turkumi
hisoblanadi?
A) Biz muhim topshiriqlarni bajarishimiz zarur.
B) Bugun barcha zarur yumushlarni
bajarishimiz shart.
C) Hamma fuqaro imlo qoidalarini u yoki bu
darajada bilishi zarur. D) A, B, C
42.Qaysi gapda sifat so’z turkumi hol vazifasini
bajarmoqda?
A) Nodonga yuz aytsang ham, befoyda.
B) Kechqurun salqin bo’ldi, ertalab shudring
tushdi.
C) Hozir maktab o’quvchisiman, kelasi yil,
Xudo xohlasa, talaba bo’laman.
D) To’g’ri yursang murodingga oson yetasan.
43. Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim
qo’shimchalar berilgan?
A) -li, ser-, bo- B) -chan, -gir, -dor
C) be-, bo-, ba- D) -ag’on, -qir, -simon
44.Sifat so’z turkumlari berilgan qatorni
toping.
A) to’lqin, qoziq, maysa
B) oltin, kumush, yoqut
C) go’zallik, yaxshilik, xotirjamlik
D) salqin, jimjit, durkun
45.Ayrim ekinlar suvsizlikdan quriy boshladi,
ba’zilar uning kichik poyalarini sindirib
tutantiriq qilishardi. Ushbu gapda nechta
yasama sifat mavjud?
A) 1ta B) 3ta C) 2ta D) 4ta
46.Gapda kesim bo’lib kelgan sifat qaysi
qatorda berilgan?
A)Eng oliy fazilat kamtarlikdadir.
B) Nodonga hech do’st topilmas.
C) Bizda bunday mevalar talaygina.
D) El siylagan yurtda aziz.
47.
...Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan
edi.Ra’noning sochi gungurt-qora , ya’ni
quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham,
quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar
edi.Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar
orqa-o’ngini tutib yotar.
Ushbu matnda nechta sifat mavjud?
A) 7ta B)8ta C) 10ta D) 9ta
48 Qaysi qatordagi gapda ozaytirma sifat
mavjud?
A) Daraxtlarning bargi asta shivirlagandek
bo’lardi.
B) Musobaqaga mening shirinimgina
qatnashmadi.
C) Tug’ilgan kunga nimpushti atirgullarni
saralab oldik.
D) Ro’molchamning och rangi ham bilinmay
ketdi.
49.Ozaytirma sifat hosil qiluvchi
qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi
sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi
mumkin?
A) –ish B) –imtir C) –qina
D) barchasi faqat rang bildiruvchi sifatlarga
qo’shiladi
50.Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga
bo’linadi?
A) sodda, qo’shma, juft
B) sodda va qo’shma
C) sodda, qo’shma, juft va takror
D) sodda, juft
51.Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan
so’z...
A) ravish B) sifat
C) sifatdosh D) ravishdosh
52.Yasama sifat qatnashgan gapni toping.
1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin.
2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh
bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi.
4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil
pishdi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 3) 1, 2, 3, 4 4) 2, 3, 4
53.no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga
egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh
bo’la olmaydi?
A) -li B) -dor C) ser- D) -mand
54.Takroriy sifat qanday vazifani bajaradi?
A) yangi so’z yasaydi
B) belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi
C) gapda hol bo’lib keladi D) A, B, C
55.Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va
uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega
bo’lgan sifatlar ........
A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar
C) qiyosiy daraja sifatlari
D) orttirma daraja sifatlari
56.Asliy sifat berilgan qatorni toping.
A) derazali B ) yuzaki
C) ko’chma D) qishki
57.Belgini to’g’ridan –to’g’ri emas, balki
boshqa bir tushunchaga nisbatan holda
ifodalaydigan va daraja ko’rsatish
imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar ....
A) asosiy sifatlar B) nisbiy sifatlar
C) ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja
58.Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni
belgilang.
1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D)1, 2
59. Sifatlarning qanday darajalari bor?
A) oddiy daraja, qiyosiy daraja B) oddiy
daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja
C) oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma
daraja, ozaytirma daraja
D) qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma
daraja
60.Sifatning oddiy daraja shakli deb nimaga
aytiladi?
A) Belgining me’yordan ortiq ekanligini
bildiradigan sifat shakli
B) Belgining odatdagi me’yorda ekanligini
bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos
bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli
C) Belgining me’yordan biroz kam ekanligini
qiyosan ifodalaydigan sifat shakli
D) Belgining me’yordan kam ekanligini
bildiruvchi sifat shakli
61. Qaysi gapda makon yoki zamon bildiruvchi
sifatlar mavjud?
A) Ishonmay desalar , oldilarida bir talay
xushbo’y, ko’m-ko’k bo’tako’z gullar turibdi.
B) Elmurod keng va yorug’ xonaga kirdi.
C) Kecha akam bilan Qoratepaga borib keldik.
D) Fermer xo’jaliklarida bahorgi bug’doy
yig’ishtirib bo’lindi.
62.Qaysi gapda otlashgan sifat qaratqich
aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
B) Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, yomondan
burun o’lasan.
C) To’g’rining gapi sariyog’, egrining gapi
to’qmoq.
D) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas.
63.Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang.
1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus
bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi
sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar
5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon
belgisini bildiruvchi sifatlar
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4
D) yuqoridagilarning barchasi
64.Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar
qatnashgan?
A) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga
tikilib qoldi.Juda shirin. Bu qanday non o’zi?
B) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga
chiqarildi.
C) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon
hovuzga o’xshaydi.
D) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor
taraladi sizdan muattar
Do'stlaringiz bilan baham: |