VODOROD - kelajak yoqilg’isi hisoblanadi.
Vodorodni - kimyoviy va elektrokimyoviy usullarda olish iqtisodiy samarasizdir. SHuning
uchun ham keyingi vaqtlarda mutaxassislar e’tiborni vodorod ajratuvchi mikroorganizmlarga
qaratishdi. O’tgan asrning 60- yillarining boshlaridayoq ismaloq (shpinata) xloroplastlari sun’iy
elektron donorlari va gidrogenaza fermenti saqlovchi bakteriyalarni ekstraktlari ishtirokida
vodorod chiqarishi aniqlangan edi. Bu tizimni quyidagicha izohlash mumkin:
Elektronlar donori e
-
1-fototizim e
-
elektron o’tkazgich e
-
Gidrogenaza q H
2
.
Gidrogenaza elektronlarni ferredoksindan oladilar. Ushbu tajribada xloroplastlar ta’sirida
suvni fotolizi pasaytirilgan vodorod manbai bo’lib organik moddalar xizmat qilishgan va ular
elektron donorlarni sifatida ishlatilgan.
Bu xususiyat xemotrof bakteriyalar, sianobakteriyalar, ba’zi bir suv o’tlari va sodda
hayvonlarga ham xosdir. Hozirgi vaqtda vodorod ishlab chiqarishning biotexnologik tizimini
ko’rsatib beruvchi bir qancha variantlar taklif etilgan Olimlar hozirgacha mikroorganizmlar va
o’simliklarda fotosintez samaradorligini oshirish muammosini hal etish bo’yicha ham katta
muvaffaqiyatlarga erishganlaricha yo’q. Bu sohada olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar
fotosintezlovchi mikroorganizmlarning turli xil mutantlarini ajratish, ularning xususiyatlarini
o’rganish va amaliy maqsadlarni hal qilish maqsadida foydalanish darajasiga chiqdi.
Masalan: bir qator fotosintezlovchi mikroorganizmlar quyosh energiyasi biokonversiyasi
hisobiga ammoniy hosil qilish xususiyatini namoyon qilishi aniqlandi. Ma’lumki, ko’pgina
gerbisidlar fotosintez jarayonini sekinlashtiradi, yaratilgan yoki tanlangan mikroorganizmlar
mutantlari gerbisidlarga sezgir emas, shunday ekan fotosintez jarayoni kuchli bo’lgan o’simliklar
navlarini yaratish, ularni gerbisidlarga bardoshligini oshirish yo’li bilan chambarchas bog’liq
bo’lishi lozimdir.
Ta’kidlash lozimki, fotosintezlovchi bakteriyalar sanoat gazlari, zaharli
mahsulotlarniparchalash va sanoat chiqindilarini tozalashda ham ishtirok etadilar.
Biotexnologik bioenergetika asosan noananaviy tirik organizmlar energiyalaridan
bioyoqilg’i sifatida foydalanishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Ayni vaqtda bunday
elementlar biologik datchik- (o’tkazgichlar) biosensorlar yaratishda qo’llanilmoqda.