Er ostida yashovchi mikroorganizmlardan biogeotexnologiyada - neft va gaz qazib olishda
ularni qayta ishlash va boshqa maxsulotlarga aylantirishda keng ko’lamda foydalaniladi.
Biogeotexnologiya - alohida tur va turkumga kiruvchi mikroorganizmlarning metallarni
eritma holiga o’tkazish (ma’danlardan metallarni eritib olish) xususiyatidan foydalanilib sof
holda qimmatbaho metallar ajratib olishni ham o’z oldiga qo’yadi.
Masalan: Thiobacillus ferrooxydans har xil shtammlari tabiiy ma’danlardan yoki ularni
chiqindilaridan temir, rux, mis, oltin, kumush, uran va boshqa metallar ajratib olish jarayonlarida
keng ishlatiladi. Bu jarayonda asosan bakteriyalarni ma’danlarda uchraydigan moddalar
sulfidlaridan sulfat kislota hosil qilishiga asoslangan.
Chromobacterium violaceum bakteriyalari oltinni eritish xususiyatiga ega bo’lib, jarayon
quyidagicha kechadi: Au
→
Au(CN)
4
.
Eng muhim ekologik muammolardan biri bo’lgan toshko’mir tarkibidagi oltingugurtni
ajratish jarayonlarida samarali bo’lgan bakteriyalardan Pseudomonas va termofil bakteriya
Sulfolobus lar ajratib olingan. Toshko’mir qazib olinadigan maydonlarning atrof muhiti
oltingugurt bilan kuchli ifloslangan bo’ladi.
Oqova suvlardan metallarni ajratib olishda, uran, mis, kobolt va boshqa moddalarni o’z
biomassalarida to’plab oluvchi Citrobacter sp. va Zoogloea shtammilardan samarali
foydalaniladi. Citrobacter sp. shtammidan yuqori darajali fosfataza fermenti sintez qiluvchi
mutant shtammlari olingan. Bunday samarali produsentlar uranni tabiiy shtammga nisbatan 2,5
maratoba ko’proq to’playdi.
Bu jarayon fosfataza fermenti ta’sirida fosfor saqlovchi birikmalardan anorganik fosfatning
bo’shalishi va oqibatda hujayra yuzasida metallning cho’kib qolishi bilan bog’liqdir.
Suvli muhitda neft uglevodorodlari sorbsiyasi va emulsiya hosil qilishi uchun Rhodococcus
va Nocardia sp. bakteriya turlari qo’llaniladi.
Ular suv va neftni bir-biridan ajratish, neftni quyuqlashtirish va oqova suvlarni neft
aralashmalaridan tozalash xususiyatlariga ega. Eng qimmatbaho tozalovchilar - galobakteriyalar
hisoblanadi. Bu bakteriyalarning bir qancha shtammlaridan cho’milish havzalarini mazutdan
tozalashda keng foydalanilmoqda.
Tabiiy bakteriyalar bilan bir qatorda gen muxandisligi bakteriyalari ham istiqbolli
hisoblanadi.
Allaqachon Pseudomonas sp. shtammi plazmidasiga oktan, komfora, naftalin va ksilol
kabi moddalarni parchalovchi fermentlar geni o’tkazilgan. Natijada neft xom-ashyolarini
samarali utilizasiya qiladigan shtammlar yaratilgan. Bunday shtammlardan ifloslangan suvlarni
biotexnologik yo’l bilan tozalash jarayonlarida qo’llanilib kelinmoqda. YUqorida zikr etilgan
misollardan ko’rishimiz mumkinki, biotexnologik jarayonlardan allaqachonlar ekologik
muammolarni hal qilish uchun samarali foydalanib kelinmoqda.
SHular bilan bog’liq holda XXI asrda ekologik toza va yanada iqtisodiy yuqori samaraliroq
ishlab chiqarish jarayonini yaratish mumkinligi kutilmoqda.