Iyerixon
— O’lik dengizning shim.-g’arbida, Iordan daryosi
vodiysida joylashgan shahar. Mil. av. 7—2-ming yillikda Falastindagi
qadimgi manzilgoh. Neolit va jez davriga oid manzilgoh qoldiqlari,
mustahkam qo’sh devori bo’lgan shahar xarobasi (mil. av. 18—16-
a.lar), maqbaralar ochilgan. Mil. av. 2-ming yillikning oxirlarida
yahudiy qabilalar tomonidan vayron qilingan. Bibliya rivoyatiga
ko’ra, Iyerixonning devorlari dushman karnaylari sadosidan
(«iyerixon karnaylari») qulab tushgan.
Integratsiya
(lotincha) – tiklanish, to’ldirish, turli xalqlarning
birlashuvi, turli etnoslarning bir hududda etnik-madaniy aloqalarni
o’rnatish jarayoni.
Madaniyat
— jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy
taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli
ko’rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy
boyliklarda ifodalanadi. «Madaniyat» tushunchasi muayyan tarixiy davr
(antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o’zbek madaniyati),
shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o’ziga xos sohalari
(masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni
izohlash uchun qo’llaniladi. Tor ma’noda madaniyat atamasi
kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
«Madaniyat» arabcha madina (shahar) so’zidan kelib chiqqan.
Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy
turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik —
ko’chmanchi holda dashtu saxrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik
— shaharda o’troq holda yashab, o’ziga xos turmush tarziga ega
bo’lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.
Me’morlik,
arxitektura — foydalanishdagi maqsad va vazifalar,
zamonaviy texnik imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan
kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va qurish san’ati. Me’mor
inson hayoti va faoliyati uchun zarur fazoviy muhitni tafakkur kuchi
bilan avval ijodiy loyihada rejalab, uni amalda yuksak did va mahorat
bilan bunyod etadi. M. asarlari qatoriga turli-tuman binolar, uy-joylar,
me’moriy majmualar, maydonlar, shaharlar, ulardagi monu-mentlar,
usti ochiq va yopiq inshootlar kiradi. Axoli yashaydigan manzillar —
qishloq, shahar va shaharchalarni rejalab tashkil etish b-n M.ning
jamlovchi, eng murakkab sohasi — shaharsozlik shug’ullanadi. Tabiat
153
manzaralari b-n bog’liq muhitni bunyod etish, bog’lar yaratish sohasi
bog’sozlik (bog’-park) san’atidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |