151
Absolyut
(lot. absolutus — shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) -
shak-shubha-siz, shartsiz, hech qanday shart-sharoitlarga bog’liq
bo’lmagan, cheklanmagan, poyoniga yetgan, mukammal degan
ma’nolarni
bildiruvchi tushuncha
Avtoxton
(yunon) – tub aholi, mahalliy yer egasi bo’lgan xalq,
mamlakatning ibtidoiy aholisi yoki aborigenlar.
Animizm
(lotincha animu – ruh) – tabiatdagi barcha narsalarni, tabiat
kuchlari va hodisalarini jonli deb tushunish, ularda g’ayri tabiiy kuch
bor deb tushunishdir. Animistik tasavvurlar mana shunday ma’nodja
ibtidoiy e’tiqodlar va dinlarnig barchasida u yoki bu tarzda mavjuddir.
Bu tushunchani o’tgan asrda ilm-fanga kirgan E.Teylor animizmni “eng
kam quyi din”, umuman dinning dastlabki bosqichi deb qaragan.
Antropogenoz
(yunon) - odamning paydo bo’lish jarayoni.
Domestikatsiya
( ing. domesticated) – hayvonlarni inson tomonidan
qo’lga o’rgatish va ularni ko’paytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: