2-savolning bayoni:
Hozirgi zamon tarix fanida tarixiy jarayonni tushuntirishga
nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion
yondashuvlar mavjud.
11
Uzoq vaqt davomida tarixni o’rganishga formatsion yondashuv
ustunlik qilib keldi. Formatsion yondashuv tarixni universal
tushunishga
asoslanadi.
U
jahon
tarixini
ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-
hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalar haqidagi ta’limotni ilgari surgan tadqiqotchilar fikrlarini
tahlil qilib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan
tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va
ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy
tizim, degan to’xtamga kelish mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya kategoriyasini asoslash tarixiy
jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning
besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm,
kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa
formatsiyaga yuksalishdan iborat bo’lgan chiziqli jarayon sifatida
tavsiflagan.
Ammo
alohida
xalqlar
tarixini
jahon
ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalari tarixining yagona doirasiga sig’dirib bo’lmaydi. Shu
sababdan XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv o’zini
oqlamadi. Ijtimoiy amaliyot, tarix tajribasi insoniy at jamiyati
taraqqiyotiga formatsiyali yondashishning bir yoqlama, sun’iy ekanligini
ko’rsatdi.
Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar,
uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har
qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina
belgilaydi, deb aytish o’rinli bo’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan
boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson
erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil yo’llarini tanlashga
o’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning
haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq bo’ylab formatsion
rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga
tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning o’ziga xosligi va
betakrorligi yo’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining
sharti sifatidagina amal qiladi.
Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh
ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan iborat bo’lgan chiziqli sxema sifatida
talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi.
Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli
ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan o’zgacha, nochiziq
12
yondashuv bilan to’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy
jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.
Ma’lumki, formatsion yondashuv ob’yektiv ravishda mavjud
bo’lgan, inson irodasiga bog’liq bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni asos qilib oladi. Sivilizatsion yondashuv esa tarixiy
jarayonning turli-tuman ko’rinishlari, qirralarini hisobga oladi, bundan
tashqari uning asosiy vazifasi inson va uning dunyoqarashi, ahloqiy va
estetik qarashlarini o’rganishdir. Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyali
yondashish har bir xalq, mamlakat, mintaqa taraqqiyotiga noyob va
takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Bunday yondashish
mohiyatan formatsiyali yondashishga ziddir.
Sivilizatsion yondashuv asosan ko’p sonli madaniyatlar va
sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi
g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy
taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.
Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonlarni, ularning o’ziga
xosligini chuqurroq anglash, har bir mamlakat tarixi bilan jahon tarixi
o’rtasidagi umumiylik, o’ziga xoslik va betakrorlikni bir – biridan
farqlashga, har bir jamiyatning qiymati va uning jahon tarixi va
madaniyatidagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Bu yondashuvning
eng muhim jihati tarixning ko’p qirrali va ko’p tarmoqli jarayon
sifatida baholanishidir. Bunda tarixiy jarayonni tushunish uchun
xalqlarning dini, madaniyati, mentalitetiga, ya’ni ma’naviy-ahloqiy va
intellektual omillarga katta ahamiyat beriladi.
Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi
xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil
jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy
e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa
jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) o’rganadi, jamiyatni esa
statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining
iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv
asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.
Demak, bu ikki yondashuv bir-birini butkul rad etmaydi, har
holda formatsion yondashuvning elementlarini sivilizatsion tahlilga
kiritish mumkin, chunki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – sivilizatsion
jarayonning muhim qismidir. Shu sababdan inson jamiyati taraqqiyoti
muammosiga sintetik yondashuv yo’llarini izlash lozim. Bugungi
kunda tarixning shunday bir sintetik talqini vujudga keladiki, unda
mualliflar bu har ikki muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan
13
foydalanishga va ularning kamchiliklari o’rnini to’ldirishga harakat
qiladilar.
Bugungi kunda sivilizatsiyaga doir keng tarqalgan nazariyalar
orasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: sivilizatsiyaning chiziqli,
bosqichli nazariyalari, lokal sivilizatsiyalar va jahon tarixiy bosqichi
nazariyalari. Ushbu nazariyalar antik davrlar, o’rta asrlarda va yangi
davrda ishlab chiqilgan tarixiy konsepsiyalar asosida shakllangan.
Qadimgi davrlardayoq insoniyat tarixining takrorlanib turuvchi
bosqichli aylanma harakati to’g’risidagi g’oyalar shakllangan. Buni
qadimgi dunyoning ko’plab xalqlarida kuzatish mumkin. Shu bilan
birga yo’naltirilgan, ortga qaytmas, zamonaviy tilda aytganda, chiziqli
evolyutsiya haqidagi tushunchalar ham yuzaga keldi. Masalan, yunon
shoiri Gesiodning (m.a VII asr ) “Mehnatlar va kunlar” asarida
insoniyat taraqqiyoti yaxshidan yomonga qarab boruvchi tanazzul
sifatida ko’rsatilgan. Bu tushkun modelga qarama-qarshi ravishda
insoniyat taraqqiyotini tinimsiz mukammalashib boruvchi jarayon
sifatida qaragan g’oyalar ham vujudga kelgan. Rim shoiri Tit Lukretsiy
Kar (m.a. I asr) “Ashyolarning tabiati” asarida insoniyat taraqqiyoti
xuddi shu nuqtai nazardan ko’rsatilgan. O’rta asr mutafakkirlari
insoniyat taraqqiyotining chiziqli g’oyasini rivojlantirishgan.
Insoniyatning
chiziqli
tarixiy
taraqqiyot
jarayonida
mukammallashib borishi haqidagi qarashlar sivilizatsiyaning bosqichli
konsepsiyasiga asos bo’ldi. Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari
sivilizatsiyani insoniyat progressiv taraqqiyotining yaxlit jarayoni
sifatida o’rganadi va bu jarayonda ma’lum bosqichlar ajratiladi. Bu
jarayon o’zining boshlang’ich nuqtasiga ega: “buyuk daryolar”
vodiylarida sivilizatsiyaning dastlabki o’choqlari yuzaga kela
boshlagan m.a. IV-III ming yilliklar. XX asr oxiriga kelib sivilizatsion
areal deyarli butun dunyoni qamrab oldi.
Bugunga qadar mavjud bo’lgan va bugungi kunda mavjud
sivilizatsiyalar miqdorini aniqlab bo’lmaydi, zero sivilizatsiyalarning
aniq vaqt va hududiy chegarasi, sivilizatsiyalarni ajratib ko’rsatishning
aniq universal mezonlari yo’q. Shu sababli sivilizatsiya nazariyalarini
ishlab chiqqan turli olimlarning ro’yxatlari bir-biriga to’liq mos
tushmaydi. Masalan, Danilyevskiy til guruhlari asosida 15 ta madaniy –
tarixiy tipni ajratib ko’rsatgan bo’lsa, Shpengler sakkizta “yuksak
madaniyat” larni sanab o’tgan. Biroq bu barcha ro’yxatlar mukammal
emas.
14
Shu o’rinda sivilizatsiyalarning quyidagi ayrim turlarini sanab
o’tish mumkin: dastlabki (avtoxton) sivilizatsiyalar, an’anaviy
sivilizatsiyalar, yo’ldosh sivilizatsiyalar, yangilangan sivilizatsiyalar,
o’rta sivilizatsiyalar, monolit sivilizatsiyalar, sintetik sivilizatsiyalar,
agrar
sivilizatsiyalar,
industrial
sivilizatsiyalar,
kontinental
sivilizatsiyalar, dengiz, okean sivilizatsiyalari. Deyarli barcha
sivilizatsiyalar bir vaqtning o’zida bir necha turga aloqador bo’lishi
mumkin. Masalan, ibtidoiy davrdan o’sib chiqqan qadimgi Yunon
sivilizatsiyasi yangilangan, monolit, agrar, dengiz sivilizatsiyasi edi.
Olimlarning fikricha sivilizatsiyaning mohiyatini, uning o’ziga
xosligini turli omillar belgilaydi: tabiiy muhit, xo’jalik yuritish tizimi,
siyosiy tuzim, jamiyatning ijtimoiy tashkiloti, din (yoki din darajasiga
chiqarilgan mafkura), ma’naviy qadriyatlar, mentalitet. Ularning nuqtai
nazaridan, insoniyat taraqqiyoti sivilizatsiyalarning bir-biri bilan o’rin
almashashishi shaklida boradi, ularning har biri o’z madaniy-tarixiy
an’analari, ahloq normalari, diniy tizimlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |