15-mavzu: Qadimgi Rim sivilizatsiyasi
Asosiy savollar:
1.
Rim sivilizatsiyasining taraqqiyot omillari va bosqichlari
2.
Rim sivilizatsiyasining asosiy yutuqlari
1-savolning bayoni:
O’rtayer dengizining markazidagi Appenin yarimorolida yana bir
dengiz sivilizatsiyasi – Qadimgi Rim sivilizatsiyasi vujudga kelgan.
Uning shakllanishida qulay geografik va iqlim sharoitlari muhim rol
o’ynagan. Aynan shu qulay iqlim sharoiti ushbu yarimorolning janubiy
qismida yunon kaloniyalarining vujudga kelishiga va uning
“buzoqchalar mamlakati” deb nom olishiga sabab bo’ldi. Biroq, Italiya
foydali qazilmalarga nisbatan kambag’al.
Qadimgi Rim sivilizatsiyasining yuragiga aylangan Appenin
yarimoroli hududida etnik, til va madaiy jihatdan turli-tuman xalqlar
yashagan. Uning qadimgi aholisi: Italiyada liqurlar, Sitsiliya orolida –
sikanlar, Korsika orolida – korslar, Sardiniyada – sardlar bo’lgan. M.a.
II m.y. oxirlaridan Dunay havzasi va Kichik Osiyoning g’arbiy
hududlaridan yarimorolga turli qabilalar kirib kela boshlagan, ularning
orasida eng ko’p sonlisi indoevropalik italiylar edi. M.a. I m.y.da
117
Italiyaning asosiy aholisini Latsiy viloyatida istiqomat qilgan lotinlar,
osklar, umbrlar, sabeylar, shu jumladan samnitlar, sabiniyaliklar tashkil
etardi. Lotinlar va sabiniya qabilalarining aralashuvidan rimliklar
shakllangan. Tibrdan shimoli-g’arbda Kichik Osiyodan kirib kelgan
etrusklar istiqomat qilgan. Etrusklar finikiya alifbosi asosida yaratilgan
o’z yozuvlariga ega bo’lishgan. Mohir metallurg, quruvchi, dengizchi
bo’lgan etruslar m.a. III asrda rimliklar tomonidan bo’ysundirilgan va
ularning yutuqlari rimliklar tomonidan o’zlashtirilgan. Shu tariqa uzoq
davom etgan etnomadaniy qorishuv natijasida m.a. I asrga kelib
Appenin yarimorolida lotin tilida so’zlashuvchi yagona italiy xalqi
shakllangan.
Appenin yarimoroli aholisining bir qismini m.a. VIII-VI asrlarda
yarimorolda, shuningdek, Sitsiliya orolida o’z kaloniyalarini barpo
etgan yunonlar tashkil etgan. Rimliklar yunonlardan juda ko’p
sivilizatsiya yutuqlarini o’zlashtirdilar. Appenin yarimoroli aholisi
Sitsiliya va Sardiniyada kaloniyalari joylashgan karfagenliklarning ham
ta’sirini sezishgan.
Shunday qilib, Rim sivilizatsiyasi bir necha omillar ta’sirida
shakllangan: umumitaliya madaniy fondining mavjudligi, yunon
sivilizatsiyasi va etrusk madaniyatining ta’siri.
Qadimgi Rim tsiivilizatsiyasi m.a. VIII asrdan (m.a. 753 y) milodiy
V asrgacha (476 y) bo’lgan davrini qamrab oladi va quyidagi
bosqichlarni o’z ichiga oladi: Rim respublikasigacha bo’lgan davr (m.a.
VIII-VI asrlar), Rim respublikasi davri (m.a. VI -I asrlar), Rim
imperiyasi davri (Ilk imperiya davri va So’nggi imperiya davri) (m.a. 1
asr oxiri-m. V asr).
Rim tarixining eng qadimgi Podsholar davri deb ataladi. Arxaik
davrda Rim ijtimoiy tuzilmasi urug’-qabilachilik munosabatlariga xos
qirralarni saqlab qolgan edi. Rim jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosini
oila (familiya) tashkil etgan. Ma’lumotlarga qaraganda butun aholi 300
urug’dan tarkib topgan. Har 10 urug’ kuriyalarga, 10 kuriyaning har
biri tribalarga birlashganlar. Shunday qilib, hammasi bo’lib, 3 ta triba
bo’lgan, ularning har biri alohida qabila bo’lgan. Ayrim olimlarning
fikricha, tribalarning biri lotin urug’lari birlashmasi, ikkinchisi – sabin,
va uchinchisi esa etrusk urug’lari birlashmasi bo’lgan. Eslatib o’tilgan
300 urug’ rim xalqini tashkil etgan (Populus Romanus), bunga
faqatgina urug’ a’zosi kirgan, chunki u o’z urug’i orqali kuriya va triba
a’zosi bo’lar edi.
118
Jamoaning muhim ishlarini oqsoqollar kengashi (senat) hal qilgan.
Senatdan tashqari kuriyalar bo’yicha yig’ilgan xalq yig’inlari (kuriat
komitsiyalari) ham bo’lib turgan. Kuriat komitsiyalarida yangi qonun
loyihalari rad etilgan yoki qabul qilingan barcha oliy amaldor shaxslar,
shu jumladan podsho ham saylangan; bu yig’in urush boshlanishini
e’lon qilgan; oliy sud instantsiyasi sifatida hal qiluvchi qarorni qabul
qilgan (Rim fuqarosiga o’lim jazosini belgilashda).
Davlatning
umrbod saylab qo’yiladigan hukmdori ham kohin, ham harbiy sardor,
ham hakam vazifasini bajarar edi.
Rimning eng qadimiy tub aholisi patritsiylar deb atalgan (lotincha
«pater» ota degan ma’noni anglatadi). Patritsiylar Rim jamosining to’la
huquqli a’zolari sanalgan. Patritsiylarning nufuzli oqsoqollaridan
«keksalar kengashi» tuzilgan bo’lib, lotinchada senat deb atalgan.
Plebeylar esa asosan ko’chib kelganlar va bo’ysundirilgan viloyatlar
aholisidan iborat bo’lgan. Rim aholisining eng quyi tabaqasini qullar
tashkil etgan.
M.a. 510 yilga qadar Rimda uni VII asrda o’ziga bo’ysundirgan
Tarkviniyalik
etrusk
podsholari
hukmronlik
qilgan.
Etruks
podsholaridan Serviy Tulliy (m.a 578-534 yy) o’tkazgan islohotlar
Rimning keyingi respublika davri taraqqiyotiga zamin hozirlagan.
Uning o’rniga kelgan Mag’rur Tarkviniyning quvib yuborilishi bilan
Rimda respublika davri boshlandi.
Rimda respublika davri boshqaruvi davri taraqqiyotini ikki asosiy
omil belgilab berdi: patritsiylar bilan plebeylar o’rtasidagi keskin
ziddiyat va Rimning butun Italiya ustidan o’z hukmronligini o’rnatish
uchun kurashi.
Patritsiylar va qo’shinning ko’pchilik qismini tashkil etgan
plebeylar o’rtasidagi kurash m.a. 450 yili 12 ta mis lavhaga o’yib
yozilgan qonunlarning qabul qilinishiga olib keldi. Eramizdan oldingi
III asr boshlariga kelib plebeylar Rimning to’la huquqli fuqarolari
bo’lib olganlar.
Respublika davrida hokimiyat organlari xalq yig’ini, senat va bir
yilga xalq majlisi tomonidan saylab qo’yiladigan magistratlardan
(konsullar, pretorlar, tsenzorlar) iborat edi. Miloddan avvalgi V – III
asrlarda Rim quldorlar va aslzodalar respublikasiga aylangan.
Boshqaruvning demokratik shakli, tinimsiz bosqinchilik urushlari
natijasida yuzaga kelgan ulkan davlat oxir-oqibatda qadimgi Rim
sivilizatsiyasining
qadriyatlar
tizimini
aniqlab
berdi.
Unga
vatanparvarlik, qul va erkin kishi o’rtasidagi tafovutni kiritish mumkin.
119
Olib borilgan keng ko’lamli istilochilik yurishlari Tibr
qirg’og’idagi uncha katta bo’lmagan oligarx respublikani butun
Italiyaning xo’jayiniga va nihoyat, butun O’rtayer dengizi bo’yi va
antik dunyoni zabt etib ulkan davlatga aylantirdi. Urushlar natijasida
qo’lga kiritilgan boyliklar, yangi yerlar, qullar respublikaning iqtisodiy
va ijtimoiy hayotida jiddiy o’zgarishlar olib keldi. Ammo aynan shu
jihatlar uning inqirozi va tushkunligi ham boshlab berdi.
M.a. I asr boshida eng yirik quldorlik davlati bo’lgan Rimning
katta hududini, bosib olingan yerlardagi ulkan xo’jalikni boshqarish
murakkab
boshqaruv
apparatini
talab
etardi.
Boshqaruvni
markazlashtirish zaruriyati eski respublika shakllariga zid kelardi.
Tabaqalar o’rtasidagi uzoq davom etgan kurash, unga hamroh bo’lgan
fuqarolar
urushi
davrining
ijtimoiy
ziddiyatlari
natijasida
hokimiyatning yangi siyosiy shakli – imperatorning harbiy diktaturasi
tarkib topdi. M.a. I asrning oxiridan Rimning qulashigacha bo’lgan
davr (V asr) imperiya davri deb ataladi. Shu o’rinda I asr oxiridan III
asr oxirigacha bo’lgan davr printsipiat davri (printseps - ya’ni
senatorlar va fuqarolar orasida birinchi) deb nom olgan. Bu davrda
hokimiyatning amalda shakllangan monarxiya shakliga qaramasdan,
rasmiy ravishda Rim davlatida hokimiyat printseps (ya’ni imperator) va
senat o’rtasida bo’lingan deb hisoblanardi.
Rimda davlatchilik inqirozini engib o’tish va imperiyaga asos
solishga birinchi urinish gay Yuliy Tsezar (m.a. 100-44 yy) davrida
amalga oshrilidi. Tsezar o’rnatgan harbiy diktatura uning halokati bilan
yakun topdi. Uning vorisi Oktavian avgust (m.a. 63-14 yy) haqiqiy Rim
imeperiyasiga asos soldi.
Milodiy I - II asrlarda Rim imperiyasi qator ziddiyatlarni boshidan
kechirdi. Avgustning vorisi Tiberiy Klavdiy Neron boshida senat bilan
kelishuv yo’lini tutgan bo’lsa-da, keyinchalik u o’z siyosiy raqiblariga
qarshi qatag’onlar va mulk musodaralarini boshlab yubordi. Bu hodisa
uning davomchilari Kaligula, Klavdiy va Neron davrida yana
qaytarildi. Bu ziddiyatlar esa Rimda vaqti-vaqti bilan urushlarga olib
kelardi.
Milodiy II asrni, ayniqsa, uning birinchi yarmini Rim
imperiyasining «oltin asri» deb atashadi. Imperator-jangchi Mark
Ulpiy Trayan (98-117 yy) bu davrda o’z davlatining chegaralarini
butun Rim tarixidagi eng katta hududlarga kengaytirdi. Bu esa Rimga
yangi shon-shuhrat va cheksiz boyliklar olib keldi.
120
III asrda Rimda ichki nizolar yanada kuchaydi. 235 yildan
boshlangan yarim asrlik davr tarixga “soldat-imperatorlar”
hukmronligi davri sifatida kirgan. Yangi eraning ilk ikki asrida 22 ta
imperator hukm surgan bo’lsa, uchinchi asrning o’zida ularning soni 50
taga yetgan.
Bu davrda ichki va tashqi vaziyat nihoyatda og’ir edi: varvar
qabilalarining hujumi kuchayib borar, ko’plab hududlar o’z
mustaqilligini e’lon qilardi. III asrning 70 yillarida Avrelian nisbatan
muvozanat o’rnatishga muvaffaq bo’ldi. Ammo bu uzoqqa
cho’zilmadi. Davlat tuzumining emirilishi, ichki nizolar, german
qabilalarining hujumlari va Sosoniylar bilan uzoq davom etgan
muvaffaqiyatsiz urushlar Rimning iqtisodiy va ijtimoiy inqirozini
chuqurlashtirdi.
III asr oxiri - IV asr boshlaridagi Diokletianning ma’muriy, harbiy
va iqtisodiy islohotlari Rim imperiyasining hayotini yana 100 yilga
uzaytirdi. Bu davrda imperator hokimiyati absolyut monarxiya
xarakteriga ega bo’ldi, endilikda imperatorni «prinseps» emas,
«dominus»- hukmdor deb atashardi. Diokletian xristianlarning so’nggi
jidiy raqibi bo’ldi. Ma’muriy jihatdan imperiya sharqiy va g’arbiy
qismlarga bo’lingan edi.
324 yilda poytaxtni o’zi barpo etgan Konstantinopolga ko’chirgan
Imperator Konstantin Mediolan edikti bilan 313 yilda xristian dinini
boshqa dinlar bilan teng huquqligini e’lon qilishi, bu dinni rasmiy
davlat diniga aylantirishda birinchi qadam bo’ldi. Xristian dini asta-
sekinlik bilan hukmron dinga aylana bordi. 392 yilda imperator
Feodosiy I rasmiy ravishda ma’jusiy dinlarni ta’qiqladi. 381 yilda
xristianlik yagona davlat dini deb e’lon qilindi. Bu esa Rim
sivilizatsiyasi hayotida katta o’zgarishlarga olib keldi.
393 yilda oxirgi Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 395 yilda
Feodosiyning o’g’illari Arkadiy va Gonoriy Rimni batamom ikki
qismga bo’lib oldi.
Rimliklar asta-sekin qo’l ostidagi hududlarni tark eta boshladilar.
Quldorlik tuzumining talvasasi boshlangan edi va bu “yakunning
boshlanishi”ning yaqqol his etilishi Rim sivilizatsiyasini zaiflashtirar
edi. Provintsiyalardagi qo’zg’alonlar, varvar qabilalarining tashqi
chegaralarga hujumi tobora kuchayib borar, Rimning hukmron
tabaqalari orasidagi beboshliklar, imperatorlarning zolimligi, Yuliylar-
Klavdiylar davridagi terroristik rejimlarning dahshati, saroydagi fitnalar
121
shunday inqirozli shakllarga yetib kelardiki, bekorga “Rim tushkunligi”
har qanday jamiyatdagi chirkinlikning ramzi bo’lib hisoblanmasdi.
476 yilda G’arbiy Rim imperiyasi uchta zarba: ijtimoiy-iqtisodiy
va ma’naviy inqiroz, varvarlar ta’ziyqi ostida quladi. Sharqiy Rim
imperiyasi esa Vizantiya nomi ostida yana deyarli ming yil hukm surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |