1-chizma. Mikroorganizmlar seleksiyasi Masalan, kon’yugasiya usuli (bakteriyalar orasida genetik materiallar bilan almashish), neft
qoldiqlarini faol parchalovchi Pseudomonas putida shtammini yaratishda samarali foydalanilgan
edi.
Ko’pincha transduksiya (bakteriya viruslari-bakteriofaglar yordamida bir bakteriyadan boshqa
bakteriyaga genlar o’tkazish) va amplifikasiya (kerakli genlarni nusxa sonini ko’paytirish)
usullaridan keng foydalanish orqali har xil fiziologik faol moddalar sintez qiluvchi hosildor
shtammlar yaratilgan. Ko’pgina mikroorganizmlarda antibiotik sintez qiluvchi genlar va ularni
boshqaruvchilari xromosomalarda emas, balki plazmidalarda (xromosomadan tashqaridagi DNK)
joylashgan bo’ladi. Bunday paytda amplifikasiya orqali hujayradagi plazmidalar sonini ko’paytirish
orqali shtammlarni hosildorligini oshirish mumkin.
Seleksiya ishlarini yana bir yo’li bu har-xil bakteriyalar protoplastlarini bir-biriga birlashtirish
natijasida genetik rekombinantlar olish yo’lidir (3-chizma).