Ushbu gapdagi bordi-keldi birligi haqida
qaysi qatorda to’g’ri fikr berilgan ?
A) takroriy fe’l B) juft fe’l C) juft ot
D) ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
110.SHarifa tezda uyga kirdi-yu, onasi bilan
bir nimani shivirlashdi, so’ng katta ko’chaga
chiqib ketdi .
Ushbu gapda qanday so’z turkumlari
qatnashgan ?
A) ot, ravish, son, fe’l, bog’lovchi, olmosh,
sifat
B) ot, fe’l, bog’lovchi, yuklama, ravish
C) ot, sifat , fe’l, yuklama , undov so’z
D)ot, ravish, fe’l, yuklama, ko’makchi,
olmosh, sifat
111.Ustozi daftarga nimalarnidir yoza
boshladi
Daftarga so’zining grammatik ma’nosi qaysi
qatorda to’g’ri berilgan ?
A) ot, jo’nalish kelishigida, o’rin holi
B) o’quv quroli
C) narsa-buyum oti, jo’nalish kelishigida,
hokim so’z
D) ot, jo’nalish kelishigida, to’ldiruvchi
112.Otlarning ko’plik shakli ko’plikdan
tashqari yana qanday ma’nolarni bildiradi ?
1.hurmat ma’nosi 2. umumlashtirish
3. kichraytirish 4. kuchaytirish
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C)1, 2, 4 D) faqat 1
113.–lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi
turdosh va atoqli otlarga qo’shilsa qanday
ma’no ifodalaydi ?
A) belgi ma’nosini bildiradi
B) shaxsning shu hududga mansubligini
bildiradi
C) –lik qo’shimchasi faqat atoqli otlarga
qo’shiladi
D) xususiyat yoki holat ma’nosini bildiradi
114.Undosh bilan tugagan fe’llarga qaysi
shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi ?
A) –vchi B) -uvchi C) -dosh D) B va C
115.Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin–joy,
faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar....
A) turdosh otlar B) atoqli otlar
C) shaxs va narsa otlari D) aniq otlar
116.SHaxsning faoliyat jarayonini anglatuvchi
otni toping .
A) g’allachilik B) ezmalik
C) terim D) paxtachilik
117. Narsaning faoliyat jarayonini nomlovchi
otni toping
A) chaquv B) ipakchilik
C) suvoqchilik D) duradgorlik
118.O’rin-joy otlari qanday so’roqlarga javob
bo’lishi mumkin?
A) qayer?, nima? B) qayer?, qayerlik?
C) faqat qayer? D) qayer?, qaysi?, nima?
119.CHo’pon otaning katta hovlisi, otlar
bog’lanadigan bostirmasi, sigirlar
boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan
ikkita katta qo’rasi bor edi. Ushbu gapdagi
o’rin-joy otlari berilgan qatorni toping.
A) bostirmasi, molxonasi
B) hovlisi, qo’rasi C) A va B
D) Ushbu gapda o’rin-joy otlari mavjud emas
120.CHo’pon otaning katta hovlisi, otlar
bog’lanadigan bostirmasi, sigirlar boqiladigan
molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta
qo’rasi bor edi.
Ushbu gapdagi hovlisi, bostirmasi, molxonasi,
qo’rasi otlari qanday so’roqlarga javob
bo’ladi?
A) qayeri? B) qanday joylari?
C) nimasi? D) qayerlari?
121.Turdosh otlar qanday guruhga bo’linadi?
A) kim? va nima? so’rog’iga javob bo’ladigan
otlar
B) narsa va o’rin - joy otlari
C) shaxs, narsa va o’rin - joy otlari
D) faqat narsa otlari turdosh ot hisoblanadi.
122.Suv havzalari va inshootlari nomlari
qanday yoziladi ?
A) Suv havzalari va inshootlari nomlari
tarkibidagi ikkinchi so’z bosh harf bilan
yoziladi .
B) Suv havzalari va inshootlari nomlari
tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan
yoziladi .
C) Suv havzalari va inshootlari nomlari
tarkibidagi har ikkala so’z bosh harf bilan
yoziladi .
D) Suv havzalari va inshootlari nomlari
tarkibidagi har ikkala so’z kichik harf bilan
yoziladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |